Yangi tarix tushunchasi


GERMAN DAVLATLARI NAPOLEON URUSHLARI DAVRIDA



Yüklə 147,5 Kb.
səhifə11/26
tarix26.05.2022
ölçüsü147,5 Kb.
#116271
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
jahon tarix

GERMAN DAVLATLARI NAPOLEON URUSHLARI DAVRIDA.

Germaniyada Napoleon hukmronligi o’rnatilib, bir qator hududlar Frantsiyaga qo’shib olindi. 1803 yildan bir qator diniy knyazliklar va mayda ritsarlarning mulklari tugatilib, ularni yirik davlatlarga qo’shib yuborish jarayoni boshlandi. 1806 yilda Reyn ittifoqi tuzilib, Napoleon uning protektori bo’ldi. 1812 yilga kelib Avstriya va Prussiyadan, Shuningdek bevosita Frantsiyaga qo’shib olingan yerlardan tashqari barcha nemis davlatlari Reyn ittifoqiga kirdi. Reyn ittifoqining tashkil topishi 1806 yil avgustda nemis millatining Muqaddas Rim imperiyasining tugatilishiga olib keldi. Prussiya 1806 yilda urushda mag’lubiyatga uchradi. Frantsuz qo’shinlari Berlinga kirib keldilar va Prussiyani okkupatsiya qildilar. Faqat rus imperatori Aleksandr 1 ning aralashuvi bilan Napoleon 1807 yil iyuldagi Tilzit sulhi bo’yicha Prussiyani saqlab qolishga rozi bo’ldi. Prussiya bir qancha hududlardan ajraldi, katta miqdorda tovon to’lashga va qit’a qamaliga qo’shilishga majbur bo’ldi. Prussiyani bunday og’ir ahvoldan olib chiqish va Napoleon zulmidan xalos etish uchun bir qator islohotlar amalga oshirildi. 1807 yilda dehqonlarning shaxsan qaramligi bekor qilindi va ularning to’lovlari va majburiyatlari uchun vikup (sotib olish) belgilandi, tsex tizimi tugatildi. Napoleon I nemis davlatlarining moddiy va inson resurslaridan Rossiyaga bostirib kirishda keng foydalandi. Frantsiya Rossiyaga qarshi urushga mafkuraviy jihatdan tayyorlanishda “Yevropaga qarshi rus xavfi” degan afsonadan keng foydalandi. Napoleon I ning 1812 yilda Rossiyaga bostirib kirgan “buyuk armiyasi”ning uchdan bir qismini nemislar tashkil etardi. Bir qator nemis davlatlari, Shu jumladan Avstriya va Prussiya ham majburiy ravishda Napoleonning ittifoqchisiga aylangan edilar.


1812 yildagi Vatan urushi davrida ko’plab nemis vatanparvarlari Rossiyada boshpana topib, Germaniyani frantsuzlar zulmidan ozod etish uchun kurashda faol ishtirok etdilar. Bu kurashda rus podshosi tomonidan 1812 yilda Rossiyaga “buyuk ishlar” uchun taklif etilgan sobiq pruss vaziri SHteyn katta rol o’ynadi. Uning taklifi bilan Rossiyada Nemis ishlari bo’yicha Qo’mita va nemis-rus legioni tashkil etildi.
1812 yil iyulida Shteyn tomonidan tayyorlangan va bosh qo’mondon Barklay de Tolli tomonidan imzolangan 10 ming nusxadagi frantsuzlarga qarshi qaratilgan varaqalar Napoleon armiyasidagi nemislarga tarqatildi. Nemis-rus legioni harbiy harakatlarda ishtirok etdi.
1813-1814 yillarda Napoleonga qarshi olib borilgan ozodlik urushlari davomida rus-nemis siyosiy ittifoqi ancha mustahkamlandi, rus imperatori Aleksandr I ning Germaniyadagi obro’si oshdi.



Yüklə 147,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin