Avtomatlashtirsh va boshqaruv


Programmalash, programmalash tili



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə25/30
tarix17.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#130509
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Avtomatlashtirsh va boshqaruv

Programmalash, programmalash tili.
IEC – 61131-3 logikali boshqariladigan va rostlanadigan protsessorli modullarni programmalashda qo’llaniladigan, dunyoda keng tarqalgan standart programmalash tilidir.
Bu programmalash tili pog’onali (lesnichnie) diagrammalarni, funktsional bloklarni diagrammalarini va sekventsialli funktsiyalarni diagrammalarini (Grafset tili) yaratishga imkon beradi. Ko’pgina programmalash tillari har bir aniq masala uchun programma tuzuvchiga to’g’ri keladigan instrumentni tanlashga imkon beradi.
Grafik til. Pog’onali (Ladder) diagrammalar, funktsional blokli diagrammalar va sekventsialli funktsiyali diagrammalar bitta programmada ishlatilishi mumkin. Bu shuni bildiradiki, bitta ishchi varaqda (ekranda) har bir programmani qismida (fragmentida) qulay bo’lgan har xil programmalash tillarini qo’llash mumkin.
Global o’zgaruvchi. \/ - seriyadagi integratsiyalashtirilgan kontrollerlar faqatgina simvolli adreslarni qo’llash bilan programmalashtirilishi mumkin. Bu programmist uchun logik adreslar yoki qurilmalarni konfiguratsiyalarini o’ylamasdan (bog’liqsiz) programma tuzishga imkon beradi va to’liq hajmda ham globalli ham lokalli o’zgaruvchilarni qo’llab-quvvatlanadi. Shu bilan birgalikda global o’zgaruvchilarni 3 ta ierarxiyali sathlari nazarda tutiladi: kontrollerlarni global o’zgaruvchilari; stantsiyani global o’zgaruvchilari va boshqaruvchi setni global o’zgaruvchilari.
Boshqaruvchi setni global o’zgaruvchilariga boshqaruvchi TS-net setga ulangan xohlagan kontrollerdan yoki stantsiyadan murojaat qilishi mumkin. Stantsiyani global o’zgaruvchisi shu stantsiyaga o’rnatilgan har qanday kontrollerga kirish undan foydalanishi mumkin. Kontrollerni global o’zgaruvchisi faqatgina bitta kontrollerdan foydalaniladi, shuning uchun ham bunday o’zgaruvchi boshqa kontrollerlarga va ishchi stantsiyalarga ta’sir qilmaydi.
Lokal o’zgaruvchi. Lokal o’zgaruvchilari faqatgina bitta programmada va funktsional blokda ishlatiladi. Shunday qilib, har xil funktsional bloklarda yoki programmalarda bir xil nom ishlatilishi mumkin, shu bilan birgalikda har bir lokal o’zgaruvchi shu nom bilan bog’liq bo’lmagan holda o’zgaradi. Foydalanuvchi bergan (ko’rsatgan) funktsional blok.Instrumental programma ta’minoti foydalanuvchini programmasini foydalanuvchi (ko’rsatgan) bergan funktsional bloklarga integratsiyalaydi. Shunday qilib, yaratilgan funktsional blok keyinchalik har qanday programmada ishlatilishi (foydalanishi) mumkin.
Mashina tili. Mashina tilida programmalashda programmist MK bajaradigan hamma amallarni, qayta ishlaydigan masalalarni ikkilik kodi ko’rinishida bayon etadi. Mashina tilining afzallik tomonlaridan biri shundaki, ya’ni bu tilda MK ning xotirasi programmalashtirilganda uning har bir razryadini bitli o’zgartirish mumkin.
Programma mashina tilida yozilganda programmada ishlatiladigan buyruqlar (komandalar, sonlar, operandlar) hammasi 8-razryadli ikkilik “0” yoki “1” ko’rinishida yoziladi. Programmani eng oddiy ko’rinishidagi yozilishlari 8 lik yoki 16 lik sanoq sistemasida yoziladi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin