14-Ma’ruza. Tilshunoslik tarixi (2-soat) Reja: Yevropada uyg’onish davridagi tilshunoslik


Yosh grammatiklar maktabi qarashlari



Yüklə 348,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix06.01.2022
ölçüsü348,69 Kb.
#113703
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
14 ma'ruza

Yosh grammatiklar maktabi qarashlari 

XIX  asrning  oxirgi  choragida  qiyosiy-tarixiy  tilshunoslikda  bir  guruh  yosh 

tilshunoslarning  ―Yosh  grammatiklar‖  deb  atalgan  yangi  bir  oqimi  paydo  bo‘ldi 

va  ular  keksa  avlod  tilshunoslarini  tanqid  qila  boshladilar.  Ular  klassik  va  bobo 

tillarni  o‘rganishni  tanqid  qilib,  ya‘ni  til  tarixini  tan  olmasdan,  jonli  tillarni 

o‘rganishga chaqirdilar. A.Leskin (1840-1915), K.Brugman (1849-1919), G.Ostgof 

(18421907),  G.  Paul  (1846-1921),  B.Delbryuk  (1842-1912)  kabi  Leypsig 

universiteti  olimlari,  shuningdek,  F.  de  Sossyur  (1857-1913),  F.F.Fortunatov 

(1848-1914),  V.Tomson  (18421927)  singari  mashhur  tilshunoslar  ham  yosh 

grammatiklarga  biroz  yondashganlar.  Yosh  grammatiklar  fikricha,  til  individual 

psixofiziologik  faoliyat,  tildagi  barcha  o‘zgarishlar  ayrim  shaxslarning  kundalik 

nutq faoliyatida vujudga keladi.  

Yosh  grammatikachilar  tilning  ikki  xil  faoliyati  borligini  uqtirar  edilar.  Bulardan 

biri  tilning  yakka  (individual)  faoliyati  bo‘lib,  u  tilda  paydo  bo‘ladigan  yangi 

hodisalarning  analogiyaga  asoslanishidan  iboratdir.  Analogiya  (o‘xshashlik)  esa 

assotsiatsiya  (uyushma)  orqali  yuz  beradigan  psixik  hodisalardan  kelib  chiqadi. 

Tilning  ikkinchi  tomoni  -  bu  tilning  fiziologik  faoliyati  va  uni  tildagi  fonetik 

o‘zgarishlarda ko‘rinishidir. Shuning uchun  yosh grammatikachilar tilshunoslikda 

yangi fonetik qonunlarni kashf qilish va tasvirlashga katta e‘tibor berganlar. Yosh 

grammatikachilar  til  hodisalarini  chuqur  va  mukammal  o‘rganish  uchun  tildagi 

ayrim  hodisalarni  boshqa  jarayonlardan  ajralgan  holda  o‘rganishni  tavsiya 

qilganlar.  Shuning  uchun  ham  ularning  ta‘limotida  ―atomizm‖  degan  atama 

ishlatilgan.  

Yosh  grammatikachilar  hind-yevropa  tillari  sohasida,  ayniqsa,  fonetika  sohasida 

katta kashfiyotlar qilishdi. Ular aniq tillarning tarixiy fonetikasi va grammatikasida 

hamda  dialektologik  tadqiqotlarda  o‘z  ta‘sirini  ko‘rsatib  kelgan.  Yosh 

grammatikachilarning  fikricha,  Hind-Yevropa  tillarining  naturalistik  va  mantiqiy 

tadqiqida  juda  ko‘p  tillararo  hodisalar  o‘rganilgan,  ammo  so‘zlovchiga  -  inson 

omiliga e‘tibor kam berilgan. Yosh grammatiklar to‘garagi faoliyati orqali qiyosiy-

tarixiy  tahlil  metodlari,  funksional-semantik  grammatikaning  muammolari 

o‘rganildi.  Tilni  nafaqat  individual  psixologik,  balki,  madaniy-tarixiy  jarayon 

ekanligiga aniqlik kiritildi.  

  


Yüklə 348,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin