Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi «pedagogik innovatika»


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 2,15 Mb.
səhifə9/89
tarix13.12.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#139664
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89
PEDAGOGIK INNOVATIKA MAJMUA Oxirgisi

Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. ”Innovatsiya” tushunchasiga ta’rif bering.
2. “Innovatsiya” tushunchasining ilmiy amaliyotga kiritilishini izohlab bering.
3. “Innovatsiya” tushunchasi haqidagi chet el olimlarining qarashlari haqida fikr bildiring.
4. Iqtisodiy innovatsiyalar deganda nimani tushunasiz?
5. Texnologik innovatsiyalarni turlarini ayting.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Hutorskoy A.V. Pedagogicheskaya innovatika: metodologiya, teoriya, praktika. Nauchnoe izdanie. - M., 2005.
2. Upravlenie razvitiem shkoli / pod.red. M. M. Potashnik, I V.S.Lazareva. - M., 1995.
3. Klarin M.V. Innovatsi v mirovoy pedagogike: obuchenie na osnovi issledovaniya, igr, diskussii: (analiz zarubejnogo opita). -Riga, 1995.
4. Prigojin A.I. Novovvedeniya: stimuli i prepyatsvie. (Socialinie problemi innovatiki). - M., 1989.
5. Postalyuk N.YU. Proektirovanie innovatsionnix obrazovatelnix sitem: regionalnky aspekt. (Elektronniy resurs).- Rejim dostupa: http: // psyxology.narod.ru/121.html.
6. Zufarov SH. Innovatsiya - pedagogika kollejlari ta’lim jarayoni samaradorligi omili sifatida. // Pedagogika kollejlari ta’lim jarayonini takomillashtirish muammolari. Vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari. 2009 yil 29 aprel. - T., 2009.
3-Mavzu: Pedagogik innovatsiya va uning o‘ziga xosliklari.
Reja:
1. Pedagogik innovatsiyaning maqsad va vazifalari.
2. Pedagogik innovatsiyaning mazmun-mohiyati, muhim belgilari.
3.Pedagogik innovatsiyaning imkoniyatlari, rivojlanish tamoyillari, bosqichlari.
Pedagogik innovatsiyalar keng qamrovli ko‘rinishga ega bo‘lib, ularning umumiy tomonidan qabul qilingan aniq tipologiyasi yoki tasnifi mavjud emas. Innovatsiyalarni guruhlashtirishga doir yigirmadan ortiq tasniflar mavjud bo‘lib, masalan, uzoq muddatli innovatsiyalar, qisqa muddatli innovatsiyalar, radikal va reformatorli innovatsiyalar, avtoritar va liberal innovatsiyalar, initsiativ va admistrativ innovatsiyalar va boshqalar.
Pedagogik innovatsiyalarning bunday xilma-xilligi boshqaruv jarayonida ularni aniq mezonlar asosida tanlab olishni taqozo etadi. Pedagogik innovatsiyalarni baholashning umumiy jihatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
►baholanayotgan yangilikning dolzarbligi;
►yangilikning ta’lim muassasasi rivojining umumiy g‘oyasiga mosligi;
►yangilik kiritishning natijaviyligi;
►g‘oyaning innovatsion salohiyati;
►g‘oyaning metodik ishlanganligi;
►yangilik o‘zlashtirilayotgan muassasaning salohiyat darajasi;
►yangilikka munosabati bo‘yicha turli guruhdagi o‘qituvchilarning qiziqishlari darajasi;
►o‘zlashtirish uchun zarur vaqt;
►yangi g‘oyani o‘zlashtirish uchun sarflanadigan moliyaviy va moddiy-texnik ta’minot;
►tashkiliy shart-sharoitlar;
►me’yoriy-huquqiy ta’minlanganlik;
►pedagogika nazariyasi va amaliyotining so‘nggi yutuqlariga mosligi.
Pedagogik innovatsiyalarni yuqorida bayon etib o‘tilgan tasniflariga asoslangan holda, SH.Zufarov tasnifi bo‘yicha pedagogika kollejlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan pedagogik innovatsiyalarning quyidagi umumlashgan tizimini hosil qilish mumkin:
1. Ishlab chiqarish munosabatlarining chuqurlashuvi bilan bog‘liqlikda innovatsiyalarni quyidagi turlarga ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • modifitsiyalashgan innovatsiyalar. Masalan, “elektron guruh jurnallari”, “elektron dekanat”;

  • tuzatish kirituvchi innovatsiyalar. Masalan, “yangi tahrirdagi reyting Nizomi”;

  • o‘zgartirish kirituvchi innovatsiyalar. Masalan, “internet-ta’lim”;

  • integrallashgan innovatsiyalar. Masalan, “shaxsga yo‘naltirilgan masofaviy ta’lim texnologiyalari”;

2. Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlariga munosabatiga ko‘ra pedagogik innovatsiyalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
 ta’lim maqsadi va vazifalari bilan bog‘liq pedagogik innovatsiyalar. Masalan, “identiv o‘quv maqsadlarini o ‘quv vazifalariga aylantirish”;
 ta’lim va tarbiya mazmuni bilan bog‘liq innovatsiyalar. Masalan, “ta’lim mazmunini integratsiyalash va differentsiyalashtirish”, “axborotlashtirish va prognozlash”;
 ta’limning shakl, metod, vosita va texnologiyalari bilan bog‘liq innovatsiyalar. Masalan, noana’naviy dars shakllari, interfaol metodlar, multimedia vositalari, ta’limning samarali texnologiyalari (modulli ta’lim texnologiyalari, madaniy-insonparvarlik yondashuv texnologiyalari);
 ta’lim olganlikni tashxis etish bilan bog‘liq innovatsiyalar. Masalan, o‘quv portfoliolari;
3. Ta’lim subyektlarining shaxs shakllanishiga munosabatiga ko‘ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
 pedagog va o‘qituvchilarning ma’lum bir qobiliyatlarini rivojlantirishga doir innovatsiyalar. Masalan, birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyatni rivojlantirish;
 pedagog va o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka, faoliyat usullari, kompetentligini rivojlantirishga doir innovatsiyalar.
4. Pedagogik qo‘llanilish sohasiga ko‘ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
 o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik innovatsiyalar. Masalan, ta’limning axborot texnologiyalari;
 o‘quv kursida qo‘llaniladigan pedagogik innovatsiyalar. Masalan, elektron xarita;
 ta’lim sohasida qo‘llaniladigan pedagogik innovatsiyalar. Masalan, ta’limni demokratlashtirish;
 ta’limni boshqarish sohasida qo‘llaniladigan innovatsiyalar. Masalan, ta’limning davlat boshqaruvidan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o‘tilishi.
5. Pedagogik jarayon ishtirokchilarining o‘zaro harakat turiga ko‘ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
 jamoada o‘qitishga doir innovatsiyalar;
 guruhli o‘qitishga doir innovatsiyalar;
 tyutorlik;
 fasilitatorlik;
 repetitorlik.
6. Funksional imkoniyatlariga ko‘ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
 shart-sharoit bilan bog‘lik innovatsiyalar (ta’limiy muhitni o‘zgartirishni ta’minlaydi, ijtimoiy-madaniy shart-sharoit va boshqalar);
 mahsulot ko‘rinishidagi innovatsiyalar (pedagogik vositalar,loyihalar, texnologiyalar).
 boshqaruvga doir yangiliklar kiritish.
7. Amalga oshirish usullariga ko‘ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
 rejali pedagogik innovatsiyalar;
 tizimli pedagogik innovatsiyalar;
 davriy pedagogik innovatsiyalar;
 stihiyali pedagogik innovatsiyalar;
 tasodifiy pedagogik innovatsiyalar;
 o‘z-o‘zidan yuzaga keluvchi pedagogik innovatsiyalar.
8. Makonga yo‘nalganligiga ko‘ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
 alohida pedagog faoliyatiga doir pedagogik innovatsiyalar;
 pedagoglarning metodik birlashmasiga doir pedagogik innovatsiyalar;
 alohida ta’lim muassasasi faoliyatiga doir innovatsiyalar;
 tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi pedagogik innovatsiyalar;
 xalqaro miqyosdagi pedagogik innovatsiyalar.
9. Ijtimoiy-pedagogik ahamiyatiga ko‘ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
 alohida ta’lim muassasalariga doir pedagogik innovatsiyalar;
 aniq kasbiy-tipologik guruh, pedagoglariga xos pedagogik innovatsiyalar.
10. Novatorlik tadbirlari ko‘lamiga ko‘ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
 lokal;
 ommaviy;
 global.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin