1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə4/20
tarix23.10.2017
ölçüsü1,44 Mb.
#11693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

Tayanch iboralar:


Bozor, talab, bozor iqtisodiyoti, tovar harakati, iqtisodiy faoliyat, tarmoq, savdo, doiraviy aylanish, ishlab chiqarish, iste’mol, tovar, infratuzilma, ishlab chiqarish infratuzilmasi, institutsional infratuzilma, ekologik infratuzilma, ijtimoiy infratuzilma, bozor infratuzilmasi.

Nazorat savollari:


1. Bozor xo‘jaligi ishtirokchilarini ta’riflang.

2. Korxona va firmalarning turlarini tavsiflang.

3. Davlat va uy xo‘jaligi o‘rtasidagi aloqalar qanday vujudga keladi.

4. Bozor infratuzilmasining bozor xo‘jaligidagi faoliyati nimadan iborat.



Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. -T: «O‘zbekiston», 2009

2. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. -T. «O‘zbekiston», 1995

3. Хodiyev B.Yu., Bekmurodov A.Sh., G‘ofurov U.V., To‘хliyev B.K. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. -T.: Iqtisodiyot, 2009

4. Nurmatov N.J. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimiz qishloq infratuzilmasining rivojlantirilishi. Toshkent, «Meriyus», 2010

5. Salimov B.T., O‘raqov N.I. Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi iqtisodiyoti. -T. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004

2-Mavzu: Bozor infratuzilmasining rivojlanishida davlatning roli.
Reja:

1. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari va iqtisodiyotga davlatning aralashuvi.

2. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari.

3. Bozor infratuzilmasini davlat tamonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi.

1. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari va iqtisodiyotga davlatning aralashuvi.
Bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos afzalliklari bilan bir qatorda uning ayrim kamchiliklari ham mavjud, jumladan:

- takror hosil qilib bo‘lmaydigan resurslardan samarali foydalanishga e’tibor berilmaydi;

- atrof-muhitni himoya qilishning iqtisodiy mexanizmlari mavjud emas;

- jamiyat ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni qo‘llabga-quvvatlamaydi;

- monopoliya paydo bo‘lishi muammosini hal qila olmaydi;

- fanda fundamental tadqiqotlarni ta’minlab bera olmaydi;

- ishsizlik va inflyatsiya muammolarini hal qila olmaydi;

- daromadlarning adolatli taqsimlanishini ta’minlab bera olmaydi;

- iqtisodiyot siklik rivojlanish tendensiyasiga ega;

Mana shu kamchiliklarni yumshatish uchun ham davlat iqtisodiyotni tartibga solib borishi kerak. Ayniqsa 2008-yilning ikkinchi yarmida boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi buni yana bir bor tasdiqladi. Davlat bozor mexanizmlarining ishlashi uchun sharoit yaratishi lozim. Bozor iqtisodiyotining asosi xususiy mulk bo‘lganligi uchun davlat, birinchi navbatda xususiy mulkning daxlsizligini ta’minlab berishi kerak. Xususiy mulk kafolatlanmasa bozor samarali ishlay olmaydi. Davlat mikro darajada bozor muvozanatiga soliqlar, kvotalar, dotatsiya, subsidiyalar bilan ta’sir qiladi.

Davlatning iqtisodiyotga mikrodarajada aralashuvi odatda zararga olib keladi. Ammo quyidagilar mikrodarajada davlatning iqtisodiyotga aralashuvini talab qiladi.:

a) ijtimoiy tovarlarni ishlab chiqarish zarurati;

b) vaqt o‘tishi bilan raqobat susayib monopoliyaga olib kelish xavfi;

Davlat asosan makromuammolarni hal qilishi zarur. Shuning uchun asosiy e’tiborni davlatning makroiqtisodiyotdagi roli va vazifalariga to‘xtalamiz.

Iqtisodiyotni tartibga solishda hukumatning uch tarmog‘i - qonun chiqaruvchi (Oliy Majlis), ijro etuvchi (Vazirlar Mahkamasi) va sud (konstitutsion sud, adliya tizimi) hokimiyatlari katta rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, monetar siyosatni yuritish va pul muomalasini tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ham o‘z o‘rni bor.

Jamiyat rivojlanishi bilan davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli va funksiyalari o‘zgarib boradi. O‘rta asrlarda siyosiy, diniy, harbiy vazifalar birinchi darajali ahamiyat kasb etgan. Sof raqobat sharoitida davlatning funksiyasi faqat xususiy mulk va bozor mexanizmining ishlashiga sharoit yaratishdan iborat bo‘lgan. Totalitar iqtisodiyotda esa davlatning jamiyatdagi o‘rni va roli tubdan o‘zgardi. Unda davlat butun iqtisodiyotni o‘z qo‘liga olishga harakat qiladi. U korxonaning ichki ishlariga nafaqat aralashadi, balki o‘z qo‘liga olib boshqaradi va nazorat qiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi o’rni tubdan o‘zgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning maqsadini uch so‘z bilan ifodalash mumkin: a) rag‘batlantirish; b) barqarorlashtirish; d) adolatni ta’minlash.

Shu maqsadga erishishda davlatning quyidagi funksiyalari kelib chiqadi:

a) qonun chiqarish. Bozor iqtisodiyoti bir maromda rivojlanishi uchun avvalo zarur bo’ladigan me’yoriy-huquqiy bazani yaratish zarur. Buning uchun zarur bo’lgan me’yoriy hujjatlar qabul qilinishi kerak. Mazkur me’yoriy hujjatlar davlatning tegishli organlari tomonidan qabul qilinadi va ularga amal qilinishi nazorat qilinadi.


  • b) raqobatni himoya qilish. Agar davlat raqobat sharoitini ta’minlab turmasa, uni himoya qilmasa, korxonalar monopol pozitsiyaga ega bo‘lishga intilib, monopoliyani vujudga keltiradi. Shuning uchun davlat raqobat sharoitini himoya qilishi kerak. Bundan tashqari, davlat tomonidan yuritiladigan antimonopol siyosat va uning asosi bo‘lgan antimonopol qonunchilik ham muhim ahamiyatga ega.

d) tovar va xizmatlarni sotib olish va sotish. Davlat mudofaa, maorif, fan va boshqa sohalar uchun tovar va xizmatlarni oldi-sotdi qiladi.

e) ishlab chiqarish. Hamma davlatlarda ishlab chiqarishning anchagina qismini (10 -12 % eng rivojlangan davlatlarda, qoloq davlatlarda esa ancha ko‘p) o‘z qo‘liga olgan. Masalan, oltin qazib chiqarish, uran, ayrim harbiy texnikalar, elektroenergiya va hokazolar davlat monopoliyasidadir.

f) ijtimoiy adolatni ta’minlash. Davlat jamiyatda bozor taqsimlagan daromadning anchagina qismini qayta taqsimlashni o‘z zimmasiga oladi. U har xil transfert to‘lovlarini (pensiya, stipendiya, nafaqa) to‘laydi. Shu yo‘l bilan kam daromad ko‘radiganlarni bozor stixiyasidan qisman himoya qiladi.

g) soliq solish. Davlat transfert to‘lovlariga mablag‘ topish uchun hamda o‘zining boshqa funksiyalarini bajarish uchun mablag‘ga ega bo‘lishi kerak. Bu mablag‘ni esa davlat aholi va korxonalarga har xil soliqlar solish orqali yig‘adi. Davlatning xarajatlari tez o‘sib bormoqda, buni esa asosan soliq bilan qoplashga to‘g‘ri keladi. Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida 1929 yilda davlat xarajatlarining YaMM dagi hissasi 3% tashkil etgan. 1985 yilda esa 25% ni tashkil etgan, ya’ni davlat xarajatlari YaMM ga nisbatan juda tez o‘smoqda.

h) iqtisodiyotni barqarorlashtirish. Bu avvalombor bozor iqtisodiyotining uchta kamchiligiga - ishsizlik, inflyatsiya, siklli rivojlanishga qarshi kurashishdir. Davlat o‘z vakolatlarini bajarib, soliqlar va davlat xarajatlari ustidan nazorat o‘rnatib, iqtisodiyotdagi pul hajmini nazorat qilib, iqtisodiy sikl tebranishlariga, ishsizlikning va inflyatsiyaning pasayishiga harakat qiladi.

i) iqtisodiyotni tartibga solish. Davlat hozirgi davrda o‘z mamlakati iqtisodiyotini jadal o‘sish, boshqa davlatlardan orqada qolib ketmasligi uchun, avvalombor, iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashi kerak. Texnika, texnologiya va fanda chuqur siljishlar sodir qilish, chuqur tarkibiy qayta qurishlar, fundamental ilmiy izlanishlarini rivojlantirish, mamlakatning milliy manfaatlarini jahon iqtisodiyotining salbiy ta’sirlaridan himoya qilishi kerak.

2. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari.

Davlatning iqtisodiyotni tartibga solib borish maqsadida uning faoliyatiga aralashishi ma’lum me’yorda bo’lishi lozim. Hozirgi vaqtda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot uchun «samarali davlat» kerak. Bu shunday davlatki, bozor iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga sharoit yaratib beradi, xalqning esa farovon yashashiga imkoniyat yaratib beradi.

Bozor iqtisodiyoti va fuqarolarning ixtiyoriy uyushmalari hal qila olmaydigan vazifalarga davlat o‘z e’tiborini qaratib, faoliyatini shunga yo‘naltirsa, davlat ishida yuqori samaradorlikka erishish mumkin.

Jahon bankining bosh iqtisodchisi vazifasida ishlagan Yozef E. Shtiglis aytganidek, davlat va bozor iqtisodiyoti bir-birini to‘ldiradi. Davlat bozor mexanizmlari ishlashi uchun institutsional asoslarini yaratish uchun zarur. Bozor qila oladigan ishni davlat qilishiga hojat yo‘q.

Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, davlat quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:


  • huquqiy asoslarni yaratish;

  • barqaror makroiqtisodiy vaziyatni saqlash uchun siyosat yurgizish;

  • infratuzilma va ijtimoiy xarakterdagi bazaviy xizmatlar uchun kapital mablag‘larni amalga oshirish ;

  • ijtimoiy jihatdan himoya qilinmagan jamiyat a’zolarini kompleks tarzda himoya qilish;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish.

Tajriba shuni ko‘rsatadiki, mulkchilik huquqi qattiq himoya qilinmaydigan sharoitda bozor samarali ishlay olmaydi. Buning uchun:

a) talon-taroj, zo‘ravonlik va boshqa jinoyatlardan kishilarni himoya qila bilish;

b) davlat apparatining o‘zboshimchaligidan himoya qilish (korrupsiya, nohaq soliq solish va hokazo);

d) adolatli va aniq ishlovchi sud tizimini ta’minlashdir.

Davlat monopolizmga qarshi kurashibgina qolmay, balki o‘zi ham monopolist bo‘lishi kerak emas. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, hatto davlat ham monopolist bo‘lsa, u taraqqiyotga oxir-oqibat to‘siq bo‘ladi.

Davlatning iqtisodiyotga ta’sir etish usullari:



  • huquqiy normalar (ularni joriy qilish, o‘zgartirish);

  • dasturlar ishlab chiqish (ilmiy, texnikaviy, ijtimoiy, ekologik va boshqalar);

  • informatsiya bilan ta’minlash;

  • iqtisodiy dastaklar orqali ta’sir etish (soliqlar, baholar, foiz stavkalari);

  • davlat xaridlari qilish;

  • limitlar, kvotalar, dotatsiya, subsidiyalar, investitsiyalar va boshqalar.

Har qanday iqtisodiy tizimda davlat iqtisodiyotni tartibga solishga intiladi, ammo xar bir tizimda va davrda buning uziga xos uslublari, mexanizmlari, obyektlari bor.

Bozor iqtisodiyotida davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish konunchilik, ijrochilik va nazorat kilish choralarining yigindisidan iborat bulib, bundan maksad sistemaning barkarorligini ta’minlash, shu bilan birga o‘zgarib borayotgan sharoitga moslashtirishdan iborat.

Xozirgi zamonda davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning asosiy obyektlari quyidagilardir:


  • iqtisodiy sikl;

  • xo‘jalikning sektorli, tarmoqli va mintaqaviy tarkibi;

  • kapitalni jamg‘arish sharoiti;

  • ish bilan ta’minlanganlik;

  • pul muomalasi;

  • to‘lov muvozanati;

  • ilmiy-tadqiqot ishlari;

  • baholar;

  • raqobat sharoiti;

  • ijtimoiy munosabatlar;

  • mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish;

  • tashqi iqtisodiy aloqalar.

Albatta har bir davrda va davlatda o‘ziga xos obyektlar bo‘lishi mumkin. Lekin, umuman olganda rivojlangan mamlakatlarda bu obyektlar soni kamayib bormoqda.

3. Bozor infratuzilmasini davlat tamonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi.


Davlat tomonidan tartibga solish vositalarini kuyidagi 4 guruxga ajratadilar:

a) ma’muriy.

b) iqtisodiy.

d) psixologik.

e) huquqiy.

Ma’muriy vositalar davlat kuchiga tayanib ruxsat berish, ta’kiklash, majbur qilish choralaridan iboratdir. Eng rivojlangan davlatlarda ham bu vositalar qo‘llaniladi. Masalan, Fransiyada hukumat Parij aglomeratsiyasida yangi yirik korxonalarni qurishni ta’qiqlab kuygan, ya’ni litsenziya umuman bermaydi. Bunday qilinishga Parijning haddan tashqari o‘sib ketganligi sabab bo‘lgan (shaharda 10 milliondan ortiq aholi yashaydi). 1970-yillarda Parij Fransiyaning qariyb uchdan bir qism sanoatini berar edi. Shahar ancha ifloslangan edi. Shuning uchun bu qaror qabul qilingan. Ma’muriy choralar ilg‘or davlatlarda kamdan - kam (odatda ekstremal) xolatda qo‘llaniladi. Masalan, Yaponiyada ikkinchi jahon urushidan keyin katta konsernlarni majburan maydalashtirish chorasi amalga oshirilgan.

Mamlakatda huquqiy normalarini belgilash va bozor subyektlarining faoliyat qilishlari uchun tartib - qoidalarni ishlab chiqish hukumatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Hozirgi zamonda iqtisodiyotni tartibga solishda psixologik vositalarning ham roli katta. Televideniye, matbuot, radio va boshka yullar bilan hukumat aholining psixologiyasiga, uning qaror qabul qilishiga, uni o‘zgartirishga va shu yo‘l bilan iqtisodiyotga ta’sir qilishga harakat qiladi.

Albatta iqtisodiyotga ta’sir qilishning asosiy vositasi - bu iqtisodiy vositalardir. Ularni quyida kengroq ko‘ramiz.

Davlatning iqtisodiy siyosati iqtisodiyotni tartibga solishga karatilgan bulishi kerak. Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish xilma - xil siyosat va ta’sir shakllaridan foydalanadi: davlat tadbirkorligi, davlat xaridlari, soliq siyosati, moliya siyosati, pul-kredit siyosati, investitsiya siyosati, struktura siyosati, antimonopol siyosat, ilmiy-texnik siyosat, programmalashtirish, baho belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish.

Davlat tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun davlat o‘z mulki va korxonalariga ega. Odatda davlat mulki (o‘rmonlar, yer, suv, qo‘riqxonalar, tarixiy obidalar) milliy ahamiyatiga ega bo‘lib, oldi-sotdi obyekti bo‘lmaydi.

Davlat qo‘lida mamlakat uchun juda muhim ahamiyat kasb etuvchi iqtisodiy obyektlar (aloqa, enegetika, transport va hokazo tarmoqlar) yoki tadbirkorlar investitsiya ajratishni va shu sohada faoliyat yuritishni xohlamaydigan sohalar (gidrotexnika inshootlarini qurish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, shahar kanalizatsiyasi va hokazo) yoki juda ko‘p fan xarajatlarini talab qiladigan sohalar bo‘lishi mumkin.

Davlat sektorini rivojlantirish davlatning iqtisodiyotni tartibga solish, shu jumladan, xususiy sektorga ta’sir qilishning muhim vositasidir. Davlat sektori tarkibiy siyosatini olib borishda ham katta rol o‘ynaydi. Davlat mulki davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga yoki natsionalizatsiya hisobiga o‘sadi.

Davlat xarid qilish orqali ham iqtisodiyotga juda kuchli ta’sir qiladi: u xususiy sektor uchun ish ko‘lamini kengaytiradi. Davlat xaridlari rivojlangan mamlakatlarda, avvalombor, milliy armiyani qo‘llab-quvvatlash uchun kerak. Bundan tashqari, fermerlarni qo‘llash uchun qishloq xo‘jaligi tovarlarini davlat tomonidan xarid qilish ham keng tarqalgan. Ammo davlat mulki va davlat xaridi tizimi rivojlangan mamlakatlarda qisqarib bormoqda. Davlatning kuchli bo‘lishi uchun o‘zida katta mulkni olishi shart emas. Masalan, Shvetsiyada davlat qo‘lida ishlab chiqarish fondlarining 5 foizi mujassamlashgan, ammo u o’z kanallari orqali milliy daromadning 80 foizini qayta taqsimlaydi, shuning teng yarmi (40 foizi) ijtimoiy maqsadlarga sarflanadi.

Byudjet-soliq siyosati ham tartibga solishning juda kuchli quroli, u siyosat daromadlar siyosati, xarajatlar siyosati va tarkibiy siyosatlar bilan chambarchas bog‘langan.

Tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish - bu eksportni, importni, kapital oqimini, ish kuchi migratsiyasini, texnologiya oqimini, valyuta munosabatlarini o‘z ichiga oladi.

Davlat iqtisodiyotni tartibga solishda solikning aksincha yunalishdagi (davlatdan korxonaga) xarakati bulgan dotatsiya va subsidiyalar xam iqtisodiyotni tartibga solishning kurollaridir. Ammo buni juda ehtiyotkorlik bilan ishlatgan ma’qul. Chunki u boqimandalik kayfiyatini rivojlantiradi. Sobiq ittifoq tajribasi buni yaqqol ko‘rsatib berdi. O‘n yilliklar davomida berilgan dotatsiyalar korxonalarning raqobatbardoshligini pasaytirib yubordi, mahsulot sifatini tushirib yubordi, texnika va texnologiyani esa konservatsiya qilib tashladi.

Iqtisodiyotga davlat tomonidan ta’sir etishning kiska muddatli usullaridan tashkari uzok muddatga muljallangan tartibga solish usullari xam ishlatiladi. Bunda struktura, ilmiy - texnikaviy siyosat olib boriladi. Bu siyosatlar ilmiy texnika tarakkieti talablariga javob beradigan infrastrukturani yaratish, kolok regionlarni rivojlantirish, samaradorlikni oshirish, milliy kapitalning raqobatbardoshligi oshirish, ITR talabiga javob beradigan kadrlarni tayyorlash kabi vazifalarga qaratiladi. Bu avvalo rejalashtirishdir. Bunda tarixga qisqacha to‘xtalsak, u uch bosqichdan iborat:

a) direktiv rejalashtirish (Sobiq ittifoqda 1928-1990 yil, Fransiya 1945-1956 yil). Bunda reja majburiy bo‘lib, asosan ishlab chiqarish hajmiga taalluqli bo‘lgan.

b) indikativ rejalashtirish, bunda reja tavsiya xarakteriga ega bo‘lib, ya’ni ixtiyoriy bo‘ladi. Shu bilan davlat va xususiy korxonalar o‘z pozitsiyalarini koordinatsiya qilganlar (bu ayrim davlatlarda hozir ham bor, ammo asosan 80 yillargacha bo‘lgan).

d) hozirgi bosqich, strategik rejalashtirish yoki programmalashtirishdir. Bunda reja oriyentir xarakterga ega. Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotining ochiqlik darajasi juda yuqori, shuning uchun davlatning manyovr qilish imkoniyati chegaralangan.

Programmalashtirish davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning eng oliy shaklidir. Uning vazifasi davlat tomonidan tartibga solishning butun elementlarini global maqsadlar uchun kompleks ishlatishdan iborat.

Masalan, Fransiyada 1993-1997 yillar uchun ishlab chikarilgan programmada asosiy maksadlar - maorif, ilmiy tadkikotlar, axolining ijtimoiy ximoyalash, mamlakat hududini obodonlashtirish va ma’muriy xizmatlarni yangilash. Hamma narsa birinchi navbatda shunga bo‘ysundirilgan.

Biror sohani rivojlantirish uchun qabul qilinadigan dasturlar muddati nuqtai nazaridan qisqa muddatli (1 yilgacha), o‘rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatali dasturlarga bo‘linadi. Dasturlar obyekti tarmoq (masalan, qishloq xo‘jaligi, turizm), mintaqa (masalan, Alyaskani rivojlantirish dasturi), ijtimoiy soha (masalan, Yaponiyadagi oliy ta’limni rivojlantrish dasturi), ilmiy tadqiqot yo‘nalishi (masalan, yadroenergetika) bo‘lishi mumkin.

Davlat tomonidan tartibga solishning chegarasi bor, u xususiy mulk egasining mafaatiga mos tushsa, bu faoliyat samara beradi.



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin