Refleksiv – innovatsion texnologiyalar
Refleksiv-innovatsion texnologiyalarning barcha ko‘rinishlarini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
1. Yangi g‘oyalar izlash bosqichi.
2. Yangiliklar yuzaga keltirish bosqichi.
3. Yangiliklar kiritishni amalga oshirish.
4. Yangiliklarni mustahkamlash bosqichi.
Yangi g‘oyalar izlash bosqichi innovatsion pedagogika asoslari kursi bo‘yicha axborot innovatsion sharoit yuzaga keltirish, maktab muammo va talablarini dolzarblashtirish. Maqsad, yangilik yaratish g‘oyalarini ifoda etish bo‘yicha dastlabki ishlar, bo‘lajak maktab sharoitini tasavvur etishdan iborat. Yangilik kiritishni shakllantirish bosqichi yangilik kiritish ishlarini faol ravishda loyihalashtirish, tanlangan yangiliklarni sinab ko‘rish, maktabda yangiliklarni kiritish bo‘yicha qaror qabul qilishdan iborat. Yangiliklarni kiritish bosqichini amalga oshirish maktabda tajriba o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish, tajriba jarayonini tahlil qilib borish, yangilik kiritish va mazmunini tuzatib borishdan iborat bo‘ladi. Yangilik kiritishni mustahkamlash bosqichi maktabning yangidan shakllantirilgan obrazini o‘qituvchilar ongida mustahkamlash, o‘qituvchining innovatsion harakatlarini mukammalashtirish bo‘yicha psixokorreksion metodik ishlardan tashkil topadi. Barcha to‘rt bosqichning asosiy maqsadi yangilikni o‘zlashtirishni rivojlantirish va o‘zlashtirilayotgan yangilikka subyektiv munosabatda bo‘lishdan iborat.
Quyidagi jadvalda o‘qituvchilarni refleksiv-innovatsion texnologiyaga tayyorlash modeli keltirilgan:
Vazifalari
|
Pedagogik munosabat va pedagogik faoliyatning umumiy texnologiyasini takomillashtirish, innovatsion faoliyat texnologiyasini o‘zlashtirish.
|
Mazmuni
|
Mualliflik dasturlarini tuzatish metodikasini o‘zlashtirish. Tajriba bosqichlarini rejalashtirish, tatbiq etiladigan yangilikni tahlil qilish, rivojlantirish, yangilikni pedagogik jarayonga tatbiq etish, tuzatish, tajriba ishlari natijalarini kuzatish.
|
Texnologiyalar
|
Tashkiliy faoliyat osyinlari. Refleks-innovatsion amaliyot mualliflik konsepsiyalarini o‘rganish. Mualliflik dasturlarini tuzish. Innovatsion turdagi o‘quv yurtlarida amaliy ishlar, turli xil malaka oshirishda ishtirok etish. Pedagogik ustaxonalar.
|
Daraja
|
Psixologik tayyorgarlik metodologik tus oladi, refleksiv-analitik mahorat, yuqori mas’uliyat, ijodiy faoliyat rivojlanadi.
|
Ilgari aytilganidek, muhokama qilinayotgan texnologiyalarni tatbiq etish, innovatsion sharoit maktab muammolarini dolzarblashtirishdan boshlanadi. Buning asosi innovatsion pedagogika bo‘lib, u talabalarni innovatsiya asosiy bo‘limlari bilan tanishtiradi. Bular neologiya, aksiologiya va raksiologiya. Bu kursning asosiy vazifasi faqatgina o‘qituvchi innovatsion faoliyatining sabab, omil, to‘siqlarini ochib berishgina emas, balki yangilikni qabul qilish uchun psixologik tayyorgarlikni yuzaga keltirish, pedagogik innovatsiyalarni qabul qilishni ham rivojlantirdi. Ijodiy faoliyat psixologik qonuniyatlarni yechish, izlash, tanlash mexanizmini o‘rganish, treningli ta’lim sharoitida amalga oshiriladi. Dasturning asosi shaxsning o‘zini ijodiy rivojlantirish tamoyilidan iborat. Qachonki subyekt o‘z faoliyatida faqatgina namoyon bo‘lib va o‘zini ko‘rsatibgina qolmay, balki ijodkorlik qilsa va aniqlasa, uning faoliyati yo‘nalishiga qarab uning o‘zini aniqlash va shakllantirishi mumkin.
Innovatsion pedagogika asoslari bo‘yicha dasturning asosiy bo‘limlari innovatsiya, yangilik, ta’limning innovatsion jarayonlari, o‘qituvchi innovatsion faoliyati tuzilishi, yangilik kiritish texnologiyasi tushunchalarini ochib berishga mo‘ljallangan. Ushbu qo‘llanmada o‘ziga xoslik sifati bilan ajralib turuvchi pedagogik g‘oyani ta’riflashga mualliflar turli ta’lim modellari orqali yondashgan. Eng avvalo ommaviy pedagogik harakatlar, gumanistik pedagogik rivojlanishga turtki bergan konsepsiya va ta’lim metodlari o‘rganib chiqiladi, talabalar turli o‘quv yurtlarini o ‘rganadilar, ularning maqsadi, tashkiliy tizimi o‘ziga xosligi, ta’lim va tarbiya mazmuni, amaliy tajribalarini o‘rganish bilan shug ‘ullanadilar. Asosiy e’tibor mualliflik dasturi, ta’lim va tarbiya konsepsiyalari yaratish darajasida pedagogik tajribalar ishlab chiqish va o‘tkazish texnikasiga qaratiladi. Talaba amaliy faoliyati konsepsiyalarini o‘rganish, qoida, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, haqiqiy muqobil o‘quv yurtlari bilan tanishish kabi ishlar olib boriladi. Bakalavriat, ayni magistraturada bo‘lajak pedagoglar shu kabi konsepsiya ishlab chiqish bo‘yicha ijodiy jamoaga jalb etiladilar. Kurs, 120 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 10 ta nazariy bo‘limlardan iborat va ma’ruza, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, mustaqil tadqiqot ishlarini tashkil etishni ko‘zda tutadi. Ma’ruza mashg‘ulotlarida innovatsion pedagogika asosiy muammolarini, yagona tushunishini ta’minlovchi keyingi mustaqil ishlari uchun metodologik va ilmiy asoslar yaratuvchi eng umumiy nazariy savollar o‘rganiladi. Kursni yanada mukammal o‘rganishni belgilaydigan muhim nazariy bo‘lim innovatika asosiy qoidalariga bag‘ishlangan.
Ta’limda yangiliklar kiritish mohiyati nimadan iborat? Ularni qanday tahlil qilish kerak? Shu tariqa kurs boshlanishidan asosiy konseptual g‘oyalar, innovatika qoidalari ko‘rib chiqiladi, innovatsion jarayonning ba’zi metodlari va bu jarayonga ta’siri bayon etiladi. Bu keyingi mustaqil ishlari uchun vazifa qo‘yish imkonini beradi, seminar mashg‘ulotlari innovatsion pedagogika asosiy g‘oyalarini tushunishga, bolalarni tarbiyalash va o‘qitish modellarining muqobil turlarini o‘rganish asosida analitik mahorati konseptual yondashishni yuzaga keltirish, nazariy bahslardan iborat bo‘ladi. Seminar mashg‘ulotlarida turli konsepsiyalarni tahlil asosida muqobil ta’lim ba’zi modellariga daliliy baho beradilar. Laboratoriya mashg‘ulotlari talabalarning innovatsion turdagi maktablarda ishlashga tayyorgarligini yuzaga keltirish, yangilikni ishlab chiqish va o‘zlashtirish texnologiyasi bilan tanishish, pedagogik tajribani tashkil etish metodikasi, mualliflik dasturini tuzishga yordam beradi. Laboratoriya mashg‘ulotlarida ijodiy faoliyat to‘siqlarini olib tashlash bo‘yicha psixologik trening o‘tkaziladi. Maktabda amaliyot o‘tkazish talabalarni pedagogik jarayonga faol ishtirok ettirish, ularni individual talablariga tayanib innovatsion pedagogika tamoyillarini tashkil etish, ularga ta’lim shakli va mazmunini tanlash erkinligini berish, o‘z nuqtayi nazarlari va suhbatini dolzarblashtirish asosida o‘quv muammolarini yechish, turli pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish hamda kommunikativ guruhlar tashkil etishni ko‘zda tutadi. Talabalarning bakalavriat va magistratura bosqichlarida mustaqil ishlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega: ikkinchi bosqichda u ko‘p jihatdan mavjud ta’lim loyihalarini mustaqil tushunish bilan bog‘liq; uchinchi bosqichda u o‘z shaxsiy ijodiy mahsulotini yaratish, individual yoki ijodiy jamoada muqobil maktab konsepsiyasi ishlab chiqish bilan bog‘liq. Innovatsion pedagogika asoslari kursini amalga oshirish pedagogik o‘quv yurtlarida mavjud shartlarga ko‘ra ikki variantni ko‘zda tutadi:
hamma talabalar uchun asosiy qismlar bo‘yicha kursni tizimli o‘tish va tadqiqot ishlari mavzusini mustaqil tanlash, ularga yakka holda maslahatlar berish;
2) innovatsion pedagogikaning eng muhim muammolari bo‘yicha yo‘naltiruvchi ma’ruza va seminar o‘tkazish. Ta’lim va tarbiyaning alohida muqobil modellari va ularga mos maktab turlarini o‘rganish talabalarning qiziqishi va layoqatidan kelib chiqib, ularning tanlovi asosida amalga oshiriladi. Dasturning birinchi variant bakalavriat talabalari uchun, ikkinchisi esa magistratura talabalari uchun to‘g‘ri keladi. Umuman olganda, variantni tanlash talaba va o‘qituvchi xohishiga bog‘liq bo‘ladi. Asosiy maqsad yangiliklarga ijobiy munosabat va o‘z mualliflik dasturini ishlab chiqish hamda tatbiq etish istagini rivojlantirishdan iborat. Chunki innovatsion texnologiyalarni egallash faqatgina talabalar o‘z faoliyati, kamchiliklari va qarama-qarshiliklarni ko‘rib o‘rganganlarigina ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun innovatsion pedagogika asoslari kursini o‘rganishda kurs ishlari yozish bilan bir vaqtda olib borish to‘g‘ri bo‘ladi. Bunday ta’lim berish yangilik kiritishning maqsadini aniq belgilash, haqiqiy va mumkin bo‘lgan yangilik manbalarini aniqlash, muammoni ifoda etish imkoniyatlarini beradi. Innovatsion pedagogika asoslari kursini o‘qitish va tatbiq etish birga olib borilganda kutilgan natijaga erishiladi. Agarda o‘qitish jarayoni talabalarning shaxsiy amaliy muammolarini tahlil qilish va uni yechish asosida tashkil etilmasa, unda faqatgina innovatsion faoliyat uchun shart-sharoit yaratishgina mumkin. Kursni o‘rganishning muhim omili bo‘lajak pedagoglarning yangiliklarning ijtimoiy-madaniy muammolarini tushunib yetishlari, bu esa yangilikni ishlab chiqish va tatbiq etish yo‘llaridagi to ‘siqlarni yenga olishga, maktab rahbariyati va kasbdoshlari o‘zaro munosabatlari dinamikasining hamda boshqa o‘zgarishlarning uzluksiz reaksiyasini ko‘ra bilishga imkon beradi.
Ko‘rsatilgan o‘qituvchi-innovator sifatlari shakllanishi quyidagi asosiy savollarni tushunib yetishni ko‘zda tutadi:
Innovatsion faoliyat samaradorligini amalga oshirish omillari nimalardan
iborat?
Innovatsion dasturni qanday ishlab chiqish mumkin?
Yangi g‘oyalarni tatbiq qilish metodlarini qanday qo‘llash kerak?
Innovatsion salohiyatni yangilik kiritish samaradorligi omili sifatida qarasak, bu jarayon ishtirokchilari turli rollarini muvofiqlashtirish, ishtirokchilar harakatlariga maqsadga muvofiq ta’sir etish imkoniyatlari nazariy jihatdan yuzaga kelishi mexanizmini to‘g‘ri tushunishga bog‘liq bo‘ladi: tashabbus, ko‘maklashish, qarshilik yoki befarqlik. ma’lumki, bu savollar pedagogik fanlarda maxsus o‘rganilmaydi, bu talablarda innovatsion jarayon qarama-qarshiliklarsiz va kurashsiz, vakumda sodir bo‘ladigan jarayon sifatida taassurotni yuzaga keltiradi. Bu yangiliklarni shakllantirish bosqichini biz refleksiv-innovatsion amaliyotda amalga oshirdik.
Refleksiv - bu qayta anglashdir. Refleksiv muhit yaratish o‘qituvchiga nisbatan alohida, juda yaxshi sharoitlarni yuratishga imkon beradi. Unda faqatgina uning shaxsiy va intellektual tajribasi yetarli emas, balki maqsadga erishish yo‘lida o‘ziga xos to‘siq (faqatgina vosita emas) bo‘ladi. Shu bilan birga muammoli intellektual qarama-qarshilik sifatida ochiladi va ma’lum bilim va mahoratlar to‘qnashuvi ko‘rinishida dolzarblashadi. Bu innovatsion vaziyat sharoitlari xususiyatlari bilan pedagog o‘ziga tushunarli harakat usullarini amalga oshiradi. Shu bilan birga uni yechishda nizolar yuzaga keltiruvchi xususiyatlari aniqlanadi.
Ya’ni, o‘qituvchining shaxs sifatida yuzaga kelgan harakat usullari bilan unga aniq bir vaziyatda ko‘rsatilgan haqiqiy talablar o‘rtasidagi shaxsiy xususiyatdagi qarama-qarshiliklar. Shunday qilib, muammoning mohiyati hal etish jarayonida men ifodasi bilan (ya’ni, intellektual va shaxsiy iboradagi) yangilik kiritish jarayonining talab hamda harakatlari o‘ziga xosligi o‘rtasida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklardan iborat bo‘ladi. Bu qarama-qarshilik mustaqil natijada yangilik ochishga olib keladi va bir vaqtning o‘zida fikrlashni qayta tashkil etish, shaxsning faol qayta shakllantirishdan iborat shaxsiy va intellektual rivojlanish sifatida sodir bo‘ladi. Ijodiy faoliyatda yangilikning yaratilishi shaxsda maxsus yangiliklar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi, u o‘qituvchi o‘zi haqidagi tasavvuri o‘zgarishidan iborat bo‘ladi. Refleksiv innovatsion amaliyot o‘qituvchi ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilib, bunda pedagogik fanda faqatgina yangilik yaratish qobiliyatigina emas, balki o‘z-o‘ziga, o‘z mehnatiga, bolalarga, har qanday muammoli vaziyatni hal etishga va umuman hayotga o‘ziga xos ijodiy munosabatda bo‘lish tushuniladi. Bular o‘qituvchi uchun muhim ahamiyatga ega, chunki zamonaviy vaziyatlar murakkabligi dinatizmi undan odatiy mutaxassislik ko‘nikmalardan xoli bo‘lish, erkinlikni talab qiladi. Shu bilan birga o‘qituvchi innovatsion faoliyatini ko‘rsatuvchi xususiyatlari bu yuzaga kelgan vaziyatda maksimal ravishda erkin bo‘lish va maklabda yangilikni joriy qilishni o‘zi belgilay olish qobiliyati hisoblanadi.
Bu bosqichda innovatsion harakatlar rivojlanish jarayonini biz shunday tasavvur qilamiz: yangiliklarni yaratish va joriy qilishga qarshilik qiluvchi bir xildagi odatlarni buzish va qayta tuzish. Bunda, eski odatlarni buzish ularni yo‘q qilib yuborish emas, ularni yangilari bilan almashtiriladi. Ushbu bosqichda innovatsion harakatlarni yuzaga keltirish uslublariga quyidagilarni kiritish mumkin: polilog, munozara, refleksiv inversiya, intervyu. S. N. Maskov fikricha ijodga o‘rgatish, ijobiy qobiliyatlarni yuzaga keltirish mumkin emas, xuddi qandaydir ko‘nikma yoki bilim va mahoratlar yig‘indisi sifatida ijodda chiniqqanlik, ijodiy qobiliyatlarni taraqqiy qilish zarurligini bildiradi. Ana shu g‘oyani biz katta kurs talabalari bilan refleksiv-innovatsion amaliyoti mavzusida kiritdik. Amaliyotda metodologik va metodik mavzuga birgalikda ijod qilishni yoyish refleksiv muhit g‘oyasiga tayandik.
Refleksiv-innovatsion amaliyot ishtirokchilari haqiqiy pedagog sharoitda bo‘lishlari sababli, qisqa vaqt ichida ilgarigi stereotiplarni bartaraf qila oldilar. Refleksiv innovatsion amaliyot ilgarigi tajribani dolzarblashtirish, uni qayta anglash bo‘lajak maktabning yangi muammo va munosabatlarini aniqlash uchun imkon berdi. Asosiy masalalardan biri o‘z-o‘zini va o‘z faoliyatini qayta anglash jarayonini yangiliklar yaratish sohasiga yo‘naltirishdir. Qayta anglashga talab nizoli vaziyatga duch kelganda paydo bo‘ladi, unda ilgarigi tajriba tubdan o‘zgargan sharoitlarda mutaxassislik sohasida kerakli natijalarni ta’minlashga qodir bo‘lmay qoladi. Ushbu vaziyatni ijodiy inqiroz sifatida ifoda etish mumkin. Buning ijobiy tomoni shundan iboratki, inqiroz holati yangilik izlashga yordam beradi, ammo bunga erisha olinmasa, unda vaziyatning keyingi rivojlanishi o‘zi barbod bo‘lishiga olib keladi. Alohida ijodiy muhit yaratash natijasida ushbu muammo bo‘yicha ma’lumot va tajriba almashish sodir bo‘libgina qolmay, undan tashqari, alohida birga ijod qilish muhitini yaratish hisobiga yangi fikrlarga, beg‘arazlikka erishiladi, u keyinchalik innovatsion faoliyat asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, refleksiv innovatsion amaliyotni amalga oshirish quyidagi masalalarni hal etadi:
1. Munozarani rivojlantiradi.
2. Tez o‘zgaruvchi sharoitlarga o‘qituvchilar moslashuvini ta’minlaydi.
3. Yangiliklarni taxmin qiladi.
Dostları ilə paylaş: |