5. Mavzu. «O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish» Mashg’ulot hajmi soat



Yüklə 32,64 Kb.
səhifə6/11
tarix25.01.2023
ölçüsü32,64 Kb.
#122563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-Mavzu «O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish»

Agroiqlim resurslari. O‘zbekistonning agroiqlim resurslari holati uni materikning ancha ichkarisida joylashgan geografik o‘rni hamda murakkab yer yuzasi relfining tuzilishiga bog‘liq. Shu jihatdan uning iqlim sharoiti qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga qodir.
O‘zbekistonning agroqlim ko‘rsatkichlari (jumladan, yog‘in-sochin va uning miqdori, tushish muddati, havo haroratining yillik ijobiy va foydali ko‘rsatkichlari) yer sirtiga quyosh nuri tushish burchagining kattaligi ziroatchilikni rivojlantirish uchun kuchli omil bo‘lib maydonga chiqadi.
Mamlakatimiz quyosh radiatsiyasi ancha boy. Negaki, mamlakatimizda quyosh yil davomida ufqdan balanda bo‘lib, nur sochadi. Quyosh iyun oyida ufqdan Toshkentda 720, Termizda 760 gacha ko‘tariladi. Ziroatchilik qilinadigan barcha vodiy va vohalarda, ko‘p yillik meteorologik kuzatishlarga qaraganda, quyosh radiatsiyasi davomiyligi yil davomida o‘rtacha 2500-3000 soat gacha boradi.
Yoz oylarida mamlakatimiz hududi quyosh nuridan nihoyat ko‘p enegrya qabul qiladi. O‘rtacha bir yilda har bir sm2 yer yuzasiga 100-120 ming kaloriy quyosh nuri tushadi. Quyoshdan kelayotgan enegiyadan xalq xo‘jaligida energiya manbai sifatida foydalanishga doir ilmiy-amaliy izlanishlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining “Quyosh” ilmiy – ishlab chiqarish birlashmasida olib borilmoqda.
Issiqlik resurslari turli xil ziroatchilikni joylashtirish, ulardagi yuqori hosil olish va tabaqalashtirib rivojlantirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Havo haroratining 50 darajasidan yuqori ko‘rsatkichi Termizda 5950 darajaga yetadi. Bu ko‘rsatkich shundan dalolat beradiki, mamlakatimiz janubiy mamlakatlarga xos bo‘lgan qimmatbaho ziroatchilik, bog‘dorchilik, subtropik mevalar yetishtirish imkoniyatiga ega.
Umuman olganda, agroiqlim resurslarini chuqur tahlil qilgan holda, xalq xo‘jaligimizda undan samarali foydalanish, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishini istiqbollarini ochib beradi.
Suv resurslari. Mamlakatimizning asosiy suv boyligi – daryo suvlaridir. Bevosita daryo suvlari respublikamiz xalq xo‘jaligini rivojlanishining asosiy omillaridan hisoblanadi.
O‘zbekistonning yirik daryolariga Norin, Qoradaryo , So‘x, Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sheroboddaryo kabi daryolar kiradi. Yirik daryolar hisoblangan Amudaryo hamda ularning yirik irmoqlari O‘zbekiston hududidan tashqarida boshlanadi. Mamlakatning aksariyat daryolari bahor faslida to‘lib-toshib oqadi. Yozda borgan sari daryolar suvi kamayib boradi. Daryolardagi bu xil rejim ziroatchilik ehtiyojlariga muvofiq emas. Shuning uchun dehqonchilik asosiy so‘g‘orib ekishga tayangan mamlakatimizning barcha geografik mintaqalarida o‘nlab yirik suv omborlari, yuzlab magistral kanallari, minglab nasos stansiyalari barpo qilingan.
Undan tashqari O‘zbekiston hududida anchagina yer osti suvlari ularning o‘rtacha aniqlangan hajmi 6-7 km3 ga teng, bu suvlar xo‘jalikda keng qo‘llanilmoqda.

Yüklə 32,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin