Kimyoviy tarkibi: Qoraqovuq barglari va piyozboshlarida asosiy alkaloid likorindan tashqari boshqa alkaloidlar mavjud: pankratin, galantamin, narvezin, gippeastrin, ungminorin, tatsettin, ungerin, unsevin. Tibbiyotda qo‘llanilishi: Likorin preparati kuchli qayt qilishga qarshi ta’sirga ega, u o„tkir va surunkali bronxit va bronxoektatitni davolashga ishlatiladi. Omonqora -Ungernia victoris Vved. ex Artjush.
(Унгерния Виктора) O‘simlik tavsifi: Omonqora - Amaryllidaceae oilasiga kiruvchi ko„p yillik piyozboshli o„simlik. O„simlik piyozi tuxumsimon, diametri 7-12 sm, to„q jigarrang yoki qora qo„ng„ir rangli, yupqa pardasimon qipiqlar bilan qoplangan, ular uzun bo„yinga (17 sm gacha) cho„zilgan. Piyozboshning tubi yaxshi rivojlangan, uzunligi va yo„g„onligi 2-3 sm, undan sersuv mo„rt sariq-pushti rangli qalinligi 0,3-0,4 sm va uzunligi 10-25 sm ildizlar chiqqan. Barglari ikki qatorli, sersuv, silliq, chiziqli, to„mtoq, uzunligi 20-40 sm, eni 1-4 sm; fevral oyining oxirida o„sishni boshlaydi. Aprel oyining o„rtalarida ular to„liq shakllanib, may oyining oxiri iyun oyining boshlarida quriydi. 2-2,5 oydan so„ng balandligi 12-30 sm gacha tumtoq gulpoya hosil bo„lib, deyarli bir tomonlama soyabonsimon to„pgul bilan tugaydi, ustki qismi g„unchalar ochilguncha g„ilof bilan qoplangan. To„pgullari 2-11 tagacha, deyarli to„g„ri, voronkasimon, sariq pushti yoki binafsha rangli gullardan iborat. Mevasi uch bo„lakli shishgan, uzunligi 3-4 sm ko„sakdan iborat. U iyul oxirida - avgust oyining boshida gullab, mevalari sentyabr oyida pishib yetiladi. Tibbiyotda o„simlikning barglaridan foydalaniladi. O‘sish joyi va tarqalishi:Omonqora Hisor tog„ tizmasining tog„ yon bag„irlarida, suv havzalarida, shag„alli joylarda va jarliklarda dengiz sathidan 800 dan 2700 m balandlikda o„sadi. Tog„ oldi etaklarida va tog„larining o„rta qismida u dasht o„simliklari jamoasida uchraydi; yuqorida archalar ostida daraxt va buta o„simliklari orasida, butazorlar orasida, shuningdek, betaga va betaga-bug„doyiqli o„simlik jamoalarida uchraydi. Odatda kichik guruh hosil qilib o„sadi, shag„alli va toshli qiyaliklarda mayda zarrali tuproqlarda uchraydi. Ko„p yillik joylarda u deyarli zich o„sish maydonlarini tashkil qiladi. Biroq tashkilotlar tomonidan xom ashyosini yig„ish kuchayganligi sababli hozirgi vaqtda ushbu qizil kitobga kirgan o„simlikning soni halokatli holatga kelgan. Omonqora urug„lari yordamida va vegetativ yo„l bilan, ya’ni piyozboshlari orqali ko„payadi. Odatda kichik o„sish maydonlarni hosil qiladi. Urug„laridan ko„payish asosiy tarqalish usulidir. Sentyabr oyi oxirida omonqora mevalari chatnab, urug„lar ona o„simlik yaqinida erlarga to„kiladi va tog„ yon bag„irlari bo„ylab shamol yoki suv oqimlari bilan tarqaladi.