Pedagogika , psixologiya, maktabgacha va boshlang`ich ta`lim kafedrasi katta o`qituvchisi Raximova Intizor
Sinf : 1- sinf
Fan: “Atrofimizdagi olam”
Mavzu:
|
Bizning bog`
|
Darsning nomi:
|
Yosh bog`bonlar
|
Darsning maqsadi:
| -
Atrofimizdagi olam, tabiat, inson va tabiat o`rtasidagi bog`liqlikni haqida tushuncha berish
-
ekologik ,nafosat tarbiyalarining shaklanishiga e`tibor berish
-
O`quvchilarga O`zbekistonda yetishtiriladigan mevalar va ularni inson hayotidagi o`rni, mevali va manzarali daraxtlarni parvarish qilish haqida tushuncha berish
|
Dars mazmuni:
|
Bog`, ko`chatlarni parvarish qilish, yerga ishlov berish, yurtimizda yetishtiriladigan mevali daraxtlar haqida ma`lumot berish
|
Dars turi:
|
Yangi bilim beruvchi
|
O`quv jarayonini tashkil etish tehnologiyasi:
|
Shakl: individual va jamoada ishlash
Metod: bahs-munozara, guruhda ishlash, individual ishlash
Vosita: mevalarning o`zi yoki rasmlari
Usul: “Kim ko`p meva teradi?”, “Sirli qop”, “Bo`lishi mumkin emas!” didaktik o`yinlari, “Birinchisi, ikkinchisi…(yettinchisi ortiqcha)” metodi
Nazorat: o`z-o`zini nazorat qilish, guruh ichida nazorat, ustozning nazorati.
Baholash: individual, o`z o`zini baholash.
Uyga vazifa: mevalar va ularning shifobaxsh xususiyatlari haqida ma`lumot to`plash, mevali daraxtlar barglaridan gerbariy tayyorlash
|
Dars bosqichlari va dars taqsimoti:
|
I. Tashkiliy qism –3 daqiqa
II. O`tiladigan yangi mavzuni takrorlash –5 daqiqa
III. Yangi mavzu asosidagi interfaol metodlar – 30 daqiqa
IV. Bahs-munozara – 5 daqiqa
V. Darsga yakun yasash – 2 daqiqa
|
Kutiladigan natijalar:
|
O`qituvchi
|
O`quvchilar
| -
Ona tabiatga muhabbat uyg`otish, mehnatsevarlikni rag`batlantirish
| -
Tabiat ne’matlariga oqilona munosabatda bo`lish, daraxtlarga ozor yetkazmaslik, parvarish qilish va ko`paytirish haqida ma’lumotga ega bo`lish
|
Kеlgusi rеjalar:
| -
Maktab hovlisidagi bog` va uni tozaligi borasida mas’uliyatni shakllantiradi
| -
Maktab hovlisidagi mevali va manzarali daraxtlarni ko`paytirish, parvarish qilishga hissa qo`shadi
|
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Sinfning darsga tayyorgarligi va davomati aniqlanadi.
O`tilgan mavzuni takrorlash:
O`qituvchi o`tigan mavzuni og`zaki usulda so`raydi. O`z qishlog`i (shahri) tabiati haqidagi o`quvchilarning uyda ishlab kelgan rasmlarini doskaga iladi.
Yangi mavzu bayoni:
Ortiqchasini toping:
Olma
Behi
Sabzi
Shaftoli
Uzum
O`qituvchi o`quvchilarni juftliklarga biriktirib, ularga oldindan tayyorlab qo`yilgan (“Birinchisi, ikkinchisi…(yettinchisi ortiqcha)” metodi asosidagi kartochkalar) tarqatmalarni beradi:
Ortiqchasini toping:
Gilos
O’rik
Nok
Kartoshka
Olxo’ri
Ortiqchasini toping:
Anor
Behi
Lavlagi
Gilos
Shaftoli
O`quvchilar mavzuga oid bo`lmagan tushunchani ro`yxatdan ajratib tashlashadi. Ushbu metod asosida o`quvchilarda mevalarni sabzavotlardan farqlay bilish ko`nikmasi rivojlanadi.
Topshiriqni o`quvchilar juftliklarda ishlab izohlashadi. Topshiriqni boshqalarga qaraganda oldinroq bajargan juftliklarga olma, nok, anor shaklidagi rag`bat kartochkalari beriladi.
Keyin “Sirli qop” didaktik o`yini o`tkaziladi. Ushbu o`yinga sinfdagi ko`ngilli o`quvchilar taklif qilinadi. Doskaga chiqqan o`quvchining ko`zlari bog`lanadi. Unga ko`zi bog`li holda qopdagi mevalardan birini tanlab olish va uni paypaslab ko`rib nomini aytish lozimligi tushuntiriladi.
Qopning ichiga meva va sabzavotlarning turli xillaridan solib qo`yish mumkin.
O`yinda kamroq yanglishgan o`quvchi g`olib chiqadi. O`quvchinig har bir to`g`ri javobidan keyin sinf jamoasi qarsak chalishadi.
O`qituvchi darslikning 44-sahifasidagi yangi mavzu bilan o`quvchilarni tanishtiradi. Rasm asosida suhbat olib boriladi.
Oquvchilarni yanada faollashtirish va fikrlash qobiliyatini o`stirish maqsadida “Kim ko`p meva teradi?” didaktik o`yini tashkil qilinadi. Har bir qatordan bittadan o`quvchi taklif qilinadi. O`quvchilar stol ustida orqasiga aylantirib qo`yilgan rasmlar ichidan mevalar rasmini topib, qo`lidagi qutichaga solishadi. Ushbu o`yinni o`tkazishda tayyor yoki qo`lda ishlangan rasmlardan foydalaniladi. Qaysi o`quvchi ko`proq “meva” tersa, rag`batlantiriladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
O`quvchilarga mavzu yuzasidan savollar beriladi:
Ko`chat nima?
Daraxtlar qanday parvarish qilinadi?
Gulzor va bog`ni qanday farqlay olamiz?
Mevalardan nimalar tayyorlanadi?
Dars yakunida o`qituvchi tomonidan tayyorlab qo`yilgan “Bo`lishi mumkin emas!” didaktik o`yini asosidagi matn o`qiladi. O`ituvchi har bir jumlani tugatishi bilan o`quvchilar munosabat bildirib borishadi.
Bog`da
Bizning bog`imiz anhor yoqasida joylashgan (bo`lishi mumkin). Bog`da sabzi, karam, sholg`om kabi mevali daraxtlar bor (bo`lishi mumkin emas). Yong`oq daraxtini 8 yashar ukam to`qqiz yil oldin ekkan (bo`lishi mumkin emas). O`tgan yili terak daraxtidan bir qop hosil oldik (bo`lishi mumkin emas). Maktabdan bo`sh vaqtlarimda bog` ishlariga bobomga yordamlashaman (bo`lishi mumkin).
Javoblarning tog`ri yoki noto`g`riligi borasida bahs-munozara o`tkaziladi. O`quvchilarning fikrlsh qobiliyati oshadi.
Darsning yakuni:
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. Qatorlarning faolligini aniqlash uchun doskaga ilingan daraxtlardan foydalaniladi. Har bir qator dars davomida yig`ilgan mevalarni daraxtga ilishadi. Eng ko`p meva bergan daraxt “egalari” (qator) darsning g`olib qatori deya e’lon qilinadi. Uyga vazifa sifatida daraxt barglaridan gerbariy tayyorlash, mevalarning shifobaxsh xususiyatlari haqida oila a’zolarida ma’lumot to`plash kerakligi uqtiriladi. “Bog’” mavzusida rasm ishlash topshiriladi.
Bobojonov Azamat
Ta’biiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi
o`qituvchisi
Darsning tехnоlоgik xaritasi
MAVZU: NATURAL SONLARNI QO`SHISH VA UNING XOSSALARI.
TAYANCH SO`ZLAR: natural sonlar, musbat son
|
MAVZUNING QISQACHA TA`RIFI: Natural sonlarni qo`shish va uning xossalari
|
O`QUV JARAYONINI AMALGA ОSHIRISH TЕХNОLОGIYASI:
Mеtоd: “Klasster”
Shakl: aralash.
Vоsitalar: vidеоprеktоr.
Nazоrat: savоl-javоb.
Bahоlash: rag`batlantirish.
|
DARS /AMALIYOT/NING MAQSAD VA VAZIFALARI:
|
MAQSADLAR:
Ta`limiy: O`quvchilarni ko`p xonali natural sonlarni qo`shish va qo`shish qonunlari bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarni matematika faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish. Buyuk allomalarga o`xshash ezgu niyatli insonlar bo`lib yetishishlariga undash.
Rivоjlantiruvchi:O`quvchilarga ko`p xonali natural sonlarni qo`shishni erkin bajara olish, qo`shish qonunlaridan misollar yechish jarayonida foydalana olish ko`nikmalarini hosil qilish, mustaqil fikrlarga o`rgatish.
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR:
|
Dars /amaliyot/ yakunida o`quvchi biladi (Bilim): ko`p xonali natural sonlarni qo`shish va qo`shish qonunlarini biladi.
Dars /amaliyot/ yakunida o`quvchi tushunadi (Ko`nikma): natural sonlarni qo`shish va qo`shish qonunlarini masalalarga qo`llashni tushunadi.
Dars /amaliyot/ yakunida o`quvchi bajara оladi (Malaka): fоrmulalarni qo`llab, misоl va masalalarni bajara оladi.
|
DARS JARAYONI VA UNING BОSQICHLARI
|
ISHNING NОMI
|
BAJARILADIGAN ISH MAZMUNI
|
VAQT
|
1-bоsqich: Tashkiliy qism
|
Salоmlashish. Davоmatni aniqlash.
|
3 min
|
2-bоsqich: Rеflеksiya. Ehtiyojlarni aniqlash.
|
Mustahkamlash.
|
7 min
|
3-bоsqich: Yangi mavzu bayoni
|
Innоvatsiоn usul.
|
20 min
|
4-bоsqich: Mustahkamlash
|
Intеrfaоl usul.
|
10 min
|
5-bоsqich: Bahоlash.
Dars yakuni.
|
Rag`batlantirish. Хulоsa.
|
3 min
|
6-bоsqich: Uyga vazifa
|
Uyga vazifa bеrish.
|
2 min
|
Sana:
Sinf: 5-sinf
Fan: Matematika
MAVZU: Natural sonlarni qo`shish va uning xossalari.
Maqsad: Darsni DTS talabi asosida o`tish
Ta`limiy maqsad O`quvchilarni ko`p xonali natural sonlarni qo`shish va qo`shish qonunlari bilan tanishtirish;
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni matematika faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish. Buyuk allomalarga o`xshash ezgu niyatli insonlar bo`lib yetishishlariga undash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarga ko`p xonali natural sonlarni qo`shishni erkin bajara olish, qo`shish qonunlaridan misollar yechish jarayonida foydalana olish ko`nikmalarini hosil qilish, mustaql fikrlarga o`rgatish.
Dars turi: yangi bilim
Dars usuli: noan`anaviy dars
Dars jihozi: tarqatmali materiallar, “ Klasster “, Ko`p xonali sonlar yozilgan plakatlar.
Darsning borishi:
-
Tashkiliy qism.
O`qituvchi:
So`zlarning eng shirini
Ochiq aytay sirini.
Odob bo`lgin sharbatin
Qalb gavharin qimmatin.
Qo`l berib shu so`z bilan,
Dillar qulfin ochamiz
Aql nurin sochamiz.
