Yangi tarix tushunchasi


Fransiyaning XVII asr o‘rtalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi



Yüklə 147,5 Kb.
səhifə4/26
tarix26.05.2022
ölçüsü147,5 Kb.
#116271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
jahon tarix

Fransiyaning XVII asr o‘rtalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi.

XVII asr o’rtasiga kelib Frantsiyada absolyut monarxiya to’la shakllanib bo’lgan edi. Ko’p sonli doimiy armiya, amaldorlar apparati, yuqori darajada siyosiy markazlashishning mavjudligi va 1613 yildan to 1789 yilgacha General Shtatlarning chaqirilmaganligi ham qirol hokimyatining qudratidan dalolat berardi. Harbiy g’alabalar Frantsiyaning xalqaro mavqeini mustahkamladi. O’ttiz yillik urush natijasida (1618-1648) Gabsburglar davlati bo’lgan Ispaniya va Avstriya zaiflashib qoldi. XVII asr o’rtalaridan G’arbiy Yevropada Ispaniya gegemonligi o’rniga Frantsiyaning harbiy-siyosiy ustunligi o’rnatildi va u yarim asrdan ko’proqqa cho’zildi. Frantsiyada feodal ierarxiya saqlanib qolgan bo’lib, eng yuqori pog’onada qirol turar, qiroldan keyingi o’rinda u yoki bu territoriyaga gertsog va graflar egalik qilishardi. Graflik bir qancha baroniyaga, baroniya bir qancha shatelleniyaga, shatelleniya esa quyi darajadagi mulklarga, tsenzual yyerlarga bo’linar edi. Frantsiyada cherkov ham eng katta yer egalaridan hisoblanardi. Cherkov lavozimlariga tayinlash Frantsiya qirolining vazifasi hisoblanib, u bundan foydalanib, o’z dvoryanlarini qo’llab-quvvatlar edi. Yuqori daromad beradigan cherkov lavozimlari frantsuz zodagonlariga berilgan edi. Cherkov o’z yerlaridan oladigan daromadlardan tashqari, Frantsiyadagi barcha dehqon xo’jaliklaridan «ushr»ham olardi. Frantsiyada aholi 3 tabaqaga bo’lingan bo’lib, 1-tabaqa – ruhoniylar, 2-tabaqa – dvoryanlar, 3-tabaqa – shaharliklar edi. Frantsiyaning tashqi savdosi ancha rivojlangan bo’lib, Ispaniya, Portugaliya, Hindiston, Italiya va Levant mamlakatlariga tovar chiqarilardi. Lekin Niderlandiya va Angliyaning raqobati bu savdoni qiyinlashtirib qo’ydi.XVII asrda Frantsiyaning ichki bozori rivojlanmay qolgan edi. Dehqonlar ommasida pul yo’q edi va ular bozordan juda kam narsa sotib olardilar. Sanoat asosan qo’lida pul to’plagan dvoryanlar uchun mahsulot ishlab chiqarardi. Keng ichki bozor bo’lmaganligi sababli savdo va sanoatda kapitalizm rivojlana olmadi. Frantsuz senorlari o’zlarining bevosita mulklarida o’z pomeshchik xo’jaliklarini yuritmas edilar. Xo’jayin yyerlarining yo’qolib borishi Frantsiyadagi agrar tuzumning alohida xususiyati edi. Ko’pincha senor o’zining bevosita mulkini mayda bo’laklarga bo’lib, hosildan hissa olish sharti bilan chorakorga yoki muayyan miqdorda pul olish sharti bilan dehqonlarga ijaraga berardi. Ijara shartnomasi turli muddat uchun: 1 yil va undan ortiq muddat uchun, ijarachi o’lguncha, 2 nasl va shu kabilar uchun tuzilishi mumkin edi. SHartnomada ko’rsatilgan muddat tamom bo’lganidan keyin er uchastkasi senor ixtiyoriga qaytarilib berilardi.



Yüklə 147,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin