Nazorat uchun savollar va topshiriqlar: 1.Innovatsion jarayonning mohiyati va tuzilishi nimalardan iborat?
2.Innovatsion jarayonlarni boshqarish tamoyillarini izohlab bering
3.Yangiliklar kiritishning umumiy texnologiyasi qanday?
4.Ta’limda “innovatsion jarayonlar” termini nimani anglatadi?
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Hutorskoy A. V. Pedagogicheskaya innovatika. - M.: Akademiya, 2008.
2. O.G. Xomeriki Sistemnoe upravlenie innovatsionnim protsessom v obsheobrazavatelnoy shkole: diss. …kand.ped.nauk.-M.,1996.- s.32
3.Yusufbekova N.R. Obshie osnov pedagogicheskoy innovatiki: Opit razrabotki teori innovatsionnix processov v obrazovanii. -M., 1991.
4. Hasanboyev J., To‘raqulov X. va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. - T., 2009.
5. L.I.Petrova Organizatsiya obrazovatelnogo prosessa v shkole. -Rostov-na-Donu, Feniks, 2008.
6. Slastyonin V.A., Podimova L.S. Pedagogika: Innovatsionnaya deyatelnost. - M.: Magistr, 1997.
7. R.Mavliyanova, N.Raxmankulova “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiyasi va integratsiyasi”.T.,2013
11-Mavzu:O‘qituvchining innovatsion faoliyati va innovatsion salohiyati. Reja: 1.Innovatsion faoliyat va uning o‘ziga xosliklari.
2. Innovatsion salohiyatning tuzilishi, mazmun va mohiyati.
3.Pedagog kadrlarning innovatsion salohiyati rivojlanishini boshqarish.
“Innovatsion faoliyat” tushunchasi, uning mohiyati va o‘rganilganlik darajasi.
Ta’lim muassasasida innovatsion faoliyatning samarali yo‘lga qo‘yilganligi innovatsion jarayon subyekti va innovatsion jarayonning faoliyatli tuzilishi bilan bevosita bog‘liqdir.
Innovatsion jarayon subyekti deganda, ta’lim muassasalariga yangiliklar kiritish jarayoniga ishtirok etuvchi shaxslar (direktor, uning o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar, olimlar, o‘quvchilar, ota-onalar, homiylar, metodistlar, konsultantlar, ekspertlar) va ta’limni boshqarish organlari tushuniladi. Ular harakatining birligi ma’lum bir natijalarga erishishga olib keladi. Ta’lim muassasasidagi innovatsion faoliyatning maqsadga yo‘naltirilganligi va tashkil etilganligi innovatsion jarayonning faoliyatli tuzilishini oqilona tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mazkur holat har bir alohida harakat tuzilishini inobatga olishni taqozo etadi. Innovatsion jarayonning faoliyatli tuzilishi motiv–maqsad–vazifa–shakl–metod–natija kabi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Motiv – innovatsion faoliyat subyektining talablarini qondirishdan innovatsion faoliyat subyekti extiyojining majmuaviyligini anglash va shakllantirishgacha bo‘lgan amaliy faoliyati jarayonida yuzaga keluvchi subyektning yangilikni yaratish va o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyoj va qiziqishlarini o‘zida ifoda etuvchi undovchi kuch, sababdir.