Anorganik kimyo



Yüklə 12,56 Mb.
səhifə17/52
tarix26.11.2023
ölçüsü12,56 Mb.
#135697
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
Trening kurs Anorganik kimyo

Simob (II) – nitrat Hg(NO3)2 simobga mo’l nitrat kislota ta’sir ettirilsa, hosil bo’ladi:

0 +5 +2 +2
3Hg + 8HNO3 = 3 Hg(NO3)2 + 4 H2O + 2NO↑
Bu tuz eritmadan Hg(NO3)2∙H2O holida cho’kadi, gidrolizlanadi va simobning ko’pgina birikmalari shu tuzdan olinadi.
Simob (II) – xlorid HgCl2 oq kristall modda, zichligi 5,44 g/ms3 ga teng. 2800C da suyuqlanadi, 3020C da qaynab sublimatlana boshlaydi. HgCl2 organik erituvchilarda yaxshi, suvda kam eriydi, suvda gidrolizlanadi:
HgCl2 + H2O = HgOHCl + HCl pH < 7
Bu tuz sulema deb ataladi, juda zaharli modda, uning suyultirilgan eritmasi dezinfeksiya maqsadlarida ishlatiladi.
HgCl2 + 2NaOH = 2NaCl + HgO + H2O

Sulema eritmasiga ammoniy tuzlari ishtirokida ammiak yuborilsa, [Hg(NH3)2]Cl tarkibli “oq pretsipitat” hosil bo’ladi, bu modda ta’sirida suyuqlanadi, u ham suyultirilgan kislotada erib, HgCl2 va o’sha kislotaning ammoniyli tuzi hosil bo’ladi. Ikkala tuz ham zaharli bo’lib, tibbiyotda ishlatiladi.
Simob barometr, termometr va shunga o’xshash ko’pgina fizik asboblar uchun ishlatiladi, portlovchi moddalarni tayyorlashda hamda kimyoviy reaksiyalarda katalizator sifatida ham qo’llaniladi.

Tabiatda erkin holda uchraydigan mayda oltinli qumni simob bilan amalgamalash orqali oltin ajratib olinadi. Simob kimyo sanoatida, fizioterapiya uchun simobli kvars lampalar ishlab chiqarishda va tish davolash praktikasida plombalar tayyorlashda ishlatiladi.
Nazorat savollari:
KEYS
Kimyogar bug’latish kosachasiga ozgina simobning qandaydir tuzi eritmasidan olib mis chaqani qisqich bilan ushlab unga botirib oldi, birdan ko'z o'ngida mis chaqa kumush tangaga aylanib qoldi. Bunday o‘zgarishni ko’rgan kimyogar hayron bo’lib qoldi?

Yüklə 12,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin