3-Mavzu: Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalari reja



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/28
tarix19.04.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#125587
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
3-Mavzu Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning t

Matritsali printerlar 
 Yaqin kunlargacha, bu printerlar - eng keng tarqalgan printerlar turi hisoblanar edi. Uning asosiy 
ustunligi arzon va unversalligi hisoblanadi, ya’ni ixtiyoriy turdagi qog`ozga ma’lumotlarni chop 
qilish xususiyatiga ega. 
Ishlash qoidasi. Bu printerlarning ishlash qoidasi quyidagicha: printerning yozish 
boshchasida vertikal tartibda ignalar joylashgan. Boshcha yozuv satri bo`ylab harakatlanadi va 
ignalar kerakli daqiqada bo`yalgan lenta orqali qog`ozga uriladi va natijada qog`ozda nuqtalardan 
iborat bo`lgan belgi yoki tasvir paydo bo`ladi. Yozish boshchasidagi ignalar elektromagnit 
yordamida boshqariladi. Printer xotirasida har bir simvol, harflar va h.k.larning kodlari saqlanadi. 
Bu kodlar ma’lum bir simvolni yozishda qaysi ignalar va qaysi vaqtda ishga tushirilishini 
aniqlaydi. 
Ignalar soniga qarab bu printerlar bir – necha turga bo`linadi: 9 ignali, 24 ignali, 48 ignali.
⚫ 
9 ignali printerlarda yozuv sifati pastroq. Sifatini oshirish uchun yozishni 2 yoki 4 yurishda 
bajarish kerak. 
⚫ 
24 ignali printer sifatli va tezroq ishlaydi. Yozish boshchasida ignalar ikki qatordan iborat
bo`lib, har birida 12 ta igna joylashgan. 
⚫ 
48 ignalisi yozuvni juda sifatli chiqaradi. 
Ignali printerlar tezligi bir bet uchun 10 sekundan 60 sekundgacha vaqt sarflaydi. Bu 
printerlar hujjatni bir nech nusxada ham chiqarish imkoniyatiga ega. Buning uchun varaqlar 
orasiga nusxalash uchun mo`ljallangan yupqa qog`oz qo`yiladi. Matritsali printerlar chop qilishda 
qog`oz tanlamaydi. Chop qilishda ixtiyoriy qog`oz turidan foydalanish mumkin. 
Matritsali printerlarning xarakteristikasi
 Chop qilish tezligi. Bir sekunda chop etishi mumkin bo`lgan belgilar soni bilan o`lchanadi. 
O`lchov birligi cps (character per second – bir sekunda simvol soni).
Xotira hajmi. Matritsali printerlar ichki xotira bilan ta’minlangan bo`lib, kompyuterdan 
kelayotgan ma’lumotni qabul qiladi. Arzon turdagi matritsali printerlarning xotirasi 4 – 6 
Kbaytdan iboratdir. Qimmatroqlarniki esa 200 Kbaytdan ko`proqdir. Xotira qancha katta bo`lsa, 
chop qilishga yuborilgan ma’lum miqdordagi ma’lumotlarni chop qilishda printer shuncha kam 
kompyuterga murojaat qiladi va bu markaziy protsessorning boshqa vazifalarni bajarish imkonini 
beradi. 
Tasvirlash qobilyati. Bir dyuumdagi chop qilinadigan nuqtalar soni bilan aniqlanadi. O`lchov 
birligi dpi (dot per inch – bir dyuumdagi nuqtalar). Bu ko`rsatkich grafik tasvirlarni chop qilishda 
muhim rol o`ynaydi. 


 ShriftlarBarcha printerlarning xotirasida juda ko`p shriftlar saqlanadi. Lekin, True Type turiga 
kiruvchi ixtiyoriy shrift yordamida chop qilish mumkin. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin