Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi «pedagogik innovatika»


Axborot ta’minotini loyihalash tamoyili



Yüklə 2,15 Mb.
səhifə15/89
tarix13.12.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#139664
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89
PEDAGOGIK INNOVATIKA MAJMUA Oxirgisi

7. Axborot ta’minotini loyihalash tamoyili ta’lim jarayoni loyihasida axborot ta’minoti shakllantirishga xizmat qiladi. Bunda e’tibor axborot manbalari bo‘lgan darsliklar, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, yordamchi adabiyotlar, lug‘atlar, xrestomatiyalar, atlaslar va h.k.ni yaratishga qaratiladi. Davlat ta’lim standartlari (DTS) va o‘quv dasturlari ham axborot ta’minotini tashkil etuvchi eng muhim vositalardir.
8. Ijtimoiy-iqtisodiy ta’minotni loyihalash tamoyili iqtisodiy maqsadga muvofiqlikni ta’minlashni anglatadi. Ta’lim jarayonini ijtimoiy-iqtisodiy loyihalash ta’lim menejerining vazifasidir. Barcha ta’lim muassasalari faoliyatini loyihalashda ta’lim jarayoni ishtirokchilari, jamiyat hamda davlat (ijtimoiy buyurtma)ning ehtiyoj va imkoniyatlarini hisobga olish, ularni to‘ldirishi zarur.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan, jahon pedagogikasining ilg‘or metodlaridan samarali foydalanish dolzarb masalalardan bo‘lib, loyiha metodi ta’lim ilg‘or usullarini o‘zida mujassamlashtirgan. Loyiha metodidan tarix fani o‘qituvchisi o‘quv mashg‘uloti jarayonida mavjud tajribani o‘zlashtirish va ta’limning barcha bosqichlarida qo‘llashdek muhim vazifa turadi. Loyihalash - oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o‘rnatilgan vaqt mobaynida yo‘l va vositalarni tanlash uchun, maqsadga erishish bosqichlarini ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, o‘quv axborotini yetkazish vositasi va yo‘llarini aniqlash usulidir. Tarix ta’limini loyihalar usuli bilim va malakalarni amaliy qo‘llash, tahlil va baholashni nazarda tutuvchi majmuali o‘qitish usulini amalga oshiradi. Ta’lim oluvchilar yuqori darajada, boshqa o‘qitish usullaridan foydalanishga qaraganda, rejalashtirishda, tashkillashtirishda, nazoratda, tahlil qilish va vazifani bajarish natijalarini baholashda ishtirok etadilar. 
Ta’lim jarayonini loyihalash - pedagog kasbiy faoliyatning muayyan ko‘rinishi bo‘lib, pedagogning ta’lim jarayonining texnologik tuzilma, natijasini ta’minlovchi metod, vositalar yig‘indisi bilan tavsiflanadi. Ta’lim jarayonini loyihalash mahsuli o‘quv loyihasi sanaladi.
O‘quv loyihalar usuli ta’lim beruvchining ta’lim oluvchilarga muammoni, faraz, vazifalarni ifodalashda yordam beradi va tezkor boshqaradi. Loyihalarda o‘qitish nafaqat natijalar, balki jarayonini o‘zi ham qimmatli. Loyiha fanlararo, bir fan yoki fan tashqarisida bo‘lishi mumkin. Loyihalash ikki usulda - shaxsiy va guruhiy asosda amalga oshiriladi. Har ikki yo‘nalishning ijobiy va afzallik xususiyatlari bor. Tarix fanini loyihalash ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi, talabalar loyiha ustida ishlashda loyiha rejasi asosida aniq maqsad uchun faoliyatlarini amalga oshiriladi. Natijada qatnashchilarda loyihani bajarilishi o‘zining faoliyatiga bog‘liq ekani tushunchasini anglash yuqori mas’uliyat hissini yuzaga keltiradi. Loyihaning barcha bosqichlarini bajarish jarayonida fikrning tug‘ilishidan yakuniy refleksiyagacha o‘quvchilar tajriba orttiradilar; o‘quvchilarda eng muhim o‘quv ko‘nikma va malakalari (tadqiqotchilik, baholash, mustaqil fikrlash, mustaqil qarorlar chiqarish, taqdimot qilish) shakllantirish to‘la boshqariladigan jarayonga aylanadi. O‘quv loyihasining metodik pasporti bu – o‘quv loyihasining mazmun-mohiyatidan kutiladigan maqsadi, o‘quv dasturidagi o‘rni to‘g‘risida qisqacha tavsif hisoblanadi.
O‘quv loyihasining metodik pasporti quyidagilarni o‘zida aks ettiradi: fan predmetining o‘quv rejasidagi mavzular, predmetning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarini, o‘quv-pedagogik vazifalarni, o‘quvchilarning yoshi xususiyatlaridan kelib chiqib o‘quv loyiha topshirig‘ini, loyihaning bajarilish muddatini va o‘quv loyihasining ish rejimi. Tadqiqot loyihasi pasporti mualliflar va loyiha rahbari tomonidan to‘ldirilib, unda o‘quv loyihasining nomi, loyihaning maqsadi va vazifalari, loyiha muallifi, loyiha rahbari va konsultantlari, loyiha turi aks ettiriladi. O‘quv loyiha faoliyatida o‘quvchilarda tadqiqotchilik, ijodiy, o‘yin, axborot izlanish faoliyatlarini qamrab olib, ijtimoiy ehtiyoj qiziqishlar hisobga olinadi, natijaga aniq yo‘naltiriladi.
O‘quv loyihasi:
1) talablarning muammolarni izlash, tadqiqot qilish va yechish, natija (yechim)ni mahsulot ko‘rinishida rasmiylashtirishga qaratilgan mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish usuli;
2) nazariy bilimlar asosida amaliy topshiriqlarni yechishga qaratilgan o‘quv harakati vositasi;
3) rivojlantirish, tarbiyalash, ta’lim berish, bilimlarni boyitish, mustahkamlash va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik vosita hisoblanadi.
O‘quv loyihalari faoliyat mazmuni, bilim sohasi (fanlar) bo‘yicha tayyorlanishiga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi:
O‘quv loyihalarining asosiy turlari

1. Muammoga oid ma’lumotlarni to‘plash, ularni tahlil qilish, umumlashtirish, mohiyatini yoritish, muammoni hal etish usul va vositalarini tavsiflash, ularning ahamiyatini asoslash.
2. Tadqiqotni amalga oshirish, tadqiqot asosida muammo izohini asoslash, kelgusida rivojlanish uchun yangi muammolarni asoslash.
3. Muammoni hal etish va vositalarni ishlab chiqish,

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin