5. Mavzu. «O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish» Mashg’ulot hajmi soat



Yüklə 32,64 Kb.
səhifə5/11
tarix25.01.2023
ölçüsü32,64 Kb.
#122563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-Mavzu «O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish»

Tog‘-kimyo xomashyo resurslari. Mamlakatimiz hududida kaliy, osh tuzi va fosforitning katta zaxiralari aniqlangan. Magniy va natriyning sulfat tuzlari esa kam uchraydi. Xo‘jaikon, Boybachakon, Lalmikon, Oqbin va boshqa, jami 8 ta tuz konlari mavjud, ular Ko‘hitang tog‘ida joylashgan. Xo‘jaikon tuz koni zaxirasi 140 mln. tonna bo‘lib, hozirgi davrdagi mamlakat ehtiyoji bo‘yicha yana 100 yildan ko‘proq vaqtga yetadi. Fosforitning katta konlari Qizilqumda topilgan. Uning Ovminzatog‘, Bukantog‘, Toshqazgan, Quljiqtog‘ va Boysun tog‘laridan topilgan konlari ayniqsa, istiqbollidir.
Oltingugurt Sho‘rsuv koni (Farg‘ona vodiysi)dan qazib olinmoqda. Undan tashqari Tubekentda yirik koni mavjud. U yura davri yotqiziqlarida uchraydi. Hozirgi vaqtda esa, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan katta qismi Muborak gazni qayta ishlash majmuasida ajratib olinmoqda.
Nometall foydali qazilmalar ham mamlakatning tog‘li mintaqalarida keng tarqalgan. Dala shtatining magmatik va cho‘kindi konlari (Zirabuloq- Ziyovuddin tog‘larida) ma’lum. Grafitning 30 dan ortiq magmatik va cho‘kindi konlari bor. Asbestning ko‘p xili Sulton Uvays tog‘ida uchraydi.
O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati uchun ishlatiladigan xomashyo, (qum, qumtosh, ohaktosh, granit, marmar, tog‘ billuri, yoshma, marmarsimon oniks kabilar)ga boy. Ayniqsa, G‘ozg‘on marmari (Navoiy viloyati) sifati yuqori bo‘lib, butun dunyoga mashhur. Mamlakatimizdagi deyarli barcha daryo o‘zan yoyilma yotqiziqlarida shag‘ol, qum, shag‘altosh, ko‘p tarqalgan. Kvars oqqumi ham yurtimizda ko‘p tarqalgan bo‘lib, u oyna va kulolchilik sanoatining qimmatli xomashyosi hisoblanadi. Ozodboshi qishloqlari hududida, Navoiy shahri yaqinda, Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan.
Mineral suv resurslari. Mamlakat hududining geologik jinslar majmuida muayyan miqdorda yer osti suv zahiralari mavjud. Yer osti suvlarining (shifobaxsh) 100 ga yaqin istiqbolli konlari o‘rganilgan. Mutaxassislarning aniqlashicha, mamlakat yer osti suvlarining o‘rni qaytadan tiklanib turuvchi zahirasi sekundiga 1000 m3. Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi jihatdan asosan gidrokarbonatli, gidrokorbanat-sulfatli, qisman sulfat-xloridli va xloridlidir. Vodorod-smufatli suv Chimyon, Polvontosh, Xo‘jaobod, Sho‘rsuv, Uchqizil, Kokayti, Jayronxona, Xo‘jaipok, Omonxona va boshqa joylarda tanilgan. Yodli suv Chortoqda, rodanli suv Aroshan bo‘loqda, kam minerallashgan issiq suvlar Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida, sulfat-xloridli va natriyli suv Sitorayi Moxi Xossa, Qorako‘l, Gazlidan chiqadi.
Yer resursi. O‘zbekistonda asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer davlat mulki hisoblanadi. Shuning uchun ham faqat davlat yeridan muddatsiz va vaqtincha foydalanish uchun qishloq xo‘jalik tashkilotlariga, turli yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatadigan xo‘jaliklarga, shuningdek, fuqarolarga beradi.
Davlat yer fondi umumiy yer fondining, shundan qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarni, shudgor qilinadigan, daraxt yoki mevazor, yaylov, pichanzor, o‘rmonzor hamda qo‘riq yerlardan tashkil topgan. Mamlakatimizning umumiy yer fondi 440,0 ming kv.km, shundan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar 26,7 mln. gektarga yaqin, ya’ni mamlakat umumiy yer fondining 63,8 foizi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga yaroqli bo‘lgan yerlardir. Shundan shudgor qilib (haydalma) dehqonchilik qilinadigan yerlar 4,3 mln. ga dan ortiq.
Mamlakatda 22 mln. gektardan ortiq yaylov mavjud. Uning unumdorligini va mahsuldorligini artezan quduqlari quvvatini oshirib borish evaziga yanada ko‘paytirish mumkin.

Yüklə 32,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin