Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi «pedagogik innovatika»



Yüklə 2,15 Mb.
səhifə5/89
tarix13.12.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#139664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
PEDAGOGIK INNOVATIKA MAJMUA Oxirgisi

Innovatsion faoliyat–pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir. Innovatsion faoliyat bu yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi, yoxud amaliyotning yangi qo‘llanilayotgan me’yorining mavjud me’yor bilan to‘qnashuvi natijasida vujudga keluvchi majmuali muammolarning yechimiga qaratilgan faoliyatdir.
Innovatsion salohiyat deganda, alohida pedagogning va yaxlitlikda pedagogik jamoaning yangilikni o‘zlashtirishga tayyorligi, ulardan amaliyotda foydalana olishi va kutilgan natijalarni qo‘lga kirita olishi tushuniladi. Pedagogika va pedagogik menejmentda innovatsion salohiyat tushunchasi ikki xil tarzda talqin etiladi. Keng ma’noda - ta’lim muassasasining innovatsion salohiyati, tor ma’noda-o‘qituvchining innovatsion salohiyati.
Ta’lim muassasasining innovatsin salohiyati deganda, uning o‘z-o‘zini rivojlantirishga tayyorligi, shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun madaniy-ta’limiy muhitning va shart-sharoitlarning xilma-xilligi hamda kommunikativ munosabatlarning yuqori darajasi tushuniladi.
Alohida pedagog uchun esa, bu – uning shaxsidagi ijtimoiy-madaniy va ijodiy o‘ziga xosliklar yig‘indisi, pedagogik faoliyatni takomillashtirishga tayyorligi hamda buning uchun zaruriy ichki vosita va metodlarning mavjudligidir.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar

  1. Jamiyat rivojlanishi nuqtai nazaridan novatorlik va an’anaviylik tushunchalarini izohlab bering.

  2. “Innovatika” tushunchasi bundan yuz yil avval paydo bo‘lgan deb izohlashadi. Mazkur izohga aniqlik kiriting bering.

  3. “Innovatika – fanlararo tadqiqot sohasi” tushunchasini izohlang.

  4. Qanday jarayon 1970 yillarda yangiliklar kiritish haqidagi fanning murakkab, keng tarqalgan sohaga aylanishiga sabab bo‘ldi?

  5. Pedagogik innovatsion jarayonlar qachon G‘arbiy Yevropada, Rossiyada hamda O‘zbekistonda maxsus o‘rganish predmetiga aylanganligiga izoh kiriting.

  6. Rossiyada so‘nggi 20 yilda ta’lim sohasidagi yangiliklar kiritish muammosi bilan shug‘ullanib kelayotgan pedagog-psixologlarni sanab bering (kamida o‘nta).

  7. Bugungi kunda pedagogik innovatika ta’lim sohasidagi innovatsion jarayonlarning uch asosiy elementi birligi va o‘zaro aloqadorligi haqidagi fan sifatida e’tirof etiladi. Mazkur fikrni izohlang.

  8. Pedagogik innovatika pedagogikaning alohida sohasi sifatida shakllanayapti, degan fikrni izohlab bering.


Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin