1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə8/20
tarix23.10.2017
ölçüsü1,44 Mb.
#11693
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. -T: «O‘zbekiston», 2009

2. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. -T. «O‘zbekiston», 1995

3. Хodiyev B.Yu., Bekmurodov A.Sh., G‘ofurov U.V., To‘хliyev B.K. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. -T.: Iqtisodiyot, 2009

4. Nurmatov N.J. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimiz qishloq infratuzilmasining rivojlantirilishi. Toshkent, «Meriyus», 2010

5. Salimov B.T., O‘raqov N.I. Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi iqtisodiyoti. -T. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004

6-Mavzu: Bank tizimi - bozor infratuzilmasining tarkibiy qismi sifatida.

Reja:


1. Bank tizimi va uning asosiy vazifalari.

2. Bank turlari va ular tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar.

3. Mamlakatimizda bank tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar.

1. Bank tizimi va uning asosiy vazifalari.
Kredit, ya’ni pul qarz berish ikki usulda yuz berishi mumkin: birinchi usul bevosita bo‘lib, bunda qarz beruvchi to’g’ridan-to’g’ri qarz oluvchiga ma’lum miqdordagi mablag’ni qarzga beradi. Bundan tashqari, mahsulotni nasiyaga sotish ham mazmunan qarzga berishning bir ko’rinishidir. Nasiyaga sotish ham ma’lum muhlat va haq to‘lash asosida yuz beradi, ya’ni tovar bahosiga ustama qo‘yilib, tovar nasiyaga sotiladi. Rivojlangan mamlakatlarda tovar va xizmatlarga to‘yingan bozor sharoitida avtomobil, turar joy, yaxta, video va boshqa shu kabilar keng miqyosda kreditga sotiladi, ya’ni bo‘lajak daromad hisobiga sotilib, tovar haqi bo‘lib-bo‘lib foiz bilan to‘lanadi.

Ikkinchi usul bilvosita bo‘lib, qarz berish vositachilar orqali, ya’ni uchinchi subyekt ishtirokida amalga oshadi. Bunda alohida kredit muassasalari, banklar orqali qarz berish jarayoni amalga oshadi.

Pul munosabatlarining rivojlanishi banklarning paydo bo’lishiga olib kelgan. Bank iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining pul yuzasidan bo‘ladigan aloqalariga xizmat qiluvchi institut (muassasa)dir. Pul bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlar ko‘p, ammo ularning markazida banklar turadi. O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» gi qonunida, bankka quyidagicha ta’rif berilgan:

Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir.

Banklar juda qadimiy muassasa bo’lib, hatto u qadimiy Bobilda ham mavjud bo‘lgan. Bank paydo bo‘lishiga oltinni ishonchli joyda saqlashga bo’lgan ehtiyoj turtki bo‘lgan. Dastlab zargarlar bankirlik faoliyati bilan shug’ullanganlar.

Banklar kredit munosabatidagi ikki tomonni bir-biriga bog‘laydi, ular o‘rtasidagi zarur aloqalarni amalga oshiradi. Bo‘sh pul egalari va pulga ehtiyoji bo’lganlar bank orqali o‘z muammolarini hal qiladilar. Amalda bank faoliyati tufayli bundagi subyektlar bankka pul qo‘yuvchi va qarz oluvchilarga aylanadilar. Bank pul qo‘yuvchilarga foiz to‘lasa, pul oluvchilardan foiz oladi. Bu foizlar o‘rtasidagi farq bank daromadini shakllantiradi.

Banklar moliyaviy resurslarni saqlovchi va kredit beruvchi bosh bo‘g‘indir. Davlat emissiyasi ham bank orqali amalga oshadi. Umuman, banklarning kredit, moliyalashtirish sohasidagi faoliyati juda keng bo‘lib, bozor iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishi ko‘p jihatdan banklar faoliyatining keng ko‘lamliligi hamda banklar tizimining rivojiga bog‘liqdir.

Banklar faoliyatidagi eng muhim tomonlardan yana biri shuki, ular o‘z mijozlari o‘rtasidagi pul muomalalari, o‘zaro to‘lovlar va boshqa shunga o‘xshash xizmatlarni ham bajaradi. Ma’lumki, iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda to‘lovlar asosiy o‘rin egallab, tovarlar harakati, ularning bir egalikdan ikkinchisiga o‘tishida, ya’ni takror ishlab chiqarish jarayoni ishlab chiqarish va tovar-pul muomalasining to‘xtovsiz harakatini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Chunki, to‘lovlardagi uzilish tovar harakatining to‘xtab qolishiga, iqtisodiy aloqalarning buzilishiga olib keladi. Qulay to‘lov usullarini qo‘llash, mijozlar o‘rtasidagi ishonchni kuchaytirish ko‘p jihatdan banklar ish faoliyatiga bog‘liqdir. Banklar pul oqimini harakatga keltiruvchi vosita bo‘lib, pul bilan bo‘ladigan hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Deyarli hamma pul to‘lovlari (transferlar) banklar orqali o‘tadi.

Banklar quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

- pul va qimmatli buyumlarni omonatga olib, saqlab beradi;

- pul bilan bo‘ladigan hisob-kitob opretsiyalarini bajaradi;

- o‘z ixtiyoridagi pulni kredit tamoyillari (muddatlilik, ta’minlanganlik, to’lovlilik, qaytarishlik, maqsadlilik) asosida unga ehtiyoji bor bo’lganlarga qarzga beradi, ya’ni, kredit berish bilan shug‘ullanadi;

- o‘z puliga aksiya sotib olib, uni boshqa sohaga joylashtiradi;

- biznes yuzasidan maslahat beradi va hokazo.

Moliya va kredit operatsiyalarining asosiy qismini qamrab oladigan kredit tizimining hal qiluvchi bo‘g‘ini bank tizimidir. Banklar juda qadimiy va ancha keng tarqalgan kredit muassasalari guruhi bo‘lib, ular kredit-moliya xizmatlarining aksariyatini bajaradi hamda mohiyatiga ko‘ra, keng sohali muassasa hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda dunyoda zamonaviy bank tizimi murakkablashib, yiriklashib bormoqda. Unda banklar faoliyatiga xos klassik xususiyatlar boshqa moliya muassasalarining xususiyatlari bilan qo‘shilib ketmoqda.

Banklarning rivoji butun dunyoda davom etayotgan iqtisodiy integratsiya tamoyilini aks ettiradi. Bu jarayonning bank ishida namoyon bo‘lishi natijalarini rivojlangan mamlakatlar misolida o‘rganish orqali o‘z bank tizimini endigina vujudga keltirayotgan mamlakatlar xatolarga yo‘l qo‘ymay, bundan keyingi taraqqiyot konsepsiyasini oqilona amalga oshirishlari mumkin.

Banklarning bozor iqtisodiyotida tutgan o‘rni juda katta, shu sababli ularning faoliyati doimiy ravishda hukumat e’tiborida bo‘ladi.



2. Bank turlari va ular tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar.
Kredit muassasalarining bo‘ysinishiga qarab bank qonunchiligi hamda kredit tizimining pastdan yuqoriga tomon tarkibiy tuzilishiga muvofiq tarzda bank tizimini ikkita turga ajratish mumkin: bir bosqichli va ikki bosqichli bank tizimi.

Bir bosqichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari, jumladan, Markaziy bank ham, yagona bosqichda turadi hamda mijozlarga kredit, hisob-kitob xizmatlarini ko‘rsatishda ishtirok etadi.

Ikki bosqichli bank tizimida banklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar vertikal va gorizontal yo‘nalishdagi tuzilishiga asoslanadi. Vertikal - rahbarlik qiluvchi, boshqaruvchi markaz hisoblangan Markaziy bank bilan quyi bo‘g‘inlar - tijorat va ixtisoslashgan banklar o‘rtasidagi bo‘ysunish munosabatlari, gorizontal- quyi bo‘g‘indagi turli banklar o‘rtasidagi teng huquqli sheriklik munosabatlari tushiniladi.

O‘zbekistondagi bank tizimi ikki pog’onali bo’lib, uning yuqori pog’onasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, quyi pog’onasi esa davlat aksiyadorlik-tijorat banklari, aksiyadorlik-tijorat banklari, xorijiy kapital ishtirokidagi banklar va xususiy banklardan iboratdir.

Markaziy bank mamlakatning emissiya banki bo‘lib, u davlatga tegishli bo‘ladi va butun bank tizimini va mamlakatda pul muomalasini nazorat qiladi. U banklar banki hisoblanadi.

Markaziy bankning monopollik mavqei uning mamlakatdagi pul va pirovard natijada iqtisodiy barqarorlik uchun alohida javobgar ekanligi bilan chambarchas bog‘liq. Bundan tashqari, Markaziy bank ayni paytda boshqa, jumladan, banklarning banki, davlat banki, milliy oltin-valyuta zahiralarini boshqaruvchilik vazifalarini ham bajaradi. Markaziy bank o‘zining butun faoliyatini zimmasida turgan vazifalarni sifatli va samarali ado etadigan darajada uyushtiradi. Umumiy pul xo‘jalik aylanmasida Markaziy bankning monopollik mavqei unga pul muomalasini nazoratida saqlab turishga imkon beradi, pul miqdori nazoratsiz ko‘paymasa, uning xarid qobiliyati ham pasayib ketmaydi.

Bundan tashqari, tijorat banklari Markaziy bankda o‘z qisqa muddatli va o‘rta muddatli majburiyatlaridan muayyan foiz hajmida eng kam zahira deb yuritiladigan foizsiz omonatlarni saqlashga majbur.

Markaziy bank naqdsiz to‘lov aylanmasini texnik tarzda bajarish uchun sof bank xizmatlarini taqdim etadi. Banklar bu xizmatlardan iqtisodiyotning turli subyektlari o‘rtasida to‘lov aylanmasini yo‘lga qo‘yish uchun foydalanadi.

Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda o‘zining mintaqaviy bo‘linmalari orqali kredit muasasalaridan majburiy ravishda axborot, oylik hisobot va yillik yakuniy balans ma’lumotlarini taqdim etish asosida qatnashadi.

Mamlakatimizda ayrim strategik ahamiyatga ega bo’lgan sohalarga tegishli banklar davlat tasarrufida qoldirilgan bo’lib, ular davlatning shu sohadagi islohotlarini amalga oshirishda xizmat qiluvchi moliyaviy muassasa hisoblanadilar. Bularga davlat aksiyadorlik-tijorat banklari bo’lgan Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Xalq banki va Asaka banklar kiradi. Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki mamlakatimizda chet mamlakatlar bilan bo’ladigan iqtisodiy aloqalar jarayoniga, xususat eksport va import operatsiyalariga xizmat ko’rsatsa, xalq banki esa bozor munosabatlari sharoitida aholini ijtimoiy tomondan qo’llab-quvvatlash jarayoniga xizmat qiladi. Xalq banki fuqarolar bilan aloqada bo‘lib, omonatchilar bilan ish olib boradi, aholiga pul qarz berish va ularning bo’sh pul mablag’larini omonatga jalb qilish ishlarini bajaradi.

Faoliyat yo’nalishiga ko’ra tijorat banklari universal yoki ixtisoslashgan banklarga bo‘linadi. Tijorat banklari juda ko‘p turdagi xizmatlarni ko‘rsatadi va xizmat turlari hozirgi vaqtda kengayib bormoqda.

Shu bilan birga, xususiy banklar miqdoriy jihatdan kam sonli bo‘lib, ular bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy, kredit vazifalarini bajarib, tovar-pul muomalasi rivojiga ta’sir ko‘rsatadilar.

2010-yilda respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari soni 31 taga yetdi. Shundan 3 tasi davlat aksiyadorlik-tijorat banki, 13 tasi aksiyadorlik-tijorat banki, 10 tasi хususiy bank va 5 tasi хorijiy kapital ishtirokidagi banklar hisoblanadi (6.1-rasm).
Faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari soni va tarkibi

6.1-rasm
Respublikamizning turli hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari filiallari va bo‘linmalari soni 800 tani tashkil etdi.

Aholiga bank хizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan tashkil etilgan minibanklar soni 2008-yilda 107 taga ko‘payib 2161 taga yetdi va ular deyarli barcha turdagi bank хizmatlarini ko‘rsatib kelmoqdalar.

Pul harakati va pul mablag‘lari bilan bog‘liq bo‘lgan bozor iqtisodiyotidagi muhim voqeliklardan yana biri kreditdir. Moliya va kreditning umumiyligi shundaki, ikkovi ham pul mablag‘lari bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlardan iborat. Lekin ular o‘rtasida muhim farq ham mavjud. Ya’ni moliya xo‘jalik egalarining pullari bilan bo‘lgan munosabatlarni o‘z ichiga olsa, kredit qarz pullar harakati va ularga bog‘liq munosabatlarni bildiradi. Moliyada pulni ishlatish erkin va xarajatsiz amalga oshsa, kreditda bu xaq to‘lash tufayli va muhlati kelganda qaytarib berish sharti bilan ishlatish huquqiga ega bo‘linadi.

Kredit pullarning harakati, aylanishda bo‘lishi bo‘sh, vaqtincha ishlatilmay erkin holdagi pullar mavjudligidan kelib chiqadi. Pul egalari ixtiyorida vaqtincha bo‘sh turgan pullarni foiz bilan qaytarish sharti asosida ma’lum vaqt ichida ishlatish uchun olinadi. Ko‘rinib turibdiki, kredit qarz beruvchi pul egasi bilan qarz oluvchi tadbirkor yoki iste’molchi o‘rtasida bo‘ladigan aloqadan kelib chiqadi. Kreditning umumiy subyektlari qarz beruvchi puldor va qarzdor tadbirkordir. Bu yerda shuni ilova qilish o‘rinliki, kredit shaxsiy iste’mol yoki kapital sifatida foydalanilishi mumkin. Biz asosan ikkinchisi, ya’ni kapital ustida so‘z yuritamiz.

Shunday qilib, har qanday pul kredit obyekti bo‘lavermaydi, faqat hozircha ishlatilmayotgan va vaqtincha egasi qo‘lida bo‘sh turgan pul, qarzga berilishi mumkin bo‘lgan pul kredit obyekti bo‘lib hisoblanadi. Bunday pul egalari aholi, korxona va firmalar, shuningdek, davlat bo‘lishi mumkin, ayni vaqtda qarz oluvchilar ham ayni shulardir.

Kreditning o‘zi takror ishlab chiqarish jarayonidan kelib chiqadiki, ayni vaqtda pulga muhtojlar ham ko‘p bo‘ladi va shuningdek, puli vaqtincha bo‘sh bo‘lgan pul egalari ham ko‘p bo‘ladi. Masalan, ishlab chiqarish, tovarlar sotilishi vaqtida pullar bo‘sh bo‘lsa, tovarlar sotib olish, ya’ni xomashyo, materiallar, energiya sotib olishda, ish xaqi to‘lash vaqtida pullar ko‘p kerak bo‘ladi. Iqtisodiy aylanma jarayonida bir vaqtda bo‘sh pulni ishlatishni istovchi va pulga muhtoj va uni axtaruvchilar mavjuddir. Bunday muammolar kredit orqali hal qilinadi. Aytaylik, amortizatsiya ajratmalari, investitsiyaga atalgan pullarning xomashyo va materiallar pulining yig‘ilib borishi, ish xaqining ma’lum vaqtdagina to‘lanishi tufayli yig‘ilib borishi kabilar bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liqdir. Bulardan tashqari aholini ijtimoiy himoyalashga ajratiladigan pullar ham ma’lum vaqt ichida jamg‘arilib, so‘ngra ishlatiladi. Aholi iste’molida ham shunday holatlar bo‘ladi va ma’lum qism daromad jamg‘arilib boriladi. Davlat moliyasida ham pul yig‘ilishi va vaqti-soati kelganda sarf etilishi tabiiydir. Bular qarz berish uchun, ya’ni kredit uchun manbalar bo‘lib hisoblanadiki, ular ayni vaqtda qarz fondlarini shakllantirib boradi.

Demak, iqtisodiy hayotning o‘zi, pul resurslarining harakati, pullarning ishlatilishidagi davriylik kabilar kreditga asos solib, uni bo‘sh pullar bilan ta’minlab turadi. Albatta bu kreditning bir tomoni, ya’ni kredit bozoridagi taklifning shakllanish jarayonidir. Ma’lumki, shu bilan birga talab zarur. Pul mavjud ekan, u doimo aylanib, harakatda bo‘lar ekan, demak, unga doimo muhtojlik mavjud bo‘ladi. U pulga bo‘lgan talabni yuzaga keltiradi.



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin