D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Yangi yosh qayin barglarining damlamasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə28/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163
Yangi yosh qayin barglarining damlamasi: 2 osh qoshiq mayda to’g„ralgan yangi yosh barglar ustiga 200 ml 70% spirt quyiladi, 1 hafta davomida damlanadi va suzgichdan o„tkaziladi. Kuniga 30 tomchidan 2 mahal ichiladi. Anemiya uchun tug„ruqdan keyingi davrda, klimakterik nevrozlarda va abortdan keyingi reabilitatsiya davrida yangi qayin barglarining damlamasi yaxshi foyda beradi. Tashqi tomondan bu damlamani bo„g„imlarga kompress sifatida ishlatiladi.
Yangi yosh barglarning sovuq damlamasi. 100 gramm barglar maydalanadi va ustiga sovutilgan qaynatilgan suv quyiladi (0,5 litr), 2 soat damlanadi, suzgichdan o„tkaziladi. Tuz va limon kislotasi ta’bga qarab qo„shiladi. Vitaminli ichimlik sifatida ichiladi. 0,5 l kattalar uchun maksimal sutkalik doza hisoblanadi. Qayin shirasi kuniga 2-3 marta 1 stakan ichiladi. Qayin qatroni malham tayyorlashda ishlatiladi (tashqi foydalanish uchun). Qatron vazelin bilan 2:8 nisbatda aralashtiriladi. Bunday malham tashqi tomondan qo„ziqorin va parazitar
zararlanishlami davolashda, shuningdek, ekzema, lishay kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Qayin qatroni Vishnevskiy va Vilkinson malhamlarining tarkibiga kiradi. Vishnevskiyning malhami jarrohlik amaliyotida, shuningdek, furunkul, karbunkul, ekzema, kuyish yarasi, sovuq urganda, yotoq yaralari, varikoz va trofik yaralar, psoriaz, tromboflebit, emiriluvchi endarteriit, limfangit, limfadenitni davolashda qo„llaniladi. Vilkinsonning malhami qo„tir, ekzema, yotoq yaralari, trixofit, trofik yaralar uchun ishlatiladi.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar: Homiladorlik paytida va buyrak funksional yetishmovchiligi bo„lgan holatlarda qayin kurtaklar preparatlarini ichish tavsiya etilmaydi.
Ittikanak - Bidens tripartita L.
(Череда трехраздельная)
O’simlikni tavsifi:
Ittikanak bu Asteraceae oilasiga kiruvchi bir yillik o„simlik, balandligi 15-60 (100) sm gacha, uncha katta bo„lmagan, kuchli rivojlangan o„q ildizli o„simlik. Poyasi tik turuvchi, silliq yoki kam tukli, ba’zan asosidan novdalari qarama qarshi joylashgan. Barglari qarama-qarshi, to„q yashil rangda, barg bandi qanotsimon shaklda, asoslari bilan birlashgan. Barg plastinkasi uzunligi 3-7 mm, eni 1-4 mm, cheti tishchasimon bo„lakli. Novdalar uchida joylashgan savatchalar tik turuvchi, ularning enini o„lchami uzunligiga (6-15mm) teng yoki deyarli teng. O„rama bargi ikki qatorli, tashqi barglari yashil, cho„zinchoq; ichki barglari qo„ng„ir-sariq, ovalsimon, gullaridan kichikroq. Gullari naychasimon, ikki jinsli, xira sariq. Urug„lari ponasimon. Iyun-sentyabr oylari gullaydi. Mevasi (urug„lari) avgust-sentyabr oylarida bir vaqtda pishmaydi. Tibbiyotda o„simlikning barglari va yosh novdalari ishlatiladi.
O’sish joyiva tarqalishi:
Ittiganak Toshkent viloyatida uchraydi. U asosan daryolar, irmoqