Yangi tarix tushunchasi


AVSTRIYA IMPERIYASI NAPOLEON URUSHLARI DAVRIDA



Yüklə 147,5 Kb.
səhifə12/26
tarix26.05.2022
ölçüsü147,5 Kb.
#116271
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
jahon tarix

AVSTRIYA IMPERIYASI NAPOLEON URUSHLARI DAVRIDA.

Iosif II ning ukasi Leopold II davrida (1790-1792) asta-sekinlik bilan “Ma’rifatli absolyutizm”dan feodal-absolyutistik reaktsiyaga o’tish boshlandi. Inqilobiy Frantsiyaga qarshi kurash, imperiyani parchalanib ketishdan saqlab qolish birinchi o’ringa chiqdi. Yangi imperator tashqi siyosatda ancha ustomon va ichki siyosatda ancha yon beruvchi bo’lib chiqdi. U avvalgi imperatorning islohotlaridan norozi bo’lgan aristokratlar va dvoryanlarning ishonchini qozona oldi. Vengriyaga uning qadimgi konstitutsiyasini qaytardi, uni bir butun deb e’lon qildi. 1788 yilda Turkiya bilan boshlanib ketgan urushni to’xtatdi va Avstriyaning ashaddiy dushmani bo’lgan Prussiya bilan ittifoq tuzdi va bu bilan prusslarning Vengriya va Belgiyada Avstriyaga qarshi olib borayotgan ig’vogarliklariga barham berildi. Avstriya London va Peterburgning taziyqiga qaramasdan Frantsiyaga qarshi qaratilgan birinchi koalitsiyaga qo’shilmadi va singlisi, Frantsiya malikasi Mariya Antuanettaning iltimoslariga qaramasdan Frantsiyaga ham yordam bermadi.Avstriya taxtiga Frants II o’tirgach (1792-1835) vaziyat keskin o’zgardi. Uning qarashlari va siyosatini hatto matbuotda ham Frantsiya inqilobi haqidagi xabarlarni bosishni taqiqlash to’g’risidagi dastlabki farmonlaridan bilib olsa bo’ladi. Avstriya imperiyasi Yevropada feodal-monarxiyacha tartiblarni tiklash va mustahkamlash uchun Frantsiyaga qarshi uzoq cho’zilgan urushlar girdobiga tortildi. Avstriya Shu davrdan boshlab Frantsiyaga qarshi qaratilgan barcha koalitsiyalarda ishtirok etdi va ularning ko’pchiligida mag’lubiyatga uchradi.Gabsburglarning Frantsiyaga qarshi olib borgan urushlari odatda ularning mag’lubiyatlari bilan tugardi, Avstriya hududi bir necha marta urush maydoniga aylandi. 1806 yilda Napoleon taziyqi ostida Gabsburglar nemis millatining Muqaddas Rim imperiyasi imperatori unvonidan abadiy maxrum bo’ldilar. Monarxiya Avstriya imperiyasi deb atala boshlandi, Frants II esa Frants I ga aylandi.1809 yilda frantsuzlar Avstriyani yana bir marta tor-mor qilishgach, mohir diplomat, Avstriya va Yevropa siyosatiga katta ta’sir ko’rsatgan Klemens Metternix tashqi ishlar vaziri va amalda hukumat boshlig’i bo’ldi. Metternix olib borgan mohirona diplomatik siyosat natijasida Avstriya barcha urush kompaniyalarini boy berib va 1812-1813 yildagi hal qiluvchi urushda ishtirok etmasdan turib ham g’olib davlatlar qatoridan o’rin olishga muvaffaq bo’ldi. Aynan Avstriya uzoq davom etgan urushlar davriga yakun yasagan va Yevropa qit’asi xaritasini qaytadan tuzib chiqqan sulh konferentsiyasini tashkil etish sharafiga musharraf bo’ldi. Yevropa mamlakatlari va xalqlari taqdirini bir necha o’n yillarga oldindan belgilab bergan Vena kongressida asosiy rolni Rossiya imperatori Aleksandr I, Britaniya ministri Kaslri bilan bir qatorda imperator Frants I ning qudratli ministri Metternix o’ynadi.



Yüklə 147,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin