A21 Avezbayev S



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/133
tarix18.11.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#133150
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133
Avezbayev S, Volkov S.N. Yer tuzishni loyihalash

Nazorat savollari 
1. Yer tuzishni loyihalash qanday paydo b lgan? 
2. Yer tuzishni loyihalash tushunchasini tavsiflang. 
3. Nima "Yer tuzishni loyihalash" fanining predmeti hisoblana-
di? 
4. Yer tuzishning umumiy tizimida yer tuzishni loyihalashning 
rni va ahamiyati qanday? 
5. Nima uchun yer tuzishni loyihalash yer tuzish jarayonining 
asosiy b6'g'ini hisoblanadi? 
6. Ilmiy bilirnlar tarmog'i sifatida yer tuzishni loyihalashning qan-
day ziga xos belgilari bor? 
7. Yer tuzishni loyihalashning qanday usullari bor? 
8. Yer tuzishni loyihalash tamoyillarining yer tuzish tamoyillaridan 
farqi nimada? 
9. Jamiyat rivojlanishining har xil bosqichlarida yer tuzishni loyi-
halashning roli qanday b lgan. 
II bob. 
YER TUZISHNI LOYIHALASH TEXNOLOGIYASI 
VA USULLARI 
1. Yer tuzishni loyihalash tizimi va uning asosiy mazmuni 
Hozirgi davrda zbekistonda aniq yer tuzish tizimi tashkil 
topgan b lib, u davlatimiz yer resurslarini boshqarish sohasiga ki-
radi va yer qonunlarini hayotga tadbiq qilish, yerdan samarali va 
toia foydalanishni tashkil etish, yerni muhofaza qilish, toza 
® 
23 


ekologik muhit yaratish va tabiiy landshaftlarni yaxshilash kabi 
vazifalarni bajaradi. 
Yer tuzish tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 
— qonunlar bilan belgilangan yer tuzish ishlari; 
— aniq, qonuniy belgilangan yer tuzish ishlarini bajarish tartibi; 
— yer tuzish hujjatlarining tasdiqlangan r yxati; 
— yer tuzish faoliyati bilan shu ullanuvchi maxsus tashkil 
etilgan yer tuzish xizmati; 
— yer tuzishni tashkil etish; 
— yer tuzish qatnashchilari; 
— mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish tizimi. 
Yer tuzish ishlarining asosiy qismi yer tuzish loyihalari yordami-
da amalga oshiriladi. Shuning uchun ham yer tuzishni loyihalash 
tizimi katta ahamiyatga ega. Bu tizim loyiha oldi, loyihalash va 
loyihani hayotga tadbiq etish bosqichlarini z ichiga oladi. 
Loyiha oldi bosqichida yer tuzishni loyihalash maqsadlari 
uchun quyidagi huijatlar ishlanadi: 
— ma'muriy tuman yer tuzish chizmalari; 
— ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirish, 
agrosanoat ishlab chiqarishini va uning tarmoqlaqni rivojlantirish, 
yer munosabatlarini, yer egaliklarini va yerdan foydalanishni 
takomillashtirish, tabiatni muhofaza etish tadbirlarini loyihalash 
bilan bo liq ayrim yer tuzisn ishlari chizmalari; 
— bir guruh yer egaliklari va yerdan foydaianuvchilar hudud-
larida, loyihalash obyektlarida yerdan foydalanish va uni muho-
faza etish bilan bo liq yer tuzish tadbirlarini amalga oshirishni 
texnik-iqtisodiy asoslash hisob-kitoblari. 
Tuman yer tuzish chizmasi asosiy loyiha oldi hujjati 
hisoblanadi va tuman yer resurslaridan foydalanish va uni muho-
faza etishning kelajakdagi (10—15 yildan kam b lmagan davrda-
gi) eng samarali y llarini aniqlaydi. U tuman agrosanoat maj-
muasi va boshqa tarmoqlarini, yer egaliklari va yerdan foydala-
nuvchilar tizimini rivojlanishtirishning asosiy y llarini k rsatib 
beradi. 
Tuman yer tuzish chizmasida quyidagi masalalar z yechimini 
topadi: 
— kelajakda tuman x jaligi tarmoqlarining rivojlanishini 
hisobga olgan holda, ularning yer resurslariga b lgan talablarini 
asoslash; 
24 


— qishloq x jaligida va boshqa tarmoqlarda foydalanish 
uchun yaroqli yerlarni aniqlash va ularni zlashtirish navbatlarini 
belgilash; 
— erlarni tarmoqlar orasida taqsimlash, yer egaliklari va yer-
dan foydalanish tizimini takomillashtirish va ular yerlaridagi kam-
chiliklarni tugatish; 
— yer resurslaridan intensiv foydalanish va qishloq x jalik 
yerlari unumdorligini oshirish y liarini belgilash; 
— x jalik markazlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratizim-
lari tarmoqlarining kelajakdagi nvojlanishini va hududiy joylashu-
vini aniqlash; 
— qishloq x jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni 
k paytirish b yicha takliflar tayyorlash; 
— yerni va tabiatni muhofaza qilish b yicha tadbirlar ishlab 
chiqish; 
— belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur kapital 
mablag
L
lar, moddiy va mehnat resurslari miqdorini aniqlash va 
ularning iqtisodiy samaradorligini baholash. 
Yer tuzish tizimi oldida turgan ayrim masalalardan kelib 
chiqqan holda, yer qonunlarini hayotga tadbiq qilishda, yer islo-
hatini tkazishda, tabiatni muhofaza etish tadbirlarini mustaqil 
ravishda tkazishda tuman yer tuzish chizmasi tarkibida yerdan 
foydalanish va uni muhofaza etishga qaratilgan ayrim chizmalar 
ham ishlanishi mumkin. 
Bunday chizmalar jumlasiga quyidagilar kirishi mumkin: 
— tuman xududidagi yerlarni qayta taqsimlash chizmasi; 
— eroziyaga qarshi tadbiriar chizmasi; 
— buzilgan yerlarni rekultivaisiyalash chizmasi; 
— tuman hududida ichki y Ilarni joylashtirish chizmasi; 
— qishloq x jalik ishiab chiqarishini joylashtirish, ixti-
soslashtirish va yiriklashtirish chizmasi. 
Bu chizmalar ham loyiha oldi hujjatlari jumlasiga kiradi va 
ulardan yer tuzish loyihaiarini ishlashda foydalaniladi. 
Texnik iqtisodiy asoslashlar va hisoblardan ham loyiha oldi 
ishlari sifatida foydalaniiadi. Bunday asoslashlar va hisoblashlar 
asosan su orish va meiioratsiya ishlarini tkazishda, hamda ular 
bilan bo liq gidrotexnik inshootlarini qurishda va boshqa mu-
rakkab obyektlarni loyihalashda q llaniladi. Ulaming asosiy vazi-
fasi yuqorida k rsatilgan ishlarning zaruriigini va iqtisodiy sama-
radorligini asoslashdan, bu ishlarni amalga oshirishning eng sama-
25 


rali y llarini va usullarini topishdan, ularni amalga oshirish tar-
tibini belgilashdan iborat. 
Yer tuzishni loyihalashning loyiha oldi asosi sifatida yer 
resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza etishning mintaqaviy 
dasturlaridan ham foydalanish mumkin. Ular yerdan foydalanishni 
va yerlarni muhofaza qilishni tashkil etish b yicha kompleks tad-
birlarni amalga oshirish muddatlarini, bajaruvchilarini. zarur 
moddiy, mehnat va boshqa resurslarni z ichiga oladi. 
Yechiladigan muammolar mazrnuniga qarab quyidagi turlarga 
b linadi: yangi yerlarni zlashtirish dasturi; tuproqni eroziyadan 
himoyalash dasturi; buzilgan yerlarni tiklash dasturi; tuproq 
unumdorligini oshirish dasturi va boshqalar. 
Mintaqaviy dasturlarni ishlashga asos b lib, respublika 
miqyosida ishlangan shunga xshash dasturlar hamda yerdan foy-
dalanishni va yerlarni muhofaza etishni bashoratlash b yicha ish-
iar natijalari xizmat qiladi. 
Respublika miqyosida yer va suv resurslaridan samaraii foy-
dalanishni va yerlarni muhofaza qilishni tashkil etish b yicha 
asoslangan qarorlarni qabul qilish uchun yer tuzish xizmati 
tomonidan mamlakatimiz (mintaqalar) yer-suv resurslaridan foy-
dalanish va yerlarni muhofaza qilish bosh chizinasi ishlanadi. Bu 
chizmalar asosida esa viloyat yer tuzish chizmalari ishlanadi. 
Tuman yer tuzish chizmalari viloyat yer tuzish chizmalariga 
nisbatan kattaroq aniqlikda ishlanadi. Ularda yer tuzishning asosiy 
masalalari b yicha yechimlar qabul qiiinadi. Bu yechimlar keyin-
chalik x jaliklararo, x jaliklarda ichki yer tuzish, melioratsiya, 
aholi yashash joytari, y l qurilishi va boshqa muhandislik loyi-
halarga asos b lib xizmat qiladi. 
Zarur hollarda yer tuzish loyihasini ishlashdan oldin qidiruv va 
izlanishlar tkaziladi. Bu ishlarga topografiya-geodeziya, tuproq, 
tuproq eroziyasi, tuproq melioratsiyasi, geobotanika, suv x jaligi, 
y llar, aholi yashash tizimini rganish va yer tuzish bilan bo liq 
qidiruv va rganish ishlari kiradi. Qidiruv va rganish ishlari 
natijalari va yer kadastri hujjatlari loyiha ishlashda asos b lib xiz-
mat qiladi. Bu ishlar ham yer tuzish xizmati tomonidan bajariladi. 
Tuman yer tuzish chizmalari va boshqa loyiha oldi hujjatlari 
asosida x jaliklararo va x jaliklarda ichki yer tuzish loyihalari 
ishlanadi. 
X jaliklararo yer tuzish loyihalari yaugi qishloq x jalik kor-
xonalalarini tashkil etish, mavjud korxonaiar yerlaridagi kamchi-
26 


liklarni tugatish, noqishloq x jalik korxonalariga yer ajratish 
masalalarini yechadi. 
Faqat x jaliklararo yer tuzish loyihasi asosidagina korxo-
nalarga, tashkilotiarga, muassasalarga va, fuqarolarga yerga egalik 
qilish, yerdan foydalanish huquqlarini beruvchi hujjatlar beriladi. 
X jaliklararo yer tuzish loyihasi yerga k chirilganidan va yerda 
x jaliklar chegaralari chegara belgilari bilan aniq belgilanganidan 
keyingina yer egalari va yerdan foydalanuvchilar z faoliyatlarini 
boshlashlari mumkin. 
X jaliklarda ichki yer tuzish loyihalari faqat qishloq x jalik 
korxonalari uchun tuziladi. Ularning asosiy vazifasi yerdan foy-
dalanishni va yerlarni muhofaza qilishni hamda yer bilan ajralmas 
bo langan ishlab chiqarish vositalarini oqilona va samarali tashkil 
etishdan iborat. Shuning uchun ham x jaiiklarda ichki yer tuzish 
loyihalari nafaqat qishloq x jalik korxonalari hududlarini tashkil 
etishni, balki aholi yashash tizimini, ishlab chiqarishni, mehnatni 
va boshqarishni ham tashkil etish masalaiarini z ichiga oladi. 
X jaliklarda ichki yer tuzish loyihasida quyidagi asosiy 
masalalar yechiladi: 
— yerlarni x jalik b iimlari orasida taqsimlash, x jalik va 
ishlab chiqarish markazlarini joylashtirish, asosiy magistral 
yoMlarni va boshqa umumx jalik ahamiyatiga ega muhandislik 
obyektlarini joylashtirish; 
— x jalikning iqtisodiy va ekologik asoslangan yer turlari 
tarkibini belgilash, yerlarni bir turdan boshqa turga tkazish va 
yaxshilash; 
— daraxtzorlarni joyiashtirish, almashlab ekish, yaylovlar va 
pichanzoriardan almashlab foydalanish tizimini ishlab chiqish, 
ularning hududlarini tashkil etish; 
— yer egalari va yerdan foydalanuvchilar uchun yerdan foy-
dalanish b yicha majburiy talablar va me'yorlarni belgilash. 
Yer tuzish loyihalarida k zda tutilgan yer tuzish tadbirlarini 
bosqichma-bosqieh amalga oshirish maqsadida, ayrim hollarda tu-
man yer tuzish chizmalarida ham aniq yer uchastkalari b yicha 
yerdan foydalanish va yerlarni muhofaza etish b yicha ishchi 
loyihalari tuziladi. 
Bu loyihalar yerdan va yer bilan bogliq boshqa ishlab chiqa-
rish vositalaridan foydalanish va yerlarni muhofaza qilish 
b yicha amalga oshirilishi uchun kapitai mablagiar talab etiladi-
gan barcha tadbiriarga tuziladi. Bu tadbirlar jumlasiga yangi yer-
27 


larni zlashtirish, qishloq x jalik yerlari sifatini yaxshilash, yer-
larni rekultivatsiyalash, irrigatsiya, melioratsiya va yoi tarmoqlari-
ni qurish, bo Iar, ihota daraxtlari polosalari va boshqa daraxtzor-
larni yaratish, eroziyaga qarshi gidrotexnik inshootlarni qurish va 
boshqalar kiradi. 
Ishchi loyihalar moliyalashni boshlash va beigilangan tadbir-
larni amalga oshirish uchun asos b lib xizmat qiladi. 
Yer tuzish loyihalarini amalga oshirish bosqichida loyihani 
hayotga tadbiq etish jarayoni ustidan rnualliflik nazorati rnatila-
di. Zarur hollarda esa mualliflik nazorati tkazilayotganda loyi-
haga tuzatishlar kiritilishi mumkin. Mualliflik nazorati yer tuzish 
xizmati tomonidan amalga oshiriiadi. U loyiha yechimlarining z 
vaqtida va t ri bajarilishini, belgilangan texnologiyalarga va ish-
larning smeta bahosiga, yerdan foydalanish va yerlarni muhofaza 
qilish b yicha majburiy talablar va me'yorlarga toia rioya qilishni 
ta'minlash maqsadida tkaziladi. 
Mualliflik nazorati natijalari tahlil etilib, yoi q yilgan kam-
chiliklarning kelib chiqish sabablari aniqlanadi va ularni tugatish 
b yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. 
Yer tuzishni loyihalashning bosqichlari va tarkibi 2-rasmda 
keltirilgan. 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin