Kadmiy sulfid CdS kadmiyning suvda eriydigan tuzlarga H2S ni ta’sir ettirilsa sariq cho’kma holida hosil bo’ladi. Kadmiy sulfid suvda, suyultirilgan kislotalarda va ishqorlarda erimaydi. CdS sariq bo’yoq sifatida ishlatiladi, u barqaror va ravshan bo’yoqdir.
Kadmiy temir va po’lat buyumlarni korroziyadan saqlash uchun ularning sirtiga qoplanadi, oson suyuqlanadigan qotishmalar tarkibiga kiradi.
Misga kadmiy qo’shilsa, misning chidamliligi ortib, elektr o’tkazuvchanligi uncha pasaymaydi, shuning uchun bunday qotishmalardan tramvay va trolleybus simlari tayyorlanadi. Kadmiy ishqorli akkumulyatorlar uchun ishlatiladi.
Simob, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik-kimyoviy xossalari, muhim birikmalari, ishlatilishi Simobning yadro zaryadi (Z = 80) ga teng. Simob tabiatda erkin va birikma holida uchraydi, uning 7 ta tabiiy va 20 ta sun’iy izotopi bor. Simobning eng mashhur birikmasi kinovar HgS dir, erkin simob odatdagi haroratda suyuq bo’lganidan tomchilar holida uchraydi. HgS ning harorat ta’sirida parchalanish mahsulotidan simob ajratib olinadi, ba’zan HgS ga Fe yoki ohak ta’sir ettirib ham simob olinadi:
HgS + O2 = Hg + SO2 HgS + Fe = Hg + FeS
4HgS + 4CaO = 4Hg + 3CaS + CaSO4 Bug’ holidagi simob maxsus idishga yig’ilib, keyin haydash bilan tozalanadi.
Laboratoriyada simob HgS ni harorat ta’sirida qizdirish bilan olinadi:
2HgO = 2Hg +O2 Simob bug’i atomlardan iborat bo’lib, nihoyatda zaharlidir. Uning eng oz miqdori ham uzoq ta’sir etsa, organizmga zarar etkazadi. Simob birikmalari oshqozonga tushsa, ovqat hazm qilish organlarining, yurak va buyrakning ishlashi buziladi, u bilan ishlayotganda ehtiyot bo’lish kerak. Simob ko’p metallarni (Na, K, Ag, An ni) o’zida eritib, amalgamalarni hosil qiladi.
Amalgamalar odatdagi haroratda suyuq yoki yumshoq bo’lishi bilan boshqa qotishmalardan farqlanadi.
Simob odatdagi haroratda yagona suyuq metall, zichligi 13,59; -38,70C da qotadi, 356,70C da qaynaydi.
Simob (II) – oksid HgO sariq yoki qizil kristall modda, zichligi 11,14 g/sm3 ga teng, tabiatda uchramaydi. Simobni havoda qizdirish, uning ikki valenti tuzlariga ishqor ta’sir ettirish va Hg(NO3)2 qizdirish bilan HgO hosil bo’ladi:
2Hg + O2 =2HgO
2Hg(NO3)2 = 2HgO + 4NO2 + O2 (quruq usul)
Simob (II) – oksid kimyoviy preparatlar olishda ishlatiladi.
Simob (I)- oksid qora kukun, zichligi 9,8 g/sm3 ga teng, termik jihatdan nihoyatda beqaror bo’lib, xona haroratdagi Hg va HgO ga parchalanadi. Hg2O suvda erimaydi.
Hg(NO3)2 + 2NaOH = Hg2O + 2NaNO3 +H2O
Simobning HgO2 tarkibli peroksidi ham ma’lum. U beqaror modda.
Hg2(OH)2 va Hg(OH)2 gidroksidlari olinmagan, chunki ular hosil bo’lishi bilan parchalanadi.
Toza simob havoda oksidlanmaydi, lekin nam havoda tursa oksidlana oladi. U suyultirilgan H2SO4 da qizdirilganda eriydi. HNO3 da qizdirilmasa ham yaxshi eriydi, odatdagi sharoitda Cl va S bilan birikadi. Temir, nikel va kobalt simobda erimaydi, shuning uchun simob temir idishlarda saqlanishi mumkin.
Simob (I)-nitrat Hg2(NO3)2 simobga suyultirilgan HNO3 ni ta’sir ettirib, olinadi:
0 +5 +2 +2 6Hg + 8HNO3 = 3Hg2(NO3)2 + 4H2O+ 2NO↑
U eritmadan Hg2(NO3)2∙2H2O holida kristallanadi, suvda erimaydi va tibbiyotda ishlatiladi.
Simob (I)-xloridHg2Cl2 suvda kam eriydigan oq modda, zichligi 7,15 g/sm3 ga teng. Sulema va simob aralashmasi qizdirilganda, simob (I) ning suvda eriydigan tuzlariga xloridlar ta’sir ettirilsa, Hg2Cl2 hosil bo’ladi:
HgCl2 + Hg = Hg2Cl2 Hg2(NO3)2 +2NaCl = Hg2Cl2+ NaNO3 Hg2Cl2 kalomel deb ham ataladi, tibbiyotda ishlatiladi, uning tuzilish formulasi quyidagicha: Cl – Hg – Hg – Cl