Tibbiyotda qo‘llanilishi: Galantamin poliomielit, polinevrit, radikulit, shuningdek, sezuvchi va harakatlanuvchi nervlarning travmatik shikastlanishida asorat ta’sirini yo„qotuvchi vosita sifatida qo„llaniladi. Galantamin ichak va siydik pufagi atoniyasini davolashda hamda oshqozon va ichak kasalliklarini funksional rentgen tashhisida ishlatiladi. Gazandao't -Urtica dioica L. (Крапива двудомная) O'simlik tavsifi: Gazandao„t - bu Urticaceae oilasiga mansub ko„p yillik o„simlik, o„rmalovchi shoxlangan ildizpoyaga ega. Poyasi tik turuvchi, to„rt qirrali, shoxlanmagan, balandligi 60-170 sm, uzun kuydiruvchi va kalta oddiy tuklar bilan qoplangan. Barglari tuxumsimon-lanset, chetlari bo„ylab yirik tishsimon, uzunligi 8-17 sm va eni 2-8 sm, poyada ular qarama-qarshi joylashgan. Gullari bir jinsli, mayda, to„rtga bo„lingan oddiy gulqo„rg„onga ega, barglar qo„ltig„idan chiqqan shoxlangan orasi uzuqli boshoqlarga yig„ilgan. Mevalari tuxumsimon yoki ellipssimon sarg„ish-kulrang yong„oqchalar. G„azandao„t erta bahorda o„sib chiqadi va qor erigandan keyin 15-20 kun ichida katta barglar hosil qiladi, bu vaqtda vitaminlar miqdori yuqori bo„ladi. U juda tez o„sadi, gullashi iyun oyining boshlarida boshlanadi. Gazandao„t meva bergandan keyin ham yashil barglarini saqlab qoladi. Iyundan sentyabrgacha gullaydi, iyuldan mevalaydi. Tibbiyotda o„simlik barglari ishlatiladi, undan suyuq ekstrakt, damlamalar va nastoykalar tayyorlanadi. O‘sish joyi va tarqalishi:Gazandao„t butun O„zbekiston bo„ylab keng tarqalgan. U soyali nam joylarda, daraxtlar kesilgan, yonib ketgan maydonlarda, jarliklar va qirg„oqdagi butazorlarda o„sadi. Asosiy zich o„sish maydonlari bo„sh yotgan joylarda, tashlandiq aholi punktlari yaqinida, turar joylar yonida, yo„llar bo„ylab shakllanadi. Gazandao„tning eng zich o„sish maydonlari chirindi va namlikka boy tuproqlarda hosil bo„ladi.