Pedagogik innovatikaning asosiy tushunchalari: innovatsiya, innovatsion jarayon, pedagogik yangilik, yangilik kiritish, innovatsion faoliyat, innovatsion salohiyat. “Innovatsiya” tushunchasi lotin tilidan olingan bo‘lib (in-ga, novus-yangi), “yangilanish”, “o‘zlashtirish”, “qandaydir yangilikni kiritish”, “yangini joriy qilish”, “yangilik kiritish” ma’nolarini beradi. O‘z navbatida “yangi” so‘zi ushbu tushunchaning asosiy yadrosini tashkil etadi. Odatda¸ yangilanish tushunchasi ta’limda ko‘p hollarda o‘zgartirish tushunchasi bilan sinonimdir. Agar ushbu o‘zgartirish keng qamrovli bo‘lsa va butun ta’lim tizimini o‘zgartirsa, unda “islohot” tushunchasi bilan izohlanadi. Lekin barcha o‘zgarishlarni yangilik deb qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. CHunki yangilik o‘zida avval boshidanoq qo‘yilgan vazifalarning yangilanishini maqsad qilib qo‘yadi.
Innovatsiyaesa – bu ma’lum bir bosqich asosida rivojlanadigan jarayondir. U bir nechta ma’nodagi tushunchalarni beradi: Innovatsiya bu – ta’limning yangi mazmuni, shakl va metodlarini ishlab chiqish.
Yaratilgan pedagogik tizimni joriy etish va ommalashtirish.
Ta’lim muassasani boshqarish va rivojlantirishning yangi texnologiyasini ishlab chiqish.
Tajriba-sinov obyekti sifatida.
Yaxlit pedagogik jarayonni innovatsiyalash.
Yangiliklarning qo‘llanilish darajasini yangi mahsuldorliklar bilan o‘zgartirish bosqichi. Pedagogik innovatikaning asosiy ko‘rsatkichi uning boshlang‘ich rivojiga bog‘liq bo‘lib, pedagogikadagi yangilik – bu faqatgina g‘oya, yondashuv, metod, texnologiya, shunchaki taqdim etilgan va hali foydalanilmagan holatdagi emas, balki bu innovatsion jarayonning majmuaviy va alohida tarkibiy qismidir, u esa o‘zida o‘zgaruvchan sharoitlarda va holatlarda ta’lim-tarbiya masalalarini yetarlicha samarali hal etishni ifoda etadi. Ta’lim sohasidagi mavjud yoki yangi ehtiyojlarni qondirish uchun pedagogik yangiliklarni yaratish, joriy etish, o‘zlashtirish va foydalanishga doir faoliyat innovatsion jarayondir.