Qaysi shirin so`z ekan?
O`quvchilar: Assalomu – alaykum!
O`qituvchi:
Bir haftada yetti kun,
Yetti kun-u, yetti tun.
To`gri ayting bolalar
Ayting bu kun – qaysi kun?
O`quvchilar: Juma
O`qituvchi:
Qani bolajonlarim
Mehri qaynoq, buloqlarim
Bugun hamma sog`lommi?
Darsga hamma tayyormi?
O`quvchilar:
Ustoz bizlar sog`lommiz
Darsimizga tayyormiz.
O`qituvchi: Bizning shiorimiz.
O`quvchilar:
Matematika kerak,
Har bir o`g`il va qizga
Aqlni va fikrni
Soladi yaxshi izga.
O`qituvchi: Aziz o`quvchilar! Siz o`tmishi buyuk xalqning farzandlarisiz. Ota-bobolaringiz bilan farhrlaningiz, ularni dunyo ma`rifatiga qo`shgan javohirlari bilan g`ururlansangiz arziydi. Matematika fanining rivojlanishiga hissalarini qo`shgan allomalardan kimlarni bilasiz?
O`quvchilar: Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Mirzo Ulug`bek, Al-Farg`oniy…
-
O`tilganlarni takrorlash.
O`tilgan mavzuni so`zlash, Uyga berilgan misollarni yechilishini tekshirish va o`quvchilar bilan birga tahlil qilish.
-
Yangi mavzu bayoni.
Natural sonlarni qo`shish.
Ma`lumki, biror natural songa 1 ni qo`shsak, bu sondan keyin keluvchi natural son hosil bo`ladi. Masalan; 5+1=6, 27+1=28, 999+1=1000
4 ga 3 ni qo`shish – 4 soniga 3 marta 1 ni qo`shish degani:
4+3=4+1+1+1=5+1+1=6+1=7
Bu qisqacha 4+3=7 deb yoziladi.
Bir-biriga qo`shiladigan sonlar – qo`shiluvchilar, qo`shiah natijasi esa yig`indi deb ataladi.
18 + 37 + 55
1-qo`shiluvchi 2-qo`shiluvchi yig`indi
Sonlarni qo`shish sonlar nurida tasvirlash mumkin. A(4) nuqtadan o`ng tomonga qarab 3 ta birlik. Kesmani yasaymiz vz B(7) nuqtani topamiz. Demak, 4+3=7
Natural sonlarni qo`shishning xossalari.
1. Qo`shiluvchilarning o`rnini almashtirgan bilan yig`indi o`zgarmaydi.
Qo`shishning bu xossasiga qo`shishning o`rin almashtirish qonuni deb ataladi.
1-misol: 6+3=3+6 chunki 6+3=9 va 3+6=9.
2. Songa ikki son yig`indisini qo`shish uchun, bu songa oldin birinchi qo`shiluvchini, song esa ikkinchi qo`shiluvchini qo`shish mumkin.
Bu xossa qo`shishning guruhlash qonuni deb ataladi.
2-misol: 5+(4+2)=(5+4)+2=11
3. Songa nolni yoki nolga sonni qo`shganda o`sha sonning o`zi hosil bo`ladi.
3-misol: 6+0=0+6=6
Odatda (4+7)+3 o`rniga 4+7+3 yoziladi. Agar yozuvda qavslar qatnashgan bo`lsa, qo`shish chapdan o`nga qarab birin-ketin bajariladi.
4. Har qanday natural sonni uning xona qo`shiluvchilari yig`indisi ko`rinishida tasvirlash mumkin.
4-misol: 78135=70000+8000+100+30+5 yoki 78135=7·10000+8·1000+1·100+3·10+5·1
Sinfdagi o`quvchilarni 3 guruhga ajratamiz va darsni misobaqa dars tarzida o`tkazamiz.
1-guruh Epchillar
2-guruh Zukkolar
3-guruh Bilimdonlar
1-shart. Darslikda berilgan 3-misolga har guruhdan bittadan o`quvchini chiqarib bittadan misol yechtiramiz. Qaysi guruh a`zosi oldni va to`g`ri ishlasa o`z guruhidan 2-o`quvchini chiqaradi. Ikkita misolni to`g`ri va oldin bajargan guruhga rag`batlantiruvchi geometrik shakllarni beriladi.
1-bo`lgan guruhga beshburchak,
2-bo`lgan guruhga to`rtburchak,
3-bo`lgan guruhga uchburchak.
№3
a) 4705+74573=79278
b) 46756+13248=60004
d) 60275+6017=66292
e) 3485+27341=30826
f) 34500+2602=37102
g) 23953+7066=31019
2-shart. 2-misol.
Har bir guruhdan 1 ta o`quvchi qatnashadi. Misollar sharning ichiga solinadi. O`quvchi chaqqonlik bilan sharni yorib misolni shartini tezroq bajarishi kerak.
Shart bajarilgandan keyin o`quvchilar rag`batlantiriladi.
3-shart: Dam olish daqiqasi.
Bu shartda “Klaster” usulidan foydalanamiz. Bunda 3 ta guruhning har biriga turli o`lchov birliklarini topib qo`yishi so`raladi. Masalan:
Shart bajarilgandan keyin o`quvchilar rag`batlantiriladi.
4-shart: Yig`indini qo`shiluvchilarga ajratish.Bu shartda konsentrik aylanalar yasalgan ko`rgazmali quroldan foydalanamiz.
Bu shartda yig`indi o`rtaga qog`ozga yozib qistirib qo`yiladi.
O`quvchilarga bir hil o`lchamda qirqilgan qog`ozlar tarqatiladi.
Ular shu qog`ozlarga 483 ni qo`shiluvchilarini yozib magnit yordamida ko`rgazmaga ilib qo`yadilar.
Har bir guruh ikkitadan misol tuzishi kerak.
Bu shartni oxirida ham o`quvchilarni rag`batlantirib, musobaqani yakunlaymiz.
Har bir guruhni yig`gan ballarini hisoblab g`olib guruhni aniqlaymiz.
Keyin o`quvchilarni baholab, quyidagi misralarni keltiriladi.
Eslatay qomusning durdona so`zin ,
Hisob - kitob ochmish aqlning ko`zin .
Matematika –fanlar podshosi ,
Har ish ,har soxada ko`rsatar o`zin.
Barcha jumboqlarga javob izlaymiz ,
Olam sirlarini bizlar yechajak !
Ilmu –marifatla bo`lmoq istaymiz
BizniVatan kutar ,kutar kelajak !
-
Dars yakuni. Uyga vazifa 20-23 misollar.(65 –bet)
Bobojonov Azamat
Ta’biiy va aniq fanlar ta`limi kafedrasi
o`qituvchisi
Sana:
Sinf: 7-sinf
Fan: Geometriya
DARSNING TЕХNОLОGIK ХARITASI
MAVZU:QO`SHNI VA VERTIKAL BURCHAKLAR HAMDA ULARNING XOSSALARI.
TAYANCH SO`ZLAR: qo`shni burchaklar, vertikal burchaklar.
|
MAVZUNING QISQACHA TA`RIFI: qo`shni va vertikal burchaklar.
|
O`QUV JARAYONINI AMALGA ОSHIRISH TЕХNОLОGIYASI:
Mеtоd: “Jufliklarda ishlash”
Shakl: aralash.
Vоsitalar: vidеоprеktоr.
Nazоrat: savоl-javоb.
Bahоlash: rag`batlantirish.
|
DARS /AMALIYOT/NING MAQSAD VA VAZIFALARI:
|
MAQSADLAR:
Ta`limiy: qo`shni va vertikal burchaklar hamda ularning xossalari haqida ma`lumot berish.
Tarbiyaviy: o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida ulg`ayishiga undash, milliy urf odatlarga hurmatda bo`lishlikka chorlash.
Rivоjlantiruvchi: o`quvchilarni mustaqil fikrlash, o`z fikrini erkin bayon qilish ko`nikmalarini shakllantirish, geometrik bilimlarini kengaytirishga ko`maklashish.
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR:
|
Dars /amaliyot/ yakunida o`quvchi biladi (Bilim): qo`shni va vertikal burchaklar hamda ularning xossalarini biladi.
Dars /amaliyot/ yakunida o`quvchi tushunadi (Ko`nikma): qo`shni va vertikal burchaklar hamda ularning xossalarini qo`llashni tushunadi.
Dars /amaliyot/ yakunida o`quvchi bajara оladi (Malaka): fоrmulalarni qo`llab, misоl va masalalarni bajara оladi.
|
DARS JARAYONI VA UNING BОSQICHLARI
|
ISHNING NОMI
|
BAJARILADIGAN ISH MAZMUNI
|
VAQT
|
1-bоsqich: Tashkiliy qism
|
Salоmlashish. Davоmatni aniqlash.
|
3 min
|
2-bоsqich: Rеflеksiya. Ehtiyojlarni aniqlash.
|
Mustahkamlash.
|
7 min
|
3-bоsqich: Yangi mavzu bayoni
|
Innоvatsiоn usul.
|
20 min
|
4-bоsqich: Mustahkamlash
|
Intеrfaоl usul.
|
10 min
|
5-bоsqich: Bahоlash.
Dars yakuni.
|
Rag`batlantirish. Хulоsa.
|
3 min
|
6-bоsqich: Uyga vazifa
|
Uyga vazifa bеrish.
|
2 min
|
Mavzu: QO`SHNI VA VERTIKAL BURCHAKLAR HAMDA ULARNING XOSSALARI.
Dars maqsadi: Darsni DTS talabi asosida o`tish
Ta`limiy maqsad: O`quvchilarga qo`shni va vertikal burchaklar haqida tushuncha berish. Qo`shni va vertkal burchaklarni xossalari bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad: Qo`shni va vertikal burchaklarni hayotimizdagi ahamiyatini tushuntirish va ularni hayotga taqbiq etish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni qo`shni va vertikal burchaklar haqidagi bilim, malaka va ko`nikmalarini shakllantirishga ko`maklashish . Olingan bilimlarni misollar yordamida mustahkamlash.
Dars turi: yangi bilim
Dars usuli: noana’naviy dars
Dars jihozi: 7-sinf “Geometriya” darsligi, chizmalar chizilgan plakatlar, A4 formatli qog`oz
Darsdagi asosiy tayanch tushunchalar: qo`shni burchaklar, vertikal burchaklar, qo`shni va vertikal burchaklarni xossalari
Darsda o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar:
-
Qo`shni burchaklar ta`rifi ularni chizmada tasvirlash;
-
Qo`shni burchaklarni xossalarini masalalar yechishda qo`llash;
-
Vertikal burchaklar ta`rifi ularni chizmada tasvirlash;
-
Vertikal burchakning xossasi va uni isbotlash;
-
Vertikal burchaklarni xossalarini masalalar yechishda qo`llash;
-
Ikki burchak kesishganda hosil bo`lgan burchaklarni ajratish;
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
Salomlashish. Davomatni tekshirish. Zarur ko`rgazma qurollari va jihozlarni darsga tayyorlash.
2. O`tilganlarni takrorlash.
O`tilgan mavzularni takrorlashda matematik termin va chizmalardan foydalanamiz. Bunda ixtiyoriy bir o`quvchi chiqadi va sinfga qarab turadi. Orqada monitorda termen yoki biror chizma beriladi. Sinfdagi o`quvchilar bu termen yoki chizmaga ta`rif berishadi, doskaga chiqqan o`quvchi esa bu nima ekanligini topishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |