Baholash ishi va investitsiyalar


-MAVZU. IJTIMOIY-IQTISODIY SISTEMOLOGIYAGA ASOSLANGAN ZAMONAVIY MULK TO‘G‘RISIDAGI MULTIFAN, ZAMONAVIY MULK VA UNING ADOLATLI QIYMAT KONSEPSIYALARI



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə24/116
tarix06.09.2022
ölçüsü1,76 Mb.
#117698
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   116
baholash 1

5-MAVZU. IJTIMOIY-IQTISODIY SISTEMOLOGIYAGA ASOSLANGAN ZAMONAVIY MULK TO‘G‘RISIDAGI MULTIFAN, ZAMONAVIY MULK VA UNING ADOLATLI QIYMAT KONSEPSIYALARI


REJA:

  1. Ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiya to'g’risida.

  2. Ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiyaga asoslangan mulk to'g’risidagi multifan asoslari.

  3. Mulkning adolatli qiymati va uni baholash kontseptsiyasi to'g’risida.



Tayanch iboralar: ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiya; tizimli va kompleks yondashuv, murakkab tizim va quyitizim, model, tizimli tahlil va boshqarish, fanlar garmonizatsiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy tizim va ta'minot, regulyator, ekvivalentlik, mulk, mulkiy huquq, qiymat, narx, qimmat, baholash, 2D va 3D formatlardagi geometrik iqtisodiy modellar, multifan, tizimli-metrik tahlil, adolatli qiymat.


1. Ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiya to'g’risida

Zamonaviy XXI asr tabiiy, iqtisodiy, yuridik, ijtimoiy, texnik va boshqa fanlarni o'zaro bog’liqlikda va ta'sirda garmonizatsiyalashtirilgan ravishda rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Zero, bunda XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan rivojining muhim xususiyati bo'lib o'tmish asrlardagi asosan eksperimentlarga asoslangan bir o'lchamli fandan tizimli tadqiqotda tizimli yondashuvni qo'llovchi ikki o'lchamli fanga o'tish hisoblangan.


Iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquq sohalarida ko'rsatilgan fanlarning garmonizatsiyalashtirilgan ravishda qo'llanilishi esa globallashuv jarayonlari va bunda global beqarorliklarni (inqirozlarni) kuchayishi, dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ijtimoiy omillar (masalan, CPI, inson kapitali, innovatsilar, ishsizlik va h.k.) ta'sirini keskin ortishi, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va boshqa munosabatlarni murakkablashuvi va ularning chegaralari kengayishi bilan belgilanadi. Bunda tizimli tadqiqotlar maqsadida ko'rsatilgan sohalarda fanlarning garmonizatsiyalashtirilishi boshqa sohalardagi fanlar (masalan, matematika, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot va ularning birlashgan yo'nalishlari, informatika, texnika va boshqa fanlar) garmonizatsiyalashtirilishi bilan umumiy belgilarga va ulardan farqlanuvchi taraflariga ega. Xususan olganda, alohida olingan fan doirasidagi fanlar garmonizatsiyalashtirilishi har qanday boshqa fan doirasidagi fanlar garmonizatsiyalashtirilishidan o'zining ob'yektga va predmetga yo'naltirilganligi bilan hamda mazkur fanga hos mazmun-mohiyat va munosabatlar turlarining u bilan garmonizatsiyalashtiriluvchi boshqa fanlarga xos shunday turlardan ustuvorligi bilan farqlanadi. Boshqacha qilib aytilsa, konkret soxani tizimli tadqiq etayotgan har bir fan bosh (ustuvor) fan sifatida o'z maqsadi atrofida boshqa fanlarni garmonizatsiyalashtiradi. Bunda har qanday tadqiqot o'tkazuvchi fan maqsadining ustuvorligi ushbu fan tadqiqoti maqsadi doirasida garmonizatsiyalashtiriladigan boshqa fanlar intellektual ishlanmalari yaratilishi maqsadlari ikkilamchi hisoblanganligi hisobiga erishilishi printsipini amal qilishi tabiiy holatdir. Masalan, zamonaviy tibbiyot (meditsina) sohasida inson organizmi yoki uning alohida organlarini tadqiq etish maqsadida tibbiyot faning maqsadli tadqiqoti atrofida boshqa fanlar (matematika, fizika, kimyo, biologiya, infomatika, texnika va h.k.) sohalarida bajarilgan iintellektual ishlanmalar ularning tibbiy maqsadda qo'llash nuqtai nazaridan foydali va zarur bo'lganlari garmonizatsiyalashtiriladi.
Fanlarni garmonizatsiyalashtirish bilan bog’liq xuddi shunday farqlarni iqtisodiyot, ijtimoiy, siyosiy, huquq sohalari fanlari o'rtasida ham kuzatish mumkin. Masalan, ijtimoiy soha ob'yektlari yoki sotsiumni tizimli tadqiq etishda ijtimoiy tadqiqotlar sifati va imkoniyatlarini kompleks ravishda oshirish maqsadida sotsiologiya maqsadi atrofida matematika, psixologiya, iqtisodiyot, huquq, fizika, biologiya, informatika, texnika va boshqa ba'zi fan sohalaridagi intellektual ishlanmalar garmonizatsiyalashtiriladi. Iqtisodiyot yoki iqtisodiy ob'yektlarni tizimli tadqiq etish maqsadida iqtisodiyot fani tadqiqot maqsadi atrofida matematika, psixologiya, sotsiologiya, huquq, texnika, informatika fanlari sohalaridagi intellektual ishlanmalar garmonizatsiyalashtiriladi.
Yuqorida ko'rsatilgan farqlanuvchi taraflar kontekstida barcha fanlar uchun umumiy bo'lgan belgini - intellektual ishlanma(fan)lar garmonizatsiyalashtirilishini ustuvor fan bo'yicha konkret ob'yektning ilmiy tadqiqot maqsadiga yo'naltirilishi metodologiyasi(uslubiyati)ning umumiyligini - aniq ko'rish mumkin.
Agarda iqtisodiyot va bozor, ijtimoiy va huquq sohalarining ijtimoiy yo'nalganligini hisobga olgan holda va bunday sohalar va ularga mos fanlarni mos ravishda ijtimoiy yo'nalgan sohalar va fanlar deb qabul qilib aytish mumkinki, bu sohalarda e'tibor asosan inson va odam(sub'yekt)lar o'rtasida ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy bozor munosabatlari amalga oshiriluvchi muhitga qaratilgan bo'lib, bunday munosabatlarning maqsadi - aholi farovonligini o'stirish va mamlakat raqobatbardoshligini halqaro miqyosda oshirishdir. Zero, bunday muhit va maqsadga erishish uchun qulay sharoitlar yaratish har qanday yetuk davlatning bosh tizimli muammosi hisoblanadi. Bu muammoning samarali kompleks yechimi esa XXI asrning zamonaviy sharoitlarida dolzarbdir. Chunki bunday sharoitlar globallashuv jarayonlari va bunda global beqarorliklarni kuchayishi, dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ijtimoiy omillar va innovatsiyalar ta'sirini keskin ortishi, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va boshqa munosabatlarni murakkablashuvi va ularning chegaralari kengayishi bilan xarakterlanadi.
Biroq, ushbu tizimli muammoning kompleks yechimiga erishish hozircha o'ta mushkul bo'lib, bunday holat ko'proq kompleks ravishda iqtisodiy-, ijtimoiy-, huquqiy-yo'naltirilgan tizimli tadqiqotlar natijalarining bir biriga zid kelishi bilan bog’liq, bo'lib, buning sababi tadqiqot o'tkazuvchi asosiy fan maqsadining ustuvorligi ushbu fan tadqiqoti maqsadi doirasida garmonizatsiyalashtiriladigan boshqa fanlar intellektual ishlanmalari yaratilishi maqsadlarini ikkilamchi hisoblanganligi hisobiga erishilishi printsipining har qanday ijtimoiy yo'nalgan fan doirasida amal qilishidadir. Bu sababning negizi alohida olingan ijtimoiy yo'nalgan fan doirasida turli intellektual ishlanmalar (fanlar) garmonizatsiyalashtirilishi uslubiyatining ushbu fan tadqiqoti maqsadiga bo'ysundirilganligidadir.
Bunda tizimli muammoning kompleks yechimi iqtisodiyot va bozor, ijtimoiy va sud-huquq sohalarining o'zaro uyg’un(integratsiya)lashgan shaklini makro pog’ona(daraja)da regulyatsiya qilish, ya'ni davlatni boshqarish bo'yicha kompleks qarorlar qabul qilishga olib keladi. Vaholanki, integratsiya tushunchasi mazmunan mazkur sohalarning o'zaro uzviy bog’liqlik va ta'sirda kompleks faoliyatini anglatadi. Shaklan esa integratsiya tushunchasi o'zaro uzviy bog’langan sohalar komplekslashtirilishi natijasida sifatidagi yahlit tuzilmani (4.1.1-rasm) bildirib, sub'yektlar (odamlar) o'rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy bozor munosabatlari muhitining shakllanishini rivojlantiruvchi katta murakkab dinamik tizim bo'lib namoyon bo'luvchi yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy-huquqiy tizim (IIHT) sifatida qabul qilinishi mumkin. Bunday tizim va muhit turli omillar ta'siriga moslashib (adaptatsiyalanib) mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashi lozim.
IIHT tuzilmasida (4.1-rasm): SP - ijtimoiy (sotsial) podsistema; SPP - sud-huquq podsistemasi; MBP - talab va taklif funktsiyasini bajaruvchi podsistema sifatida milliy bozor; IP - iqtisodiy podsistema; MR - podsistema sifatida barcha quyitizimlarni tartibga soluvchi (muvofiqlashtib nazorat qiluvchi) makroregulyator. Bunda IP ishlab chiqarish va takroran ishlab chiqarish sektori (ITIS) deb qaraladi, mos ravishda, ITIS iqtisodiyotning real sektori (IRS) deb ham yuritilsa bo'ladi. MR, IP, SP, SPP va MBP tarkibiga kiruvchi institutlar o'z xususiyatlariga mos keluvchi moliya-kredit resurslarini boshqarish tizimlariga ega. Ularning faoliyati moliya-kredit resurslarini boshqarish (MKRB) tizimlarisiz ma'noga ega emas. Chunki MKRB tizimlari IIHT quyitizim(podsistema)lariga kiruvchi barcha institutlarda ularning moliyaviy resurslarini taqsimlanishi jarayonlarini moliyaviy boshqaradi.
MKRB tizimlari IIHT podsistemalari tarkibiga kiruvchi institutlarning faoliyat xususiyatlariga mos ravishda quyidagi turlarda bo'ladi: davlat moliyasi (makromoliya), munitsipalitetlar (mahalliy hokimiyatlar) moliyasi (mezomoliya), korporativ hamda jamoat-siyosiy va nodavlat notijorat tashkilotlar moliyasi (mikromoliya), uy xo'jaliklari va individuumlar moliyasi (nanomoliya). Bunda korporativ moliya nomoliyaviy tashkilotlar moliyasiga va moliyaviy tashkilotlar moliyasiga ajraladi.
MBP tarkibiga mamlakat ichidagi barcha turdagi bozorlar kiradi.
MR tarkibiga IIHT podsistemalarini tartibga solishga (muvofiqlashtirib nazorat qilishga) vakolatli davlat boshqaruv va nazorat organlari hamda davlat tomonidan ba'zi regulyativ funktsiyalarni bajarishga vakolat berilgan nodavlat notijorat tashkilotlar (o'zini o'zi regulyatsiya qiluvchi institutlar) kiradi.
Umumlashtirib yuqorida berilgan barcha fikrlar asosida aytish mumkinki, yuqorida ko'rsatilgan tizimli muammoning kompleks yechimiga erishish hozirgi kunda ijtimoiy yo'nalgan sohalar va ularni o'rganadigan fanlarning o'zaro integratsiyasi va garmonizatsiyasini yanada rivojlangan yangi shakliga o'tishlikni talab qiladi. Bunday yangi shakl mazkur sohalar bilan bog’liq tizimli masalalar yechimiga erishish doirasida IIHTni tizimli tahlil qilishni, ulardagi sifatiy va miqdoriy o'zgarishlarni o'lchashni amalga oshirish imkonini beradi. Zero, ko'p o'lchamli fazoda fanlar garmonizatsiyasini nazarda tutuvchi bu shakl katta murakkab dinamik IIHT to'g’risidagi yangi ko'p o'lchamli fanga (ya'ni, zamonaviy multifan yoki ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiyaga) asoslanadi.
IIHT to'g’risidagi multifanda IIHT va uning podsistemalarini IIHT agregatsiyalashtiriluvining turli pog’onalarida tizimlilik va komplekslilik pozitsiyasidan o'rganish imkonini beruvchi tizimli yondashuvni qo'llanishi ko'p fanlarning tizimli yondashuv asosida tadqiqiy erishgan yutuq(intellektual ishlanma)larini ishlatishiga yordam beradi.
IIHT to'g’risidagi multifan(ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiya)ning dolzarbligini ta'kidlash mumkin. Chunki, ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiya (IIS) quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:
- turli fanlar va ularning intellektual ishlanmalarini samarali garmonizatsiya qilishni;
- turli sub'yektlar o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlar uzviyligini ta'minlovchi IIHTni uning agregatsiyalashtiriluvining turli (meta-, halqaro-mintaqaviy mezo-, makro-, milliy-mintaqaviy mezo-, mikro-, nano-) pog’onalarida tizimli o'rganishni;
- IIHT tabiati va uning mazmun-mohiyati va munosabatlari turlari, ulardagi o'zaro bog’liqliklar mazmunini sifatiy va miqdoriy tushuntirishni;
- IIHTdagi jarayonlarga hos xossa va qonuniyatlarning tahlilini;
- IIHT uchun xos hodisa va voqeliklar rivojini shakllantiruvchi omillarning tahlilini;
- IIHTning tizimli tahlil va sintez masalalarining kompleks yechimiga erishishni;
- IIHT va uning tarkibiy qismlaridagi sifatiy va miqdoriy o'zgarishlar hamda bog’liqliklar tizimli-metrik o'lchanishining amalga oshirilishini;
- IIHT va uning tarkibiy qismlarini modellashtirish va prognozlashtirishni, umuman olganda, keng ma'noda tizimli tadqiq qilishni va h.k.
IIS nuqtai nazaridan IIHTni murakkab dinamik tartiblashtiriluvchi tizim sifatida tizimli tadqiq qilish bilan bog’liq barcha masalalarni keng ma'noda ikkita yirik masalalar sinfiga ajratish mumkin:
1) IIHTning mavjud funktsional tuzilmasining modeli, sifat va miqdoriy ko'rsatkichlari doirasida omillar ta'sirida bo'luvchi xossa va rivojlanish qonuniyat (tendentsiya)larini matematik apparat yordamida tizimli tahlil qilish masalasi;
2) IIHTning talab qilinadigan ko'rsatkich, xossa va rivojlanish qonuniyatlarining zaruriy sifat va miqdorlariga omillar ta'sirini hisobga olgan holda matematik apparat yordamida erishish bilan bog’liq tizimli prognozlashtirish va sintez masalasi.
IISda tizimli masalalarni turli pog’onalarda ifodalash va ular bo'yicha qo'yilgan maqsadlarga erishish tuzilmasini ular yechimining arxitekturasi deb atash mumkin. Bunda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:
-kelishilganlik (yaxshi arxitekturaning tarkibiy qismlarini o'zaro kelishtirilganligi asosida ularning har birini oldindan bashorat qilish mumkinligi);
-ortogonallik (funktsiyalarning bir-biri bilan bog’liq emasligi, ya'ni mustaqilligi, har birining alohida ixtisolashganligi);
- moslilik (arxitekturada kerak bo'lmagan funktsiyalarning yo'qligi);
- tejamlilik (hech bir funktsiya boshqasini qaytarishi mumkin emas);
- shaffoflik (har bir funktsiya tushunarli bo'lishligi);
-umumiylilik (har bir kiritilgan funktsiyaning ko'p maqsadlarga yo'naltirilganligi);
- ochiqlik (har bir belgilangan funktsiyani boshqacha ishlatilishligi);
-to'liqlik (har bir kiritilgan funktsiyani qo'yilgan talablarga to'liq mos kelishligi).
IIHT podsistemalarining (MR, IP, SP, SPP, MBP) tabiatan (mazmunan) va funktsional farqlanishini hisobga olib, ularni shartli ravishda quyidagi uchta guruhga ajratib o'rganish mumkin:
- SP va SPPlarni birlashtiruvchi nobozoriy quyitizim (NP);
- IP va MBPlarni birlashtiruvchi bozoriy quyitizim (BP);
- bir biriga ekvivalent bo'lgan NP va BP quyitizimlar faoliyatini turli omillar ta'sirida kompleks ravishda regulyativ balanslashtiruvchi makroregulyativ quyitizim (MR).
Shu nuqtai nazardan NP va BP bir biridan tabiatan farqli bo'lsada, ularning faoliyati umumiy maqsadga yo'naltirilganligi sababli, IIS, uning ob'yekti IIHT (4.1-rasm) va tizimli masalalari nuqtai nazaridan 4.2-rasm ko'rinishida ifodalangan tuzilmaviy-funktsional model o'rinlidir.

NTO


BTO




Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin