Yangi tarix tushunchasi


Shimoliy Amerikada ingliz mustamlakalarining tashkil topishi



Yüklə 147,5 Kb.
səhifə13/26
tarix26.05.2022
ölçüsü147,5 Kb.
#116271
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
jahon tarix

Shimoliy Amerikada ingliz mustamlakalarining tashkil topishi.

Inglizlar ekspeditsiyasi 1607 yilda Shimoliy Amerikaning Atlantik okeani soxilida Jeymstaun posyolkasini barpo etib, Virginiya mustamlakasiga asos soldilar. 1620 yilda Nyu-Plimutga asos solindi. Nyu-Gempshir (1622), Massachusets (1628), Konnektikut (1634-1637), Rod-Aylend (1636-1643) nomli mustamlakalar vujudga keltirildi, bu mustamlakalarni «Yangi Angliya» deb atashar edilar. Ingliz burjua inqilobi davrida mustamlakalar bilan metropoliyaning aloqalari zaiflashib, hindular bilan kurash kuchayib ketganligi tufayli ingliz mustamlaklari ichki boshqarish ishlarida to’la mustaqillikni saqlagan holda «Yangi Angliyaning birlashgan mustamlakalari» (1642-1643 y) degan nom ostida ittifoq tuzdilar. Markaziy rayonda Nyu-Jersi (1664), Pensilvaniya (1681) degan mustamlakalar tashkil topdi. Janubda Virginiyadan tashqari Merilend (1634), Shimoliy Karolina va Janubiy Karolina ( 1663), Jorjiya (1733) degan mustamlakalar tashkil topdi. Umuman 1606 yildan 1733 yilgacha Shimoliy Amerikada Angliyaning 13 mustamlakasi barpo qilindi (Virginiya, Jorjiya, Janubiy Karolina, Shimoliy Karolina, Merilend, Delaver, Pensilvaniya, Nyu-York, Konnektikut, Rod-Aylend, Nyu-Gempshir, Massachusets, Nyu- Jersi)


1754 yilda Shimoliy Amerikada Frantsiya bilan harbiy to’qnashuvlar bo’lib o’tdi, 2 yildan keyin esa 7 yillik urush boshlanib (1756-1763), bu urush Frantsiyaning mag’lubiyati bilan tamom bo’ldi va Kanada bilan Florida Angliyaga o’tdi, Luiziana Ispaniyaga o’tdi. 1760 yilda inglizlarnig Shimoliy Amerikadagi mustamlakalarida 300 mingdan ortiq qul negr bor edi, 1775 yilda ularnig soni 450 mingga etdi. XVIII asning II yarmida mustamlakalarning ko’pchiligi Angliya qiroli tomonidan tayinlanadigan gubernatorlar orqali boshqarilar edi. Gubernator mansabdor shaxslarni lavozimlariga tayinlash va mustamlakalardagi qonun chiqaruvchi yig’inlarning qarorlari ustidan veto qo’yish huquqiga ega edi.


MUSTAQILLIK URUSHI VA AQSHNING TASHKIL TOPISHI.

1774 yil sentabr-oktabr oylarida Filadelfiyada mustamlaka shtatlar vakillaridan iborat kengash – birinchi Kontinental kongress chaqirildi. Kongress Angliya bilan munosabatlarni uzmasada, Angliyaning mustamlakalarga nisbatan qo’llagan choralarini keskin qoralab chiqdi. Kongressda “Huquqlar Deklaratsiyasi” qabul qilinib, unda mustamlakalar aholisining o’z-o’zini boshqarishga, yashashga, mulkga va erkinlikga huquqlari borligi ko’rsatildi. Lekin hali bu mustaqillikning e’lon qilinishi emas edi. Mustamlakalardagi qurolli to’qnaShuvlar 1774 yil oktabrida Kentukki va Tennessida boshlanib ketdi, 1775 yil aprelda Shimoliy Karolinada fuqarolar urushi boshlanib ketdi.1775-yil aprelda inglizlarning Konkord va Leksingtonga (Boston yaqinida) yuborilgan qo’shinlari qo’zg’olonchilardan engildilar, bu erda qo’zg’olonchilar hindulardan o’rgangan yoyilib saf tortish taktikasini qo’llagan edilar. Inqilobning asosiy kuchlari ishchilar, hunarmandlar va fermerlar bo’lib, bular faqat milliy mustaqillik uchun kurashmasdan Shuningdek ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy huquqlar uchun ham kurashdilar. 1775 yil 10 mayda Filadelfiyada II-Kontinental kongress ochildi. II-Kongress tarkibi loyalistlar tarafdorlari ko’p bo’lgan I-Kongressdan uncha farq qilmas edi. 1776 yil bahorida burjuaziyaning inqilobiy qanoti kongressda hal qiluvchi g’alabaga erishdi. Bir qator keskin tadbirlar o’tkazildi, hamma yomon ko’rgan Navigatsiya aktlari bekor qilindi va Amerika portlari barcha mamlakatlar kemalari uchun ochib qo’yildi. 1776 yil 10 mayda kongress barcha mustamlakalarga qirol amaldorlari o’rniga Yangi hukumatlar tuzishni taklif etdi. 1776 yil 4 iyulda kongress 13 shtatning mustaqilligi to’g’risida Deklaratsiya qabul qildi. Yangi mustaqil davlat – Amerika Qo’shma Shtatlari tashkil topdi. Mustaqillik deklaratsiyasi kishilarning yashashga, ozodlikga, tenglikga, baxtga intilishga haqi borligini e’lon qilib, Yangi hukumat ta’sis etishga haqi borligini, ya’ni xalq suverenitetini e’tirof qildi. 1775-1783 yillarda Amerika xalqining mustaqillik uchun olib borgan urushi mustamlakachilikga qarshi qaratilgan inqilobiy urush edi. Bu urush natijasida mustamlakachilik yo’q qilindi, mustaqil milliy davlat tashkil topdi. Shimoliy Amerika millatining madaniyati va ishlab chiqaruvchi kuchlari erkin rivojlanish imkoniyatiga ega bo’ldi.





Yüklə 147,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin