Yangiliklar kiritishni loyihalash bosqichlari. 1. Pedagogik jamoani yangiliklar kiritishga tayyorlash: strategiya bilan tanishtirish, yangiliklar kiritishni rejalashtirish, maqsadni, kutilayotgan samaradorlik va asosiy talablar bilan tanishtirish.
2. Individual strategiyaning asosiy jihatlarini o‘rganish va tahlil etish; turli yangiliklar kiritish strategiyasi integratsiyasi, innovatsion dasturlar bo‘yicha turli o‘qituvchi, ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish strategiyasi.
3. Turli shart-sharoitlarda u yoki bu innovatsion strategiyaning samaradorligini tadqiq etish, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi musobaqa ruhini rag‘batlash, musobaqa ishtirokchilarini, alohida strategiyalarni, ularning kombinatsiyalangan imkoniyatlarini aniqlash.
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar. 1. Ta’limni tashkil etishning tarixiy shakllari
2. An’anaviy ta’lim.
3. Yangiliklar kiritish texnologiyasi turlari.
4. Yangiliklar kiritishni loyihalash bosqichlari.
5. An’anaviy ta’limning maqsadi?
6. Sinf-dars tizimining o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
7. An’anaviy ta’lim tizimining afzalligi va kamchiliklarini yoriting?
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Hutorskoy A. V. Pedagogicheskaya innovatika. - M.: Akademiya, 2008.
2. Yusufbekova N.R. Obshie osnov pedagogicheskoy innovatiki: Opit razrabotki teori innovatsionnix processov v obrazovanii. -M., 1991.
3. Hasanboev J., To‘raqulov X. va boshqalar. Pedagogika fanidanizohli lug ‘at. - T., 2009.
4. L.I.Petrova Organizatsiya obrazovatelnogo prosessa v shkole. -Rostov-na-Donu, Feniks, 2008.
5. Slastyonin V.A., Podimova L.S. Pedagogika: Innovatsionnaya deyatelnost. - M.: Magistr, 1997.
7-Mavzu: Innovatsion-pedagogik faoliyatda refleksiya Reja: 1. Innovatsion-pedagogik faoliyat.
2. Innovatsion-pedagogik faoliyatda refleksiya mazmuni.
3. Refleksiv-innovatsion faoliyat.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponenti bu refleksiyadir. ”Refleksiya” so‘zi lotincha “reflxio”-ortga qaytish degan ma’noni bildiradi. Refleksiya subyektning o‘z ichki psixik tuyg‘u va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi. Refleksiya o‘qituvchining o‘z ongi va faoliyatini belgilashi va tahlil qila olishi deb qaraladi(o‘z fikri va harakatlaridan tashqari)
Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning o‘z ongidagi o‘zgarishlarni fikrlash jarayoni deb yoziladi.
Psixologik lug‘atda shunday izoh beriladi: “Refleksiya”-faqat subyektning o‘z–o‘zini bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy hislatlari, his qilish tuyg‘usi va bilish (kognitiv) tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham anglatadi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izohlashning ikki an’anasi mavjudligi aytiladi:
- obyektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruktsiyalashga olib keladigan ongning reflektiv tahlili
- shaxslararo muloqot ma’nosini tushunish refleksiyasi
Bu bilan bog‘liq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni farqlaydilar:
O‘z-o‘zini va boshqalarni tushunish
O‘z-o‘ziga va boshqalarga baho berish
O‘z-o‘zini va boshqalarni izohli tahlil qilish
V.A. Lefevr ta’kidlagan ediki, inson o‘zining xatti-harakatlariga, fikrlariga nisbatan kuzatuvchi, tadqiq qiluvchi bo‘lib qolmasligi, balki boshqa personajlar, ularning xatti-harakatlarini o‘rganuvchi mavqeini egallashi ham kerak.
M.V. Klarin ijodiy tafakkur xususiyatlarini refleksiya bilan bog‘laydi. Bunday o‘zaro aloqalarda refleksiya o‘zida xulosa chiqarish, umumlashtirish, analogiya, qiyoslash va baholash hamda muammolarni eslash, yenga olish va hal qilishlarni birlashtiradi.
V.A. Petroviskiy refleksiya faoliyati tahlilida uning ikki turini farqlaydi:
1) retrospektiv 2) prospektiv
V.A. Petrovskiyning aniqlashicha, retrospektiv refleksiya bu- “sodir etilgan faoliyat tarixining retrospektiv tiklanish shaklidagi refleksiyasidir”. Prospektiv refleksiya bu - faoliyatning amalga oshishiga bo‘lgan talabning hukm surish dinamikasi.
S.Yu. Stepanov,I.N. Semenov ishlarida intellektual va shaxsiy refleksiyalar farqlanadi. V.V. Davidov o‘z tadqiqotlarida formal va mazmun refleksiyasini asoslab berdi. I.S. Ladenko analitik va sintetik refleksiyani farqlaydi.
Demak, o‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi motivatsion, kreativ, texnologik va reflektiv komponentlaridan iboratdir.
Innovatsion faoliyat tuzilmasi haqidagi muhim tizimli tasavvurlar, ularning vazifalarini asoslash, ularning shakllanganlik me’yorlari va sathlari ularni oliy maktab amaliyotiga tadbiq etishning zarur omili hisoblanadi.