1. Yangiliklar kiritishni oddiy qayta ishlab chiqish. Mazkur shaklda yangilik faqat tashkilotning o‘zida yaratiladi va mazkur jarayon quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi: 1) yangiliklar kiritish shart-sharoitlarini shakllantirish; 2) ilmiy kashfiyot, uni dastlabki o‘zlashtirish bilan bog‘liq yangilik yaratish; 3) yangilikni tashkilotda joriy etish; 4) yangilikdan foydalanish.
2. Yangiliklar kiritishni kengaytirilgan tarzda ishlab chiqish. Mazkur shaklda yangilik ko‘plab tashkilotlarga joriy etishga mo‘ljallab tayyorlanadi. Mazkur holatda yangiliklarni yaratish va uni foydalanuvchilarga taqsimlash orasiga yangiliklarni ishlab chiqish metodlari va undan foydalanish shakllarini joriy etish; unga bo‘lgan ko‘plab ehtiyojlarni ta’minlovchi yangilikni ommaviy tarzda ishlab chiqish ham qo‘shiladi.
Innovatsion jarayonning o‘ziga xosligi uning siklik tavsifga egaligidadir. Yangilik kiritishning to‘liq mavjudlik sikli quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: paydo bo‘lishi, o‘sishi, rivojlanishi, o‘zlashtirish, joriy etish, to‘yinishi, rutinizatsiya, inqiroz, tugallanishi.
R.N.Yusufbekova innovatsion jarayon tuzilmasining uch blokini farqlaydi:
Birinchi blok – pedagogikadagi yangini yaratish bloki. Bunga pedagogikadagi yangi, pedagogik yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, yangiliknig me’yorlari, uni o‘zlashtirish va foydalanishga tayyorligi, an’ana va novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish bosqichi kabilar kiradi.
Ikkinchi blok – yangini idrok qilish, o‘zlashtirish va baholash bloki: pedagogik hamjamiyatlar, yangini yaratish va uni baholash jarayonining rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik, innovatsiya muhiti, pedagogik jamiyatning yangini idrok etish va baholashga tayyorligi.
Uchinchi blok – yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya’ni yangini tatbiq etish, foydalanish, keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir.
Innovatsion jarayonning o‘ziga xosligi uning siklik tavsifga egaligidadir. Yangilik kiritishning to‘liq mavjudlik tsikli quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: paydo bo‘lishi, o‘sishi, rivojlanishi, o‘zlashtirish, joriy etish, to‘yinishi, rutinizatsiya, inqiroz, tugallanishi.
Ba’zan innovatsion jarayonning tuzilishi ixchamlashtirilgan ko‘rinishda tasvirlanadi. Masalan, V.S.Lazarev har biri bir necha tarkibiy qismlardan iborat innovatsion jarayon tuzilishining to‘rt tarkibiy qismini ajratib ko‘rsatadi.
1. Yangilikni yaratish: yangilikni ekspertiza qilish, yangilikni tajribada sinab ko‘rish, yangilikni loyihalash, ta’limiy faoliyatni tahlil etish va o‘zgarishlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.
2. Yangilikni joriy etish: joriy etishga tayyorlash, yangiliklar haqida axborot berish, yangiliklarni o‘zlashtirishni qo‘llab-quvvatlash, yangiliklarni o‘zlashtirilishi va joriy etilishini tahlil etish
3. Yangilikni o‘zlashtirish:
• ta’limiy faoliyatni tahlil etish va o‘zgarishlarga ehtiyojni aniqlash
yangiliklarni baholash va tanlab olish
bo‘lajak ko‘zda tutilgan ta’limiy tizimni loyihalash
yangiliklarni qo‘llash
natijalarni tahlil etish va baholash
4.Ta’limiy faoliyat
Innovatsion jarayonning mazkur tuzilishi ma’muriy yondashuvni tavsiflaydi va ko‘plab ilmiy va boshqaruv tashkilotlari, maktab, ta’lim markazlari ishtirok etadigan innovatsion jarayonlar bilan bog ‘liq bosqichlarni o‘zida aks ettiradi. SHu bilan birga pedagogik innovatsiya turli darajada – alohida o‘qituvchi faoliyati yoki biror ta’lim muassasasidan uzluksiz ta’lim tizimiga qo‘llanilish predmetiga aylanishi mumkin. Mazkur holatda innovatsion jarayonning tuzilishi boshqacha ko‘rinish hosil qiladi. Masalan, O.G.Xomeriki va boshqalar o‘zida quyidagi tarkibiy qismlarni aks ettiruvchi innovatsion jarayon tuzilishini aniqlashgan:
a) faoliyatli: motiv, maqsad, vazifalar, mazmun, shakl, metod, natija kabi aniq moddiy, moliyaviy, vaqtinchalik va boshqa shart-sharoitlarda amalga oshiriluvchi tarkibiy qismlar yig‘indisi
b) subyektivli: ta’lim muassasasi barcha subyektlari – direktor, uning o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar, olimlar, o‘quvchilar, ota-onalar, homiylar, metodistlar, OTM o‘qituvchilari, konsultantlar, ekspertlar, ta’limni boshqarish organlari xodimlari, attestatsiya komissiyasining innovatsion faoliyati.
v) darajali: xalqaro, respublika, viloyat, tuman, shahar, ta’lim muassasasi darajasidagi innovatsion faoliyat subyektlarining o‘zaro aloqador innovatsion faoliyati
g) mazmunli: ta’lim, tarbiyaviy ishlar, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ta’lim muassasasini boshqarishga doir yangiliklarni ishlab chiqish va o‘zlashtirish
d) boshqaruvga doir: boshqaruvga doir faoliyatning to‘rt turdagi o‘zaro harakatini: rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish, nazoratni o‘z ichiga oladi.
Mazkur sohada tadqiqot olib borgan O.Xomerikining fikricha, innovatsion jarayon ketma-ketligini quyidagicha davrlashtirish mumkin:
Muammoni aniqlash
Muammoni hal qilishning muqobil variantini shakllantirish
• Tanlab olingan qarorni amalga oshirish va uning
samaradorligini baholash
Qaror qabul qilish
Innovatsion jarayon ketma-ketligi davrlari
Ushbu rasmdan ko‘rinib turibdiki, innovatsion jarayonning umumiy tuzilishi ta’lim muassasasidagi alohida muammoni aniqlash va hal etish bo‘yicha harakat tuzilishidan, ta’lim muassasasidagi umumiy muammolarni hal etishga doir harakatlar tuzilishiga qarab boradi. Quyida innovatsion jarayon davrlarining har biriga alohida-alohida to‘xtalib o‘tamiz:
Innovatsion jarayonning birinchi davri – ta’lim muassasasidagi muammoni aniqlash. SHuni qayd etib o‘tish kerakki, avvalo muammo qisman yoki to‘liq aniqlanishi mumkin. Ta’lim muassasasining alohida obyektiga tegishli muammo:
birinchidan, mazkur obyektning avvalgi va kutilayotgan holatining tarkibiy qismlarini hal etish uchun zarur omillar mavjud bo‘lsa;
ikkinchidan, ta’lim muassasasidagi an’anaviy vositalar yordamida ularni muvofiqlashtirish imkoniyati mavjud bo‘lmasa;
uchinchidan, mazkur obyekt bilan bog‘liq kasbiy qiziqishlarga ega xodimlar belgilab olinganda, to‘liq aniqlanishi mumkin.
Innovatsion jarayonning ikkinchi davri – ta’lim muassasasidagi muammolarni hal etishning muqobil variantlarini izlab topish.
Innovatsion jarayonning ikkinchi davri obyektning kutilayotgan holati bo‘yicha pedagogik jamoa faoliyati loyihasini tayyorlash va amalga oshirish bilan bog‘liq. Alohida muammolarni hal etish variantlarini shakllantirish ta’lim muassasasidagi barcha obyektlarning mavjud holatini o‘zgartirishga doir rivojlanish konsepsiyasi va strategiyasini yaratish bilan bog‘liqlikda ko‘rib chiqilishi zarur. Rivojlanish konsepsiyasi ta’lim muassasasida imkon boricha o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan yangi g‘oya va texnologiyalarni taqdim etuvchi yangilanayotgan obyektning kutilayotgan holati modelini o‘zida aks ettiradi. Rivojlanish strategiyasi o‘zgartirilayotan obyektning yangi sifat holatiga o‘tish bosqichlari, har bir bosqichdagi asosiy harakat yo‘nalishlari, ularning o‘zaro aloqadorligi va ular orasida resurslarning taqsimlanishini aniqlab beruvchi yangi sifat holatiga o‘tishini ta’minlashning umumlashgan g‘oyasidir. Rivojlanish rejasi ta’lim muassasasini rivojlantirish bosqichlariga mos keluvchi vazifalarni hal etish uchun zarur xatti-harakatlar va ularni amalga oshirish muddatlari, mazkur harakatlar orasidagi aloqadorlik, zarur manbalar ro‘yxati, har bir kiritilayotgan yangilikning oraliq muddatdagi va yakuniy natijalarini o‘zida aks ettiradi.
Innovatsion jarayonning uchinchi davri ta’lim muassasasi ichki boshqaruvida quyidagi vazifalarni hal etishni talab etadigan muammoga doir qarorlar qabul qilishdir:
1. muammoni hal qilish bo‘yicha ekspertlar guruhini tashkil etish;
2. rivojlanishning umumiy va xususiy dasturlarini tasdiqlash va ularni amalga oshirilishini tashkil etish.
Rivojlanish dasturini tasdiqlash – har bir aniqqlangan obyektni o‘zgartirish, ta’lim muassasasi rivojlanishiga mos g‘oyalarni amalga oshirish usullari haqida qaror qabul qilishdir.
O.G.Xomerikining fikricha, agar innovatsion jarayonning dastlabki uch davri invariantli tuzilishga ega bo‘lsa, to‘rtinchi davr ta’lim muassasasini rivojlanish g‘oyasini amalga oshirish tanlangan metod va usullarini aniqlab beradi.