Umumiy tilshunoslik



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə1/21
tarix22.11.2018
ölçüsü3,14 Mb.
#84692
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




TIL NAZARIYASI

fanidan



ILIM SOҲASI



TA’LIM SOҲASI










Toshkent 2015

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

“UMUMIY TILSHUNOSLIK” kafedrasi

“Til nazariyasi”

fanidan


O`QUV – USLUBIY MAJMUA

Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar

Ta’lim sohasi: 110000- Pedagogika

Bakalavriat yo’nalishi: 5111400 –Xorijiy til va adabiyoti

TOSHKENT – 2015

«Umumiy tilshunoslik» kafedrasi

“Til nazariyasi”

fanidan


O’QUV -USLUBIY MAJMUA

Ushbu o’quv-uslubiy majmua “Umumiy tilshunoslik”fani bo’yicha yaratilgan bo’lib, unda mazkur fanning o’quv dasturi, ishchi dasturi, ma’ruza mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi va Seminar mashg’ulotlarning ta’lim texnologiyasi jamlangan.

Mazkur o’quv-uslubiy majmua oliy o’quv yurtlarining bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.

Tuzuvchilar: f.f.d. R.Rasulov, f.f.d.S.Muhamedova, dots.O’.Sharipova

Taqrizchi: JDPI “O’zbek tilshunosligi” kafedrasi professori, filol.fan.nomz.X.Jo’raev

O’quv-uslubiy majmua Nizomiy nomidagi TDPU Ilmiy kengashining 2015__ yil __ ___________dagi ___- sonli qarori bilan tavsiya etilgan.



O’QUV- USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI

1. “Til nazariyasi”fani bo’yicha o’quv dasturi..............................5

2. “Til nazariyasi”fani bo’yicha ishchi dastur..............................16

3.Ta’lim texnologiyalar ishlanmasi.............................................................43

3.1. Lektsiya mashg’ulotlari mavzulari bo’yicha.................................................

3.2. Amaliy mashg’ulotlar mavzulari bo’yicha.................................................

4. Kompakt disk…………………………………………………………....

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI
Ro’yxatga olindi O’zbekiston Respublikasi

№ _________________ Oliy va O’rta maxsus ta’lim

2014_ yil «____» ________ vazirligining 2014_ yil

«____» ___________ dagi

«____» - sonli buyrug’i

bilan tasdiqlangan

Til nazariyasi

fanining
O’QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar soha,

Ta’lim sohasi: 110000 - Pedagogika.

120000 - Gumanitar fanlar.

Ta’lim yo’nalishi: 5111400 - Xorijiy til va adabiyoti (roman-german filologiyasi).

5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (roman-german tillari).

5120200 – Tarjima nazariyasi va amaliyot (roman-german tillari).



Toshkent – 2015
Fanning o’quv dasturi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha o’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2014_ yil “____”__________-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.

Fanning o’quv dasturi O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida ishlab chiqildi.



Tuzuvchilar:

Madjidova R.U. – Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri,

filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Sultonova Sh.M – Umumiy tilshunoslik kafedrasi o’qituvchisi.

Taqrizchilar:

Muhammedova S.X. – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika

universiteti professori, filologiya fanlari doktori.
Mu
Fanning o’quv dasturi O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy-uslubiy Kengashida ko’rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2014_ yil “____” ______dagi “______”-sonli bayonnomasi).


Kirish

Etuk mutaxassislarni, ayniqsa, yosh avlod tarbiyachilarini tayyorlashda


til ilmi muhim ahamiyat kasb etadi, zero til o’qituvchining eng asosiy
quroli sanaladi. Ushbu dastur “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “CHet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1875-sonli qarorida belgilangan vazifalarni hisobga olgan holda tuzilgan bo’lib, o’quv rejada mavjud “Tilshunoslikka kirish” va “Umumiy tilshunoslik” kurslarini o’z ichiga oladi.
O’quv fanining maqsadi va vazifalari

Til nazariyasi fanining asosiy maqsadi tilshunoslik fani, uning bo’limlari, o’rganish ob’ekti, boshqa fanlar bilan aloqasi haqida ma’lumot berish, talabalarni tilshunoslik fanining asosiy tushunchalari, kategoriyalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, talabalarda olingan bilimlarni amalda qo’llay olish malakasini shakllantirish kabi vazifalarni hal etishni taqozo qiladi.

Ushbu fanning vazifalari til va jamiyat, til tizimi va tuzilishi, uning sathlari, birliklari va ularning namoyon bo’lish qonuniyatlari, tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, dunyo tillarining klassifikatsiyasi haqida nazariy bilimlar berishdan iboratdir.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar

Til nazariyasi o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:



  • tilning paydo bo’lishi haqidagi farazlar;

  • til sathlari va tilshunoslik bo’limlari;

  • dunyo tillari va ularning tasnifi;

  • tilshunoslik tarixi va tilshunos olimlar;;

  • til nazariyasi va tilshunoslik tarixi to’g’risida keng bilimni egallay olish;

  • O’zbekiston va xorijiy davlatlarda nashr qilingan ilmiy adabiyotlar bilan ishlash;

  • o’rganilayotgan chet tilidan ona tilisi xususiyatlarini ajrata olish;

  • tilshunos olimlar ta’limotlarini tahlil qila olish;

  • turli tillarni oila va guruhlarga tasniflay olish;

  • zamonaviy tilshunoslik masalalarini tushuna olish malakasiga ega bo’lishi;

  • chet tili o’rganish amaliyotida nazariy bilimlarni qo’llash;

  • tilshunoslik bo’yicha ilmiy izlanishlarga kasbiy nuqtai nazardan qarash;

  • dunyo tilshunosligida ro’y berayotgan jarayonlarni o’zaro bog’liqlik nuqtai-nazaridan tahlil qilish;

  • tillardagi umumiy va xususiy belgilar haqidagi tushunchalarni amaliyotda qo’llash ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur.


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi

Til nazariyasi fani ikki qismdan iborat bo’lib, “Tilshunoslikka kirish” kursi quyi bosqichlarda, “Umumiy tilshunoslik” kursi esa barcha filologik fanlarning yakunlovchi qismi sifatida bitiruvchi bosqich talabalariga o’tiladi. Dastur bo’yicha o’tiladigan “Tilshunoslikka kirish” kursida talabalar o’z mutaxassisligi bo’yicha boshlang’ich bilim olish bilan birga kelgusida o’tiladigan nazariy va amaliy fanlar bilan bog’liq tushuncha va terminlar bilan tanishadilar. Ushbu fanni o’zlashtirish o’quv rejasidagi fonetika, grammatika, leksikologiya, stilistika va tipologiya fanlarini o’rganishga talabani bevosita tayyorlaydi.

“Umumiy tilshunoslik” kursi esa bitiruvchi talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash barobarida bo’lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlovchi maktab vazifasini o’taydi.

Fanni o’qitishdagi zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Umumiy tilshunoslik fanini o’qitishda quyidagi pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi:



  • fan bo’yicha (namunaviy) mavzular yechimi o’quv dasturidagi reja asosida Power Point programmasiga o’tkaziladi;

  • har bir talaba mavzuning elektron HTML variantini qo’llash imkoniyatiga ega bo’ladi;

  • ma’ruza matnlari, asosiy va qo’shimcha adabiyotlarning elektron variantlaridan mustaqil foydalanish imkoniyati yaratiladi;

  • dasturdagi mavzular zamonaviy texnologiya asosida “SLIDE” ko’rinishida jihozlanadi;

  • informatsiyani avtomatik tarzda tahlil qilish, o’zgartirish va to’ldirish metodi joriy qilinadi;

  • ta’lim jarayoni oldindan loyihalanadi va auditoriyada talabalar bilan qayta ishlab chiqiladi;

  • tizimli yondashuv asosida talabalarning o’qish-bilish faoliyatini tasvirlaydigan ta’lim jarayonining loyihasi tuzib chiqiladi;

  • ta’lim maqsadi real, aniq diagnostik bo’lishiga erishiladi va talabaning bilim, o’zlashtirish sifati ob’ektiv baholanadi;

  • ta’lim jarayonining tuzilishi va mazmuni yaxlitligi, o’zaro bog’liq va o’zaro munosabatda bo’lishiga erishiladi;

  • til nazariyasi fanining barcha qismlari, tushunchalar apparati bazaviy tamoyillarini o’qitishda ta’lim shakllarini optimallashtirishga erishiladi;

  • ta’lim jarayonida texnik vositalar (kompьyuter, internet) va inson salohiyatining o’zaro ta’siri hisobga olinadi.



Asosiy qism

Tilshunoslikning fan sistemasida tutgan o’rni.

Tilshunoslik fan sifatida. Nazariy tilshunoslik. Amaliy tilshunoslik. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi.


Tilshunoslikning zamonaviy yo’nalishlari.

Generativ tilshunoslik. Kognitiv tilshunoslik. Lingvistik falsafa. Pragmalingvistika. Matn lingvistikasi. Psixolingvistika. Etnolingvistika. Tipologik lingvistika. Lingvomadaniyatshunoslik. Kompyuter lingvistikasi. Ontolingvistika. Zoolingvistika. Biolingvistika. Mentalingvistika. Lingvopoetika. Matematik lingvistika. Kommunikativ tilshunoslik. Neyrolingvistika. Paralingvistika.


Til – asosiy aloqa vositasi.

Verbal va noverbal muloqot. Til tabiati. Til mohiyati. Til vazifasi. Til va nutq.


Til va tafakkur.

Til va tafakkur munosabati. Til va tafakkur lingvistik muammo sifatida. Til tafakkur quroli va vositasi. Psixolingvistika.


Til va jamiyat.

Til va ijtimoiy tafakkur. Til va madaniyat. V. fon Gumbolьdt va lingvomadaniyatshunoslik. Sepir-Uorfning lingvistik nisbiylik nazariyasi. Tilning ijtimoiy tabaqalanishi. Sotsiolingvistika. Bilingvizm va diglossiya.


Tilning kelib chiqishi.

Tilning kelib chiqishi haqidagi farazlar. Kishilik jamiyati va til haqidagi nazariyalar.



Fonetika

Nutq tovushlari tilning tabiiy materiali sifatida. Nutq tovushlarining akustikasi va artikulyatsiyasi. Nutq tovushlarining tasnifi. Vokalizm va konsonantizm.Unli tovushlarning tasnifi. Nutqning fonetik bo’linishi: jumla (fraza), takt, bug’in, tovush. Enklitika va enkliza hodisasi. Proklitika va prokliza hodisasi. Bo’g’in va uning turlari. Intonatsiyaning vazifasi. Urg’u va uning turlari. Nutq tovushlarining o’zgarishi. Reduktsiya. Nutq tovushlarining pozitsion va kombinator o’zgarishlari. Fonema tushunchasi va uning tovushdan farqi.


Leksikologiya

So’z leksikologiyaning o’rganish ob’ekti sifatida. So’z va leksema. Leksik ma’no va uning turlari. Leksik ma’noning kengayishi va torayishi. So’zlarning ma’no munosabatiga ko’ra turlari. Ko’p ma’nolilik. Metafora. Metonimiya. Sinekdoxa. Omonimiya. Sinonimlar. Antonimlar. Tabu va evfemizmlar. Etimologiya va “xalq” etimologiyasi. So’z yasash. Terminologiya. Idiomalar. Frazeologiya. Tilning lug’at tarkibi. Leksikografiya.


Grammatika

Grammatika. Morfologiya. Morfema va uning turlari. Tilning grammatik usullari. Affiksatsiya. Agglyutinatsiya va fuziya. So’zning morfologik va etimologik tarkibi. Tovush almashishlari va ichki fleksiya. Takror (reduplikatsiya). So’z qo’shilishi. Gapda so’z tartibi. Urg’u ko’chirish. Yordamchi so’zlar. Ohang. Suppletivizm. Tillarning sintetik va analitik qurilishi. Grammatik kategoriyalar. So’z turkumlari. Sintaksis. Tilning sintaktik birliklari. Sodda gap tarkibida sintagmalar. Gap. Gap turlari. Gap bo’laklari. So’z birikmalari va ularning bog’lanish usullari. Gapning aktual bo’linishi.




Yozuv.

Yozuv haqida umumiy tushuncha. Yozuvning rivojlanish bosqichlari. Alfavit. Grafika. Orfografiya. Yozuvning maxsus turlari.


Tillarning o’zaro hamkorligi va rivojlanish qonuniyatlari.

Lisoniy tabaqalanish va qarindosh tillarning tashkil topishi. Elatlar tili. Milliy tillarning rivojlanishi. Tilning ichki va tashqi qonuniyatlari.


Adabiy tillar.

Adabiy til - til mavjudligining oliy ko’rinishi. Adabiy tillarning tipologik farqlanishi. Adabiy tilning milliy-tarixiy omillari.



Tillar tasnifi.

Tillarning genealogik tasnifi. Tillarning tipologik (morfologik) tasnifi. Lingvistik tipologiya.



Til – belgilar sistemasi.

Belgi va belgilar sistemasi tushunchasi. Semiotika. Tilda “sistema” va “struktura” tushunchalari. Belgilar sistemasining turlari.


Til sathlari va uning birliklari.

Til sathlari. Fonologik sath. Morfemik sath. So’z yasalishi. Leksik sath. Morfologik sath. Sintaktik sath. Gap.


Lingvistik tadqiqot metodlari.

Tasviriy metod. Qiyosiy-tarixiy metod. CHog’ishtirish metodi. Distributiv tahlil metodi. Bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi. Transformatsion tahlil metodi. Oppozitsiya metodi. Komponent tahlil metodi. Stilistik tahlil metodi. Statistik metod. Avtomatik tahlil metodi. Tipologik tahlil metodi.


Tilshunoslik tarixi.

Qadimgi Hind tilshunosligi. Qadimgi Gretsiya va Rim tilshunosligi. Platon. Arastu grammatikasi. Stoiklar ta’limoti (eramizdan oldingi III-I asrlar). Falsafiy va grammatik davrlar. Qadimgi Rim tilshunosligi. O’rta asrlarda Yevropa tilshunosligi (476-1492). Arab tilshunosligi. Yevropada uyg’onish davri tilshunosligi (XV-XVIII asrlar). Umumiy ratsional grammatika (Por-Royalь). Slavyan mamlakatlarida tilshunoslik. XIX asr rus tilshunosligi F.I. Buslaev, A.A. Potebnya. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik. Komparativistika davrlari. V. fon Gumbolьdtning tarixiy-falsafiy kontseptsiyasi. Til antinomiyalari. Til faoliyat sifatida. Til – xalq ruhi. Tillarning rivojlanish bosqichlari. “Yosh grammatikachilar” maktabi. Leyptsig to’garagi. Moskva maktabi. Qozon maktabi. F. de Sossyur lingvistik nazariyasi. Strukturalizm. Praga lingvistik maktabi. Daniya strukturalizmi (glossematika). Amerika struktaralizmi (deskriptiv lingvistika). SHo’ro davri tilshunosligi. Hozirgi zamon tilshunosligi. XX asr tilshunosligining yetakchi yo’nalishlari. Generativ tilshunoslik. Kognitiv tilshunoslik. Lingvistik falsafa. Pragmalingvistika. Matn lingvistikasi. Psixolingvistika. Etnolingvistika. Tipologik lingvistika. Lingvomadaniyatshunoslik. Kompyuter lingvistikasi. Ontolingvistika. Zoolingvistika. Biolingvistika. Mentalingvistika. Lingvopoetika. Matematik lingvistika. Kommunikativ tilshunoslik. Neyrolingvistika. Paralingvistika.


Tillar tasnifi

Dunyo tillari. Tillar tasnifi. Tillarning genealogik tasnifi. Tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metod. Tillarning tipologik (morfologik) tasnifi. Areal tasnif. Tillarning hududiy bo’linishi. Bilingvizm. Interferentsiya hodisasi. Funktsional tasnif. Xalqaro tillar.


Seminar mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar

  1. Tilshunoslik fani haqida muloqot yuritish. Nazariy va amaliy tilshunoslik muammolarini o’rganish.

  2. Tilshunoslikni zamonaviy yo’nalishlari bilan birgalikda lingvistika va boshqa fanlar sintezida dunyoga kelgan fanlarning vazifasini o’rganish.

  3. Verbal va noverbal muloqot vositalarini farqlash. Til mohiyati va vazifasini o’rganish. Til va nutq munosabatini izohlash.

  4. Til va tafakkur munosabatini tavsiflash. Psixolingvistika muammolarini yechimini topish.

  5. Tilning kelib chiqishi tarixi va gipotezalari haqida ma’lumot to’plash.

  6. Yozuv tarixi shajarasini tuzish. Yozuvning rivojlanish bosqichlarini jadval asosida o’rganish. Dunyo tillari alfavitining sistemasini tuzish. Grafik va orfografik qonun-qoidalar bilan tanishish. Yozuvning maxsus turlariga misollar keltirish.

  7. Lisoniy tabaqalanish muammolarining yechimini topish. Qarindosh tillarning tashkil topishini aniqlash metodlari bilan tanishish. Elat va millat tillari shajarasini yaratish. Tilning ichki va tashqi qonunlarini ajratib o’rganish.

  8. Adabiy til me’yorlari tartibini o’rganish. Adabiy tillarni tipologik farqlash xaritasini tuzish.

  9. Tillarning genealogik tasnifining ilk g’oyalari bilan tanishish. Dunyo tillarning genealogik shajarasini tahlil qilish. Morfologik tasnif asosida mashqlar bajarish. Tillarni hududiy va funktsional tipologiya asosida jadvalga joylashtirish.

  10. Tildagi belgilarini bir biriga qiyoslash. Semiotika fani vazifasini o’rganish. Belgilar sistemasi turlarini misollar orqali izohlash.

  11. Til sathlari o’rtasidagi munosabatni tahlil qilish. Bir sathga va turli sathga mansub bo’lgan birliklarga misollar keltirish. Til sathlaridagi “zidlanish” va “izomorfizmlar”ga oid mashqlar bajarish. Fonologik, morfemik, leksik, morfologik, sintaktik sath va birliklarni tahlil qilish. So’z yasalishi bo’yicha matndan misollar topish. Gap turlarini tahlil qilib, mashqlar bajarish.

  12. Tilshunoslik tarixi bosqichlari jadvalini yaratish. Tilshunoslik tarixi namoyandalari va ta’limotlari bilan tanishish. Tilshunoslik tarixidagi yo’nalish va maktablar faoliyatini tahlil qilish. Tilshunos olimlar lingvistik ta’limotlariga izoh bera olish.


Mustaqil ishlarni tashkil etishning
shakli va mazmuni

Talabaga mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

- darslik va o’quv qo’llanmalarning boblari va mavzularini o’rganish. Bunday ish natijalari seminar, kollokviumlarda hamda referatlar va individual berilgan topshiriqlar orqali tekshiriladi;

- tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruza qismlarini o’zlashtirish. Bunda o’qituvchi asosiy materialning bayon qilinishiga alohida ahamiyat berishi lozim bo’ladi. Bunday ish natijalari reyting nazoratining muvofiq bosqichlarida tekshiriladi;

- o’qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Bu usul ma’ruza mashg’ulotlari hamda seminar mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish jarayonida qo’llanishi mumkin;

- fanning boblari va mavzulari ustida ishlash. Bu maxsus va ilmiy adabiyot (monografiya, maqolalar), referatlar, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini bajarish chog’ida amalga oshiriladi. Uning natijalari ham reyting nazoratida aks etadi;

- til nazariyasi fanining qoidalarini mustahkamlash bo’yicha manbalarni o’rganish, ularni tahlil qilish. Bu ish barcha semestr davomida bajariladi va reyting tizimida baholanadi;

- fanlar bo’yicha adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish, qo’shimcha adabiyotlar ustida ishlash hamda ularni o’rganish. Bu ish ham barcha semestr davomida amalga oshiriladi va reyting tizimida baholanadi;

- talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’lik holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o’rganish;

- avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi, nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash. Bu ma’ruza mashg’ulotlari doirasida ham, seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik doirasida ham olib boriladi;

- masofaviy ta’lim yordamida talaba ma’ruza va seminar mashg’ulotlari uchun qo’shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlanadi, shuningdek, talaba tomonidan bajarilgan individual topshiriqlarni baholash amalga oshirilishi mumkin.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari.

1. Til aloqalari: bilingvizm va diglossiya.



  1. Til aloqalari: interferentsiya.

  2. Ingliz tili va Hind-Evropa oilasi.

  3. Lingvistik tadqiqot metodlari.

  4. Tilshunoslikda zamonaviy yo’nalishlar.

  5. Grammatikadagi tarixiy o’zgarishlar (ingliz, nemis, ispan, frantsuz, rus tillari).

  6. Fikr ifodalashning verbal va noverbal vositalari.

  7. Kommunikativ tilshunoslik. Matn va uning turlari.

  8. Yozuv taraqqiyoti bosqichlari.

  9. Dunyodagi alfavit turlari.

  10. Lingvistik tipologiya bo’yicha nazariyalar.

  11. So’z – lingvistik belgi sifatida.

  12. Til kontseptosferasini o’rganish.

14. Dunyo tillarida sintaksisning o’ziga xos xususiyatlari.

15. Aralash tillar: pijin va kreol tillar.

16. Til - eng muhim aloqa vositasi.

17. Sotsiolingvistika masalalari.

18. Tillarning hududiy bo’linishi. Areal tasnif.

19. Qiyosiy-tarixiy metod va tillarning genealogik tasnifi.

20. Turli tizimli tillarda so’z yasalishi.


Dasturning informatsion-metodik ta’minoti quyidagilardan
iborat:


Elektron ta’lim resurslari


  1. www. tdpii. uz

  2. www. pedagog. uz

  3. www. Ziyonet. uz

  4. www. edu. uz

  5. tdpu-INTRANET. Ped

  6. www. nutq. intal. ur

  7. www.susov.ru

  8. www.google.uz



Didaktik vositalar

Didaktik vositalar ro’yxati beriladi.

jihozlar va uskunalar, moslamalar: elektron doska-Hitachi,

LSD-monitor, elektron ko’rsatgich (ukazka).



video-audio uskunalar: video va audiomagnitofon, mikrofon, kolonkalar.

kompьyuter va mulьtimediali vositalar: kompьyuter; Dell tipidagi proektor, DVD-diskovod, Web-kamera, video-ko’z (glazok).

Foydalaniladigan darslik va o’quv qo’llanmalar ro’yxati:

Asosiy adabiyotlar:

  1. Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. T., 2009.

  2. Reformatskiy. A.A. Vvedenie v yazыkoznanie. M., 2006

  3. Nurmonov A., Iskandarova SH. Umumiy tilshunoslik. T., 2007.

  4. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. T., 2010.

  5. SHarafutdinova N.S. Teoriya i istoriya lingvisticheskoy nauki. M., 2007.

Qo’shimcha adabiyotlar:

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008.

2. Nurmonov A., Yo’ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. - T., 2001.

3. Hojiev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati. - T., 2002.



  1. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili. -Toshkent: Universitet, 2006.

  2. Susov I.P. Vvedenie v teoreticheskoe yazыkoznanie. Tverь, 1999.

  3. Yazыkoznanie. «Bolьshoy entsiklopedicheskiy slovarь» . M., 1998.


O‘ZBEKISTОN RESPUBLIKАSI

ОLIY VА O‘RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI

NIZОMIY NОMIDАGI

TОSHKENT DАVLАT PEDАGОGIKА UNIVERSITETI

Ro‘yхаtga olindi: “Tаsdiqlаymаn”

№____________ O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

“_____”________2015-yil ______________ D.U.Ergashev

“_____” ________ 2015-yil

TIL NAZARIYASI

FANINING


ISHCHI O‘QUV DАSTURI

Bilim sоhаsi: 100000 – Gumanitar soha

Tа’lim sоhаsi: 110000 – Pedagogika

Bakalavriat

yo`nаlishi: 5111400 – Xorijiy tillar va adabiyoti

(ingliz, nemis tillari va adabiyoti)





Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin