Anorganik kimyo



Yüklə 12,56 Mb.
səhifə18/52
tarix26.11.2023
ölçüsü12,56 Mb.
#135697
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52
Trening kurs Anorganik kimyo

Keys topshirig’i:

  1. Kosachada simobning qaysi tuzi bo’lishi mumkin?

  2. Mis qanday qilib kumushga aylanib qoladi?

  3. Bundan chiqdi falsafa toshi bor ekanda ?



Keys yechimi:

  1. Kosachada simobning yodid tuzi bo’lgan HgI.

  2. Mis metali simobga nisbatan faol bo'lgani uchun, u simob (II)-oksiddan simobni siqib chiqaradi va chaqani уuzasidan qoplaydi (u kumushsimon уaltiroq metall).

Cu+HgJ=Hg+CuO

  1. Ikkinchi tajribada ham o'rin olish reaksiyasi amalga oshib, qaytarilgan simob metall tanga yuzasini qoplaydi.

Hg(NO3)2 + Cu = Hg+Cu(NO3)2


4 - MAVZU
III GURUH ELЕMЕNTLARI
III gruppaning qo’shimcha gruppachasiga skandiy (Scandium) Sc, ittriy (ittium), lantan (Lantanium) La va aktiniy (Actinium) Ac kiradi.
Skandiyning mavjudligini D.I.Mendeleyev 1870 yilda oldindan aytib bergandi. Oradan to’qqiz yil o’tgach, L. Nilson ochadi.
Skandiy gruppachasi elementlari atomlari tashqi elektron qavatlarida ikkitadan va undan keyingi qavatda to’qqiztadan elektron saqlaydi.
Quyida gruppacha elementlari atomlarining tashqi va undan oldingi elektron qavatlari tuzilishi keltirilgan:
Sc 3s2 3p6 3d 4s2
Y 4s2 4p6 3d 5s2
La 5s2 5p6 5d 6s2
Ac 6s2 6p6 6d 7s2
Bularda tartib nomeri oshgan sari ionlanish energiyasi (6,66 B dan 5,51 B gacha) kamayib boradi, ion radiusi esa (0,083 dan 0,11 nm gacha) ortadi.
Gruppachaning har bir elementi o’zidan keyin tegishlicha d- elementlar dekadasini vujudga keltiradi. Skandiy gruppachasi elementlarining o’z birikmalaridagi oksidlanganlik darajasi ko’pincha +3 ga teng bo’ladi.
Skandiy, ittriy va lantan yer qobig’ida massasi bo’yicha 10 ni tashkil etadi. Aktiniy ancha kam tarqalgan bo’lib, massasi bo’yicha 6.10 atrofidadir.
Skandiy gruppachasi elementlari ularning ftoridlarini (ba’zan, xloridlarini) qaytirib olinadi. Birikmalari esa tuzlari yoki oksidlaridan turli yo’llar bilan sintez qilinadi.
Skandiy gruppachasining elementlari erkin holatda yuqori temperaturada suyuqlanadigan oq – kumush rang metallar bo’lib, suyultirilgan anorganik kislotalar (HCl, H2SO4 va HNO3) da eriydi. Qizdirilganda ko’pgina metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi.
Gidroksidlari asosli xossaga ega. Qizdirilganda oksidlarga o’tadi. Lantan gidroksidi La(OH)3 kuchli asoslardan hisoblanadi. Skandiy gidroksidi konsentrlangan ishqor eritmasida gidroksoskandiatga (masalan, Na3[Sc(OH)6]) aylanadi. Gruppacha element gidroksidlaridan ba’zilari amorf holda ham uchraydi. Gidroksidlari elementlar tuzlarining suvli eritmalaridan ammiak yoki ishqorlar bilan cho’ktirib olinadi. Bular elementlarning boshqa birikmalarini olishda xomashyo bo’lib xizmat qiladi.
Skandiy gruppasi elementlari kompleks birikmalari hosil qiladi. Masalan, skandiy oksalatgeksagidrati Sc2(C2O4)3∙6H2O yoki MeSc(C2O4)2∙2H2O va Me3Sc(C2O4)3∙4H2O (Me – ishqoriy metall) kabi komplekslari skandiyning galoidli birikmalari neytral yoki nordon eritmalariga oksalat kislota ta’sir ettirib hosil qilinadi.
Skandiy gruppachasi elementlari birikmalari lazer materiallari, elektron asboblarda katodlar, EHM larda ishlatiluvchi ferritlarda yasaluvchi yodlab qolish moslamalari kabi va boshqa sohalarda qo’llaniladi.
Skandiy
Tabiatda uchrashi. Bu elem entlar tarqoq holda uchraydi. Ularning o'ziga xos minerallari yo‘q. Bu elementlar tabiatda qalay, toriy, gafniy, uran, sirkoniy va lantanoidlar bilan birga uchraydi.
Skandiyning o‘zi bo'lsa Sc2Si2O7 tortveytit, ScPO4-2H2O sterettit holatida uchraydi.

Yüklə 12,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin