Toshkent−2015 Tuzuv ch i-muallifla r: Umida Masharipova, Mashrabxon Umarova, Dilnoza Baynazarova, Manzura Nabiyeva Taqrizchila r



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə1/17
tarix14.07.2018
ölçüsü1,52 Mb.
#56744
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

ONA TILI
2-sinf oʻqituvchilari uchun

ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish boʻyicha metodik qoʻllanma
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan




Toshkent−2015




T u z u v ch i-m u a l l i f l a r:
Umida Masharipova, Mashrabxon Umarova,

Dilnoza Baynazarova, Manzura Nabiyeva


T a q r i z c h i l a r:



Rohat Safarova

  • Qori Niyoziy nomidagi OʻzPFITI p.f.d., professori;

Nazira Ahmedova

  • RTM Boshlangʻich ta’lim boʻlimi boshligʻi;

Мухаббат Худойбердиева

  • Жиззах вилояти Пахтакор туманidagi 4-maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.

Ushbu metodik qoʻllanmada 2-sinf ona tili darslarining maqsad va vazifalari, oʻquv jarayonining samaradorligini ta’minlashga qaratilgan pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida multimediali ilovalar orqali oʻqitishning oʻyinli shakllaridan foydalanib yaratilgan dars ishlanmalari berilgan.



SHARTLI BELGI





− ilgʻor pedagogik texnologiya;




− multimediali ilova.

Respublika ta’lim markazi huzuridagi “Boshlangʻich ta’lim” yoʻnalishi boʻyicha Ilmiy-metodik kengashning 2015-yil 16-iyundagi 2-sonli kengaytirilgan yigʻilishi qarori bilan nashrga tavsiya etildi.



SO‘ZBOSHI

«…oʻz ona tilini bilmagan odam oʻzining shajarasini,

oʻzining ildizini bilmaydigan, kelajagi yoʻq odam,

kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi,

deb juda toʻgʻri aytishadi».

I.A. Karimov

Har bir xalqning, millatning ertangi kuni o‘sib kelayotgan yosh avlodning bugun qanday ta’lim-tarbiya olayotgan farzandlarimizga, ularning har tоmоnlama yеtuk va barkamоl insоnlar bo‘lib yеtishishlariga bog‘liq. Bunday mas’uliyatli vazifani bajarish hоzirgi zamоn o‘qituvchisi, ayniqsa, bоshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan o‘z kasbiy mahоratlarini оshirib bоrish, ilg‘оr pеdagоgik tехnоlоgiyalar mоhiyatini anglash va ulardan o‘z darslarida unumli fоydalanishni taqozо etadi. Zamonaviy o‘qituvchi ta’lim jarayonida ilg‘оr pеdagоgik tехnоlоgiyalarni puxta egallagan, ularni tahlil qilish va amaliyotga jоriy eta olishi lozim.

Boshlangʻich sinfda ona tili ta’limi oʻquvchilarda tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, oʻzgalar fikrini anglash, oʻz fikrlarini ogʻzaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda boʻla olish koʻnikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ona tili darslari ijtimoiy-foydali boʻlishi uchun oʻquvchilarda oʻz fikrini grammatik toʻgʻri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar fikrini tinglay olish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq oʻstirish koʻrsatmasi grammatik materialni oʻrgatishda oʻquvchilarning tilimizdagi har bir soʻz turkumi yoki soʻz qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik usullarni qoʻllashni talab etadi, ya’ni grammatik nazariya grammatik toʻgʻri va aniq nutq malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini oʻstirishga amalda tatbiq etish uchun oʻrgatiladi. Darsda o‘quvchilar nutqini oʻstirish darsning mazmunida va qoʻllannilgan vazifalar turlarida oʻz aksini topadi. Bu vazifalarni amalga oshirish koʻp jihatdan oʻqituvchining mahoratiga bogʻliq. Axborot oqimi keskin ortgan, turli yangiliklar hayotimizga shitob bilan kirib kelayotgan davrda mustaqil tanqidiy fikrlash koʻnikmalariga ega boʻlgan,yangilikni oʻrganishga doim tayyor boʻlgan, hamkorlikdan choʻchimaydigan , muloqotga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi boʻlishi kerak va bu borada ta’limda yangi texnologiyalarning qoʻllanishiga yoʻl ochilishi maqsadga erishish yoʻlidagi toʻgʻri qadamdir. Hozirgi kunda yangi texnologiya unsuri boʻlgan interfaol usullardan keng foydalanilmoqda.

Mazkur metodik qoʻllanmada 2-sinf ona tili fanining maqsad va vazifalari, ona tili darslarida ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha tavsiyalar berilgan. Shuningdek, darsda oʻquvchilarning faolligini oshirish va fikrlash orqali oʻzlashtirishlarni ta’minlash maqsadida multimediali ilovalar tayyorlandi. Ularda oʻquvchilarni toʻgʻri talaffuzga, til ma’nolarini toʻgʻri anglashlariga, ogʻzaki va yozma nutqlarining savodli boʻlishiga, Vatanimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti, oʻtmishi, milliy urf-odatlari, borliq va jamiyat haqidagi mavjud bilimlarini yanada boyitish maqsad qilib olindi. Bu maqsadni amalga oshirishda turli metodlardan va metodik ish turlaridan foydalaniladi. Ular oʻquvchilarni oʻylashga, izlanishga, xulosalar chiqarishga undaydi, ona tiliga boʻlgan qiziqishlarini oshiradi.

Mazkur metodik qoʻllanmada ishlanmasi berilmagan darslar uchun metodik tavsiyalar berilgan boʻlib, boshqa darslar tuzilishidan foydalanib tashkil qilinadi.

Metodik qoʻllanmaning tuzilishi

Oʻquv reja boʻyicha 2-sinf “Ona tili” faniga 136 soat dars ajratilgan boʻlib, metodik qoʻllanmada 28 ta dars uchun multimediali ilovalar orqali oʻqitishning oʻyinli shakllari va ilgʻor axborot texnologiyalaridan foydalanilgan dars ishlanmalari berilgan.

Darslikning multimediali ilovasini 21 ta animatsiya, 7 ta lugʻat ishi, 38 ta interfaol mashq-oʻyin, 5 ta video, 4 ta audio (she’r) va boʻlimlar yuzasidan 5 ta test-topshiriqlari tashkil etadi.

Multimediali ilova mundarijasidan oʻqituvchi oʻziga kerakli mavzuni tanlaydi. Har bir dars uchun multimediali ilovaning ekranida quyidagi tugmalar berilgan:









  • animatsiya






  • lugʻat ishi






  • audio






  • test topshiriqlari






  • interfaol oʻyin






  • videolavhalar

Bu tugmalar orqali namoyish etiladigan materiallardan darsning yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash va takrorlash bosqichlarida foydalanish mumkin. Multimediali ilova hamda dars ishlanmalarda darslikda berilgan mashq va qoʻshimcha materiallar asosida ta’limiy oʻyinlarda keng foydalanildi, shuningdek, oʻquvchilarning bilimlarini mustahkamlash va tekshirish maqsadida test va mustaqil ish topshiriqlari metodik qoʻllanmada berildi.

Oʻyin – boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ma’lum sifatlarni shakllantirish uchun kattalar – oʻqituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar tomonidan qoʻllaniladigan usul. Oʻyin vositasida oʻquvchilarning bilim oʻzlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda boʻlishga oʻrganadi, shuningdek, ularda muomala madaniyati shakllanadi.

Ona tilidan tashkil etiladigan ta’limiy oʻyinlar oʻquvchini izlanishga, ijodiy faoliyat yuritishga, oʻrganilayotgan til hodisalarining mohiyatini aniqlab, hukm va xulosalar chiqarishga undaydi. Ta’limiy oʻyinlar har bir oʻquvchiga oʻzini namoyish etish, oʻz fikr-mulohazalarini himoya qilish, topshiriqni shavqu - zavq bilan bajarish imkoniyatini beradi. Har bir shaxsda tarbiyalanishi zarur boʻlgan ijobiy sifatlar: tezkorlik, sezgirlik, topqirlik, xushyorlik, qat’iyatlik, bilimdonlik, mustaqillik, tadbirkorlik, ijodkorlik kabilar tarkib toptiriladi.

Darsni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oʻqitish oʻqituvchi va ta’lim oluvchilar ishini ancha osonlashtiradi. Xususan, boshlangʻich sinflarda fanlarni kompyuter vositalari asosida oʻqitish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:


  • oʻqituvchini takrorlanuvchi mehnatdan xalos etadi va uning vaqtini tejaydi;

  • yaqqol tasvirlar natijasida oʻquvchilarda fazoviy tasavvurlar shakllanadi;

  • oʻquvchilarning ish tartibini tez oʻzlashtirishini ta’minlaydi;

  • fanga oid nazariy ma’lumotlar koʻrgazmali vositalar (rangli tasvirlar, ularning fazoviy koʻrinishlari) yordamida tushuntiriladi va natijada oʻquvchilarda ilmiy bilishga ehtiyoj ortadi.

Kompyuter ekranida sodir boʻlayotgan hodisalarni oʻquvchi koʻrib va eshitib, fikrlash orqali bilishga intiladi. Oʻquvchi sezgi organlari yordamida ekranda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarni idrok eta boshlaydi. Chunki ekranda ularning xossa va xususiyatlari aks ettiriladi.

Oʻqituvchi uchun ushbu metodik qoʻllanma izlanishga hamda darslarga ijodiy yondashgan holda tayyorgarlik koʻrishlariga yordam beradi.


Ona tili darslarini tashkil etish

Ona tili darslarining samaradorligini oshirish, unda oʻquvchilarni faollashtiradigan, mantiqiy fikrlashga undaydigan metod va usullarni, mashqlar tizimini ishlab chiqish, matnni lingvistik tahlili dolzarb masalalardan biridir.

Dasturning “Grammatika, imlo va nutq oʻstirish” boʻlimi har bir sinfda quyidagicha qismlarni oʻz ichiga oladi: “Tovushlar va harflar”, “Soʻz”, “Gap”, “Bogʻlanishli nutq”. Asosiy mavzular bosqichli izchillik tamoyiliga asoslanib, har toʻrt sinfda oʻrganiladi. Har bir sinfda yetakchi mavzular ajratiladi. 1−2-sinfda fonetika va grafikaga oid mavzularni oʻrganishga katta oʻrin beriladi, chunki oʻquvchilar oʻqish va yozish jarayonini egallaydilar.

Oʻzbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi. 2-sinf oʻquvchilari fonetik-grafik koʻnikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yoʻq jarangli va jufti yoʻq jarangsiz undoshlar; yozilishi talaffuzidan farq qiladigan soʻzlarni va soʻzdagi jarangsiz undosh tovush oʻziga mos harf bilan ifodalanishini taqqoslash bilan soʻzning oxirida jufti bor undosh tovush kelsa, u soʻz tekshirishni talab qilish; soʻzni boʻgʻinlarga boʻlish, urgʻuli boʻgʻinni ajratish koʻnikmalariga ega boʻladilar. Dasturga koʻra, oʻquvchilarda soʻzni boʻgʻinlarga boʻlish koʻnikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi. Boʻgʻin murakkab tushuncha boʻlgani uchun boshlangʻich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Oʻquvchilar soʻzni boʻgʻinlarga boʻlishda soʻzda nechta unli boʻlsa, shuncha boʻgʻin boʻladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod oʻrgatish davridayoq hosil qiladilar. Bolalar yozilgan soʻzdan dastlab unli harfni topadilar, keyin soʻzda nechta unli boʻlsa, uni shuncha qism (boʻgʻin)ga boʻladilar. Bogʻin haqidagi bilim soʻzning bir yoʻlga sigʻmagan qismini boʻgʻinlab toʻgʻri koʻchirish koʻnikmasini shakllantirishga asos boʻladi.

2-sinf soʻz yasalishini oʻrganishga tayyorgarlik bosqichi hisoblanib, bu bosqichning vazifasi – oʻquvchilarni bir xil oʻzakli soʻzlarning ma’no va tuzilishiga koʻra bogʻlanishini tushunishga tayyorlash. Bunday vazifaning qoʻyilishiga sabab, birinchidan, soʻzning ma’no va tuzilishi jihatidan bogʻlanishini tushunish, oʻzining lingvistik mohiyatiga koʻra bir xil oʻzakli soʻzlarni va soʻz yasalishini oʻzlashtirishga asos hisoblanadi.

“Soʻz” boʻlimida oʻquvchilar soʻzning leksik ma’nolarini kuzatadilar, soʻzga soʻroq berishni oʻrganadilar. Oʻquvchilarda soʻz turkumlarini bilish koʻnikmasi ularning belgilari yigʻindisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, guldor, gulladi soʻzlarining qaysi soʻz turkumiga kirishini bilish uchun II sinf oʻquvchisi quyidagicha fikr yuritadi: nima?gul, bu soʻz narsani bildiryapti, koʻplikda qoʻllanadi – gullar; guldor soʻzi qanday? soʻrogʻiga javob boʻladi, narsaning belgisini bildiradi; gulladi soʻzi nima qildi? soʻrogʻiga javob boʻladi, narsaning harakat holatini bildiradi.

Sintaktik bilimlarning oʻrganishda 2-sinf oʻquvchilari ega va kesim atamalaridan foydalanmaydilar, ammo ular gapning bosh boʻlaklarini amaliy ravishda topish koʻnikmasiga ega boʻladilar, ya’ni gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan soʻz (ega)ni, u haqida nima deyilganini anglatgan soʻz (kesim)ni topadilar.

Ona tili fani oʻquvchilarni fikr bayon qilish va uni uqib olish faoliyatiga tayyorlaydi. Fikr til vositasida roʻyobga chiqadi, shu sababli har bir kishi tilni va undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilish uning grammatik qonun-qoidalarini, ta’rifini oʻzlashtirishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilish hamdir, ya’ni fikrni ogʻzaki va yozma shaklda toʻgʻri, tushunarli va savodli ifodalay bilishdir. Bunga erishish uchun ona tili darslarida lugʻat ustida ishlashga alohida e’tibor qaratish lozim.



Birinchi sinfda oʻtilganlar yuzasidan takrorlash. Oʻquv yilining boshi birinchi sinfda oʻquvchilarninig ona tilidan olgan bilimlarini aniqlash va umumlashtirish maqsadini amalga oshiradi. Bunda gap tugallangan fikrni anglatishi, gaplar soʻzlardan tuzilishi, gapning mazmuniga koʻra tinish belgilarini qoʻyilishi va har bir gap bosh harf bilan boshlanishi va soʻzni tovush-harf tarkibiga oid bilimlar takrorlanadi.

Ikkinchi sinf oʻquvchilariga tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, ularning harfiy ifodasi; boʻgʻin, jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida tushunchalar beriladi. Bolalar shu bilimlar asosida aytilishi va yozilishida farq qiladigan soʻzlar; a va o, u va i tovushli soʻzlarning aytilishi va yozilishi; soʻz oxirida kelgan jarangli b va d undoshlarining jarangsiz jufti p va t undoshi tarzida eshitilsa ham b va d tarzida yozilishi; ayrim soʻzlar oxirida kelgan d va t undoshlarining tushib qolishi, ammo yozuvda saqlanishi; yonma-yon kelgan ikki bir xil undoshli soʻzlarning aytilishi va yozilishini bilib oldilar. Soʻzlarni tovush-harf tomondan tahlil qilish rivojlanadi, bolalarda nutqni eshita olish qobiliyatini oʻstirishga e’tibor beriladi. Bular oʻz navbatida oʻquvchilar savodxonligini oshiradi, xatosiz koʻchirib yozish, eshitib yozish, yozganlarini mustaqil tekshirish koʻnikmalarini oʻstiradi. Oʻquvchilarda tovush haqida toʻgʻri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul soʻzdagi tovushlarniig talaffuzi hamda soʻzning leksik ma’nosi soʻzdagi tovushlarning tarkibiga bogʻliqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara, uzun, uzuk, uzum kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan soʻzlar har xil lugʻaviy ma’noni ifodalaydi.

Tovushlar va harflar yuzasidan olib boriladigan ishlar kichik yoshdagi oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutq madaniyatini oʻstirish va takomillashtirishga yoʻnaltiriladi. “Tovushlar va harflar” mavzusini oʻrganish bilan oʻquvchilarning nutqiy va aqliy rivojida eng muhim boʻlgan soʻzlarni tahlil qilish, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy koʻnikmalari shakllantiriladi. Mavzularni takrorlab umumlashtirish darslarida oʻquvchilarning lugʻatini boyitishga, bogʻlanishli nitqni oʻstirishga ham alohida ahamiyat beriladi.

Undosh tovushlar va harflar. Darslikda oddiy fonetik va grammatik tushunchalar, grafik va orfografik qoidalar, turli mashqlar berilgan. Oʻquvchilar faoliyatining xarakteriga koʻra, ya’ni mashq jarayonida oʻquvchilar bajaradigan aqliy omillar xarakteri asos qilib olinsa, mashqlar analitik, sintetik, taqqoslashga, guruhlashga, umumlashtirishga oid mashqlarga boʻlinadi. Undosh tovushlar va harflar mavzusida amaliy oʻzlashtirgan bilimlarni takrorlab, mustahkamlash bilan birga yangi oʻrganiladigan materiallarga zamin hozirlashni koʻzda tutadi.

31-mashqdagi soʻzlar (chumchuq, kaptar, bulbul, joʻja)ning birinchi tovushi talaffuz qildiriladi. Talaffuz jarayonida havo ogʻizdan qanday oʻtayotgani kuzatiladi: erkin oʻtyaptimi yoki toʻsiqqa uchrayaptimi? Tahlil natijasida bu tovushlar undosh tovushligi, ch, k kabi undoshlarni talaffuz qilinganda shovqin eshitilishi hamda b, j kabi tovushlarni talaffuz qilinganda shovqin va ovoz eshitilishi taqqoslash orqali aniqlashtiriladi. Oʻzbek tilida 24 ta undosh tovush 23 ta harf bilan ifodalanishi, j harfi ikki tovush bildirishi eslatiladi.

Soʻz ichida soʻz” oʻyini. Oʻquvchilar bir soʻzdan bir necha soʻz hosil qilishlari talab etiladi. Hosil qilingan soʻzlar ma’nosi ustida ishlanadi.

Namuna:


Limon: olim, nom, ol, ilon, il.

Asalari: asal, ari, sara, asra, is, il.

Boyqush: boy, oy, quyosh, qush, bosh, osh, oq.

Toshkent: tosh, osh, tok, nok, tot, tesh.

32-mashq undosh tovushlar unli tuvushlar kabi soʻz ma’nosini oʻzgartirishga xizmat qilishiga oid bilimlar mustahkamlanadi.

Sirli kataklarni toʻldir” oʻyini. Oʻquvchilarga kataklarni toʻldirib, tovushdosh soʻzlar hosil qilish vazifa qilib topshiriladi. Masalan, toy soʻzini soy soʻzigacha davom ettirish talab etiladi.

Namuna: toy, loy, moy, voy, oy, choy, yoy, soy.

Tavsiya etilgan soʻzlar:


  1. bosh, tosh, osh, qosh, yosh, rosh.

  2. bol, pol, tol, sol, gol, mol, xol, hol.


J tovushi va harfi

J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar ajratiladi. Birinchi portlovchi j tovushini keyin esa sirgʻaluvchi j tovushi va uning talaffuzini tushuntirish, analitik-sintetik mashqlar yordamida koʻnikmalar hosil qilish oʻrgatiladi. Soʻng bu ikki tovushning talaffuzidagi farqi taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. 44-mashqni “Davom ettir” ta’limiy oʻyini asosida bajartiriladi:


joʻja

gijda
























A-4 hajmdagi jadvalni berilgan soʻzlardagi portlovchi va sirgʻaluvchi j tovushining talaffuziga koʻra toʻldiradilar.

Soʻzlar: ajdar, jurnal, jambil, jaket, Jamila, jirafa, “Bolajon”, ajdod, jiyda, jar, jayron.



Alifbo. Bu mavzuni oʻrganishdan maqsad: oʻzbek alifbosida 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi, har bir harfning oʻz nomi borligi, harflarning tartib bilan joylashuvi alifbo deb atalishini oʻrgatish; hayotiy vaziyat talab qilganda (roʻyxat tuzish, “Lugʻat”, “Bolalar ensiklopediyasi”dan foydalanishda) oʻquvchilar alifbodan foydalanish koʻnikmasini shakllantirishdir. Mavzuni oʻrganish oʻquv yili davomida oʻrgatiladigan imlosi qiyin soʻzlarni lugʻatdan tekshirish jarayonida mustahkamlanadi. Mavzu yuzasidan quyidagi oʻyin va tarqatma materiallardan foydalanish tavsiya etiladi.

Quvnoq alifbo” oʻyini. Oʻquvchilar tarqatmadagi raqamlarga yashiringan hikmatlarni topishlari vazifa qilib beriladi. Raqamlar alifbodagi harflarni tartibini bildiradi.



10 8 19 14 2 – 2 8 11 8 12 2 20 11 14 26 8.

Kitob – bilim bulogʻi.

12 4 7 13 1 19 10 8 27 8 13 8 20 11 20 26 11 1 23 3 8.

Mehnat kishini ulugʻlaydi.

10 20 28 – 1 3 14 11 1 19 3 1.

Kuch – adolatda.

8 11 12 11 8 10 8 27 8 22 14 17 2 25 11 12 1 18.

Ilmli kishi xor boʻlmas

Tarqatma materiallar bilan ishlash

№ 1

Alifboning oʻninchi, birinchi, yigirma yettinchi harflarini ayting. Ular bilan boshlanuvchi soʻzlarga misollar yozing.


№ 2

Quyidagi soʻzlardagi harflarning alifbodagi tartib raqamini yozing.

Daftar, mehnat, bahor, ism.



№ 3

Ikkita soʻz oʻylang. Bu soʻzlardagi harflarning alifbodagi tartib raqamini yozing.

№ 4

Savollarga javob bering.

  1. Oʻzbek alifbosida nechta harf bor?

  2. Unli harflar nechta?

  3. Undosh harflar nechta?

№ 5

Quyidagi gullar nomini alifbo tartibida yozing.

Lola, binafsha, atirgul, nastarin, nilufar, gulsafsar.




6

Milliy oʻyinlarimiz nomini alifbo tartibida yozing.

Bekinmachoq, chillak, chavgon, sanama, mehmon-mehmon.




Boʻgʻin. Boʻgʻin koʻchirish. Boʻgʻin murakkab tushuncha boʻlgani uchun boshlangʻich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Dasturga koʻra, oʻquvchilarda soʻzni boʻgʻinlarga boʻlish koʻnikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi. Oʻquvchilar soʻzni boʻgʻinlarga boʻlishda soʻzda nechta unli boʻlsa, shuncha boʻgʻin boʻladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod oʻrgatish davridayoq hosil qiladilar. Oʻquvchilar yozilgan soʻzdan dastlab unli harfni topadilar, keyin soʻzda nechta unli boʻlsa, uni shuncha qism (boʻgʻin)ga boʻladilar.

Mavzuni oʻrganish jarayonida soʻzni toʻgʻri va tez boʻgʻinga boʻlish koʻnikmasini shakllantirish ustida ishlash mashq turlaridan hisoblanadi. Oʻquvchilar shu koʻnikmaga asoslanib, grafik malakani oʻzlashtiradilar. Soʻzni boʻgʻinga boʻlish, shu boʻgʻindagi har bir tovushning oʻrnini, tartibini tasavvur qilgan holda, boʻgʻinlab aytish koʻnikmasi soʻzdagi harflarni tushirib qoldirmay va oʻrnini almashtirmay toʻgʻri yozishni ta’minlaydi. Soʻzni boʻgʻinga boʻlish koʻnikmasi soʻzning bir yoʻlga sigʻmay qolgan qismining keyingi yoʻlga boʻgʻinlab koʻchirish, boʻgʻin hosil qilgan bitta unli harfni oldingi yoʻlda qoldirib va keyingi yoʻlga koʻchirib boʻlmasligi uchun zarur.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə