Brandenburg-Prussiyaning yuksalishi.
Vestfaliya sulhidan boshlab to XVIII asr oxirigacha bo’lgan bir yarim asr davomida Brandenburg-Prussiya davlatining mavqei ancha kuchayib bordi. Vestfaliya sulhiga ko’ra Brandenburg kurfyursti Fridrix Vilgelm bir qator hududlarni, Shu jumladan SHarqiy Pomeraniyani qo’lga kiritdi. Boltiq va Shimoliy dengizga quyiladigan barcha daryolar Brandenburg hududidan oqib o’tardi, bu esa mamlakat iqtisodiyotini yuksalishiga, qishloq xo’jalik mahsulotlarini Chetga chiqarishga imkon berdi. Kurfyurstning 1685 yildagi Potsdam edikti katta ahamiyatga ega bo’ldi, unga ko’ra 20 mingdan ortiq frantsuz protestant-gugenotlari Brandenburgga, asosan Berlinga ko’chirib keltirildi, bu o’z navbatida Brandenburgda savdo va sanoatning rivojlanishiga katta yordam berdi. Savdoni rivojlantirish maqsadida Afrikaning Gvineya qirg’oqlarida koloniya tashkil etilib, Brandenburg-Afrika savdo kompaniyasi tashkil etildi va savdo floti qurildi. Fridrix Vilgelmning o’g’li kurfyurst Fridrix imperatordan o’ziga qirol unvonini olishga erishdi va imperatorga vassal qaramlikdan ozod bo’ldi. U 1701 yilda Kyonisbergda Prussiya qiroli Fridrix I sifatida toj kiydi. Fridrix II davrida (1740-1786) Prussiyada ma’rifatli absolyutizm siyosati o’tkazishga harakat qilindi. Fridrix II davrida Prussiyani militarlashtirish kuchaydi, armiya 180 ming kishiga etdi, uni boqish uchun 13 mln taler, davlat daromadlarining 2/3 qismi ketar edi. Fridrix II katta bilimga ega odam bo’lib, u ma’rifatparvarlar mafkurasi ta’siri ostida bo’lib, Volter bilan xat yozishib turardi. U “ma’àifatli absolyutizm” siyosati vakili bo’lib, islohotlar yo’li orqali feodal tuzumni inqirozdan olib chiqishga intilardi. Fridrix II davlat boshqaruvi va huquq sohasida, moliya va sud sohalarida islohotlarni amalga oshirdi, merkantilistik siyosatni davom ettirdi, uning davrida manufakturalar, kanallar qurildi, banklar ochildi, Berlin va Potsdamda katta qurilishlar amalga oshirildi, boshlang’ich ta’limni kengaytirishga doir islohotlar amalga oshirildi, diniy erkinlikga doir qonun qabul qilindi. U dvoryanlarning kayfiyatini hisobga olib, krepostnoylikni bekor qilmadi. 1714 yilda Gannover kurfyursti Georg 1 Angliya qiroli bo’ldi. 1719 yilda Angliya, Gannover, Avstriya, Saksoniya va Polsha o’rtasida Rossiya va Prussiyaga qarshi qaratilgan ittifoq bitimi tuzildi. Ittifoq a’zolarining taziyqi ostida Pyotr 1 yon berishga majbur bo’ldi, lekin Angliyaning Rossiya va Prussiyaga qarshi qaratilgan siyosati rus-pruss munosabatlarining mustahkamlanishiga yordam berdi.
Dostları ilə paylaş: |