Kirish Bu kurs ishida bozor iqtisodiyotining mazmunini bayon qilib berish bilan boshlanib, uning asosiy belgilari, subyektlari va rivojlanish bosqichlari talqiniga alohida o`rin ajratiladi. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolari, bunday iqtisodiyotning afzalliklari va ziddiyatlarini tahliliga ham o`rin beriladi.
Bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmi ko`plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi.
Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etdi.Bozor iqtisodiyoti erkin tovar pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida Tovar pul va pulning turlari shakllaridagi harakat yotadi.
Mazkur kurs ishi bozor va uning turlari, bozor infra tuzilmasi, uning tarkibiy qisimlari hamda unsurlarini yoritib berish bilan yakunlanadi.
Bozor iqtisodiyoti bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun- qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar pul munosabatlariga asoslanadi. Uning negizida Tovar va pulning turli shakillardagi harakat yotadi, iqtisodiy monopolizimni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo`jaligin subyektlari iqtisodiy hatti- harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar pul mexanizmi orqali bir biriga bog`lanib muvofiqlashuvi deb baho beradilar. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimini, uning hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimalsh va iste`mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi.
Hozirgi sharoitda o`rta rivojlangan iqtisodiyotda 24 mln dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo`lib, ularning 1/10 qismi har yili yangilanib turadi. Bunday sharoitda ularning turlari, miqdor bo`yicha talab va taklifni tartibga solishni bozorsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Bu esa bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy iqtisodiy tizim hissoblanadi.