Monitorning ishini maxsus plata boshqarib, uni videoadapter yoki videokarta deb ataydilar.
Birinchi kompyuterlarda videokarta bo`lmagan. Tezkor xotirada
ekran uchun xotiradan joy
ajratilib, unga protsessor tasvir haqida ma’lumot kiritgan. Monoxrom monitorlardan rangli
monitorga o`tgandan va ekran imkoniyatlari ortgandan so`ng, grafik ma’lumotlarga
videoxotiradan
joy yetmay qoldi, protsessor esa tasvirlarni qayta ishlashga ulgirmadi. Ekranni
boshqarishga taaluqli barcha operatsiyalar alohida bir blokka o`tkazildi – bu videoadapterdir.
Videoadapter alohida plat ko`rinishida bo`lib, sistema plataning ma’lum
bir slotiga
o`rnatiladi (hozirgi zamon ShK bu AGP slotidir). Videoadapter videokontrollyor, videoprotsessor
va videoxotira funktsiyalarini bajaradi.
ShK lar paydo bo`lgandan boshlab videoadapterlar o`zgarib bordi:
MDA (Monochrom Display Adapter) – monoxrom,
CGA (Color Graphics Adapter) – 4
xil rangli,
EGA (Enchanced Graphics Adapter) – 16 xil rangli,
VGA (Video Graphics Array) – 256 xil rangli,
SVGA (Super VGA) – 16,7 mln. xil ranggacha.
Hozirgi kunda IBM PC kompyuterlari asosan SVGA monitorlari bilan, NOTEBOOK lar esa
suyuqkristalli monitorlar bilan ta’minlangan.
Dostları ilə paylaş: