Uz Sugurta Umid doc


Aktuar hisob-kitoblar turlari klassifikatsiyasi



Yüklə 2 Mb.
səhifə32/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed


6-chizma. Aktuar hisob-kitoblar turlari klassifikatsiyasi
Shuning uchun bu aktuar hisob-kitob turi kelgusidagi hisob-kitob deb ham ataladi.
Rejali aktuar hisob-kitoblar yangi sug‘urta turini joriy qilish vaqtida risklar kuzatuvi bo‘yicha ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lmagan taqdirda qo‘llaniladi.
Aktuar hisob-kitoblar turlari klassifikatsiyasi yuqoridagi chizmada keltirilgan.
Bunday holatda sug‘urta kompaniyasi tomonidan mazkur sug‘urta turiga o‘xshash sug‘urta turlari bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyalar natijalari asos qilib olinadi. Ma’lum bir muddat (uch yildan kam bo‘lmasligi kerak) o‘tgandan so‘ng olingan statistik ma’lumotlar tahlil qilinadi va rejali aktuar hisob-kitoblarga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Boshqaruv xususiyatlariga ko‘ra aktuar hisob-kitoblar respublika miqyosida aktuar hisob-kitoblar, viloyatlar miqyosida aktuar hisobkitoblar va ma’lum bir sug‘urta kompaniyasi miqyosidagi aktuar hisobkitoblarga bo‘linadi. Respublika miqyosida aktuar hisob-kitoblar respublikadagi sug‘urta bozoriga tegishli, viloyatlar miqyosidagi esa viloyat xususiyatlariga ko‘ra ishlab chiqiladi, shu bilan birgalikda har bir sug‘urta kompaniyasi o‘z zaxira fondiga ko‘ra aktuar hisob-kitoblarni ishlab chiqadi.
Aktuar hisob-kitoblarni yuritishda sug‘urta statistikasi ma’lumotlaridan foydalaniladi. Sug‘urta statistikasi sug‘urta ishining umumlashgan yakuniy ko‘rsatkichlarini qayta ishlash usullarini, sug‘urta operatsiyalarining takrorlanish tizimini o‘rganishni o‘zida mujassamlashtiradi. Sug‘urta statistikasining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
N-sug‘urta obyektlari soni;
L-sug‘urta hodisalari soni ;
M-sug‘urta hodisasi ro‘y berganda zararlangan obyektlar soni;
P-yig‘ilgan sug‘urta badallari summasi-S;
B-to‘lab berilgan sug‘urta qoplamasi summasi;
C-jami sug‘urta obyektlari sug‘urta summasi;
Cm-jami sug‘urta jamlanmasidan zararlangan obyektga to‘g‘ri keladigan sug‘urta summasi-Sz.
Sug‘urta amaliyotida yuqorida qayd etilgan ko‘rsatkichlarning tahlili qo‘llaniladi. Tahlil jarayonida quyidagi ko‘rsatkichlar hisobi yuritiladi:
sug‘urta hodisalarining uzluksizligi;
zararlilik koeffitsiyenti;
bitta zararlangan sug‘urta obyektiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha
sug‘urta summasi; risk yuki; zararlilik normasi; zarar og‘irligi; zarar davriyligi.
Sug‘urta hodisalarning uzluksizligi (Rc) bir sug‘urta obyektiga to‘g‘ri keladigan sug‘urta hodisalari soniga bo‘lish orqali aniqlanadi:
Rc=L/N
Bu yerda Rs-sug‘urta hodisalarning uzluksizligi; L-sug‘urta hodisalari soni (donada); N-sug‘urta obyektlari soni (donada).
Zararlik koeffitsiyenti (Ku) yoki zarar koeffitsiyenti jami sug‘urta jamlanmasi summasiga bo‘lish orqali aniqlanadi: Ku=V/St
Bu yerda Ku-zararlilik koeffitsiyenti;
V-to‘lab berilgan sug‘urta qoplamasi summasi (sumda);
St-jami sug‘urta jamlanmasi summasidan zararlangan obyekt summasiga to‘g‘ri keladigan sugurta summasi (so‘mda).
Bitta zararlangan sug‘urta obyektiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha sug‘urta summasi jami sug‘urta jamlanmasidan bitta zararlangan sug‘urta obyektiga to‘g‘ri keluvchi sug‘urta summasini sug‘urta hodisasi natijasida zararlangan obyektlar soniga bo‘lish orqali aniqlanadi:
S=St/t
Bu yerda S-bitta zararlangan sug‘urta obyektiga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha sug‘urta summasi (so‘mda);
St-jami sug‘urta jamlanmasidan bitta zararlangan sug‘urta obyektiga to‘g‘ri keluvchi sug‘urta summasi (so‘mda); t-sug‘urta hodisasi ro‘y berishi natijasida zararlangan sug‘urta
obyektlari soni (donada).
Risk yuki (Tr) bir zararlangan sug‘urta obyektiga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha sug‘urta summasini bir sug‘urta obyektining o‘rtacha sug‘urta summasiga bo‘lish orqali aniqlanadi:
Tr=St/S=St/t:S/N=Stxn:Sxt
Bu yerda Tr-risk yuki.
Zararlik normasi yoki qoplama koeffitsiyenti (Nu) to‘lab berilgan sug‘urta qoplamasini yig‘ilgan sug‘urta badallari summasiga bo‘lish va foizini aniqlash orqali hisoblanadi:
Nu=V/Rx100%
Bu yerda Nu-zararlik normasi (foizda);
V-to‘lab berilgan sug‘urta qoplamasi summasi (so‘mda); R-yig‘ilgan sug‘urta badallari summasi (so‘mda).
Zarar og‘irligi (Tu) yoki zarar hajmi risk og‘irligi va zararlik koeffitsiyentini ko‘paytirish orqali aniqlanadi:
Tu=KuxTr=V/StxStxN/Sxt=VxN/Sxt
Bu yerda Tu-zarar og‘irligi.
Zararning davriyligi (Ru) sug‘urta hodisalari davriyligini risk koeffitsiyentiga bo‘lish orqali aniqlanadi:
Ru=RsxKk=L/Nxt/L=t/N
Bu yerda Ru-zararning davriyligi;
t-sug‘urta hodisasi ro‘y berishi natijasida zararlangan obyektlar
soni;
N-sug‘urta obyektlari soni.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, sug‘urta tashkiloti tomonidan sug‘urtalash, o‘zaro sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash operatsiyalarini amalga oshirishda har qanday sug‘urta turi bo‘yicha tariflar hisob-kitobi aktuar hisob-kitoblarga tayanilgan holda aniq sug‘urta obyektining qiymatiga nisbatan hisoblab chiqiladi. Umuman aktuar hisob-kitoblar yordamida sug‘urta xizmati hamda sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalanuvchiga ko‘rsatiladigan xizmatning qancha turishi aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urta tariflarini ishlab chiqishda va sug‘urta zaxiralarini shakllantirishda aktuar hisob-kitoblarning zamonaviy uslublaridan foydalanish qoniqarli darajada emas. Aksariyat sug‘urta kompaniyalari sug‘urta tariflarini ishlab chiqishda aktuar hisob-kitoblardan umuman foydalanmaydi. Bunga asosiy sabablardan biri respublikamizda aktuar hisob-kitoblar metodologiyasining yaratilmaganligi va mutaxasislarning kamligidir.
Sug‘urta bozoridagi mavjud vaziyat tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, sug‘urtalovchilar mijozlarni jalb etish uchun sun’iy ravishda sug‘urta xizmatlari narxini pasaytirmoqda, ya’ni demping narxni qo‘llamoqdalar.
Bu usul qisqa muddatda sug‘urta kompaniyasi uchun foydaliday tuyuladi, ammo alal-oqibat bunday usulni qo‘llagan sug‘urtalovchilar to‘lov qobiliyatlarini yo‘qotishlari va mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajara olmasliklari mumkin.
Aktuar hisob-kitoblarni sug‘urta faoliyatida, aniqroq qilib aytganda sug‘urta tariflarini ishlab chiqishda tatbiq etish sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyatlarini mustahkamlash nuqtayi nazaridan katta ahamiyatga ega. Zero, sug‘urtalovchilarning moliyaviy jihatdan barqaror faoliyat ko‘rsatishi, to‘lov qobiliyatining mustahkamligi-sug‘urtalanuvchilarning manfaatlarini himoya qilishning kafolatidir.
O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 94 va 95 –moddalarida aktuariylarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Aktuariy quyidagilarni o‘z ichiga oladigan aktuar xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir:
sug‘urta voqeasi yuz berishining matematik jihatdan ehtimolligi hisob-kitobini amalga oshirish ham alohida tavakkalchilik guruhlarida, ham umuman sug‘urta majmuyi bo‘yicha zarar yetkazilishining
takroriyligini va ularning oqibatlari og‘irligi darajasini belgilash; sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) zarur sug‘urta zaxiralari va fondlarini matematik jihatdan asoslash hamda hisob-kitob qilish, ularni shakllantirish usullarini ishlab chiqish; sug‘urtalovchining investitsiyalar sifatida to‘plangan badallardan foydalanishida kapital qo‘yilma normasi va netto-stavka miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikning tarif stavkalarini investitsiya daromadi summasiga kamaytirishga ko‘maklashadigan tarzda aniqlash; sug‘urta jarayonini tashkil etish uchun zarur xarajatlarni asoslash va
sug‘urta xizmatlari tannarxini hisob-kitob qilish; sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har bir turi bo‘yicha tarif stavkalarini sug‘urtalovchilar uchun ularni o‘tkazishning uzoq muddatli va qisqa muddatli xususiyatini hisobga olgan holda belgilash; sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiya faoliyati
natijalarini aktuar hisob-kitoblardan foydalangan holda baholash; sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) daromadlarini sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har xil turlari bo‘yicha rejalashtirish.
Aktuariy sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq faqat aktuar xizmatlari ko‘rsatadi.
Aktuariy, agar u aktuar tashkilot shtatida turgan bo‘lsa yoki aktuar tashkilot tomonidan u bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzilgan taqdirda, aktuar xizmatlari ko‘rsatishga jalb etilishi mumkin.
Aktuariy sifatsiz aktuar xizmatlarini ko‘rsatganlik, tijorat yoki boshqa sirni oshkor qilganlik va aktuar tashkilot zarar ko‘rishiga olib kelgan o‘zga xatti-harakatlar natijasida yetkazilgan zarar uchun aktuar tashkilot oldida javobgar bo‘ladi.
Aktuar xizmatlari ko‘rsatish uchun aktuariy maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda aktuariy malaka sertifikatini olishi shart.
Yuridik shaxs bo‘lgan aktuariy o‘z shtatida aktuariy malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida bitta aktuariyga ega bo‘lishi kerak. Aktuariy:

  • sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish operatsiyalari o‘tkazishga;

  • sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;

  • sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.

Aktuariy faoliyati natijalari hisobot tarzida rasmiylashtiriladi.
Aktuariy hisobotida ko‘rsatilgan xulosalar mustaqil sug‘urta ekspertizasi jarayonida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Aktuariy quyidagi huquqlarga ega:

  • aktuar xizmatlari ko‘rsatiladigan sug‘urtalovchini (qayta sug‘urtalovchini) erkin tanlash;

  • aktuar xulosasini tuzish uchun zarur bo‘lgan axborot sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) tomonidan taqdim etilmagan

taqdirda, aktuar xizmatlari ko‘rsatishni rad etish;

  • boshqa aktuariylarni va o‘zga mutaxassislarni aktuar xizmatlari ko‘rsatishda ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish.

Aktuariy qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Aktuariy:

  • sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya

etishi;

  • aktuar xizmatlari ko‘rsatish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi;

  • aktuar xulosasida aktuar hisob-kitoblarning kamchilik faktlarini va ularni bartaraf etishga doir takliflarni aks ettirishi shart.

Aktuariy zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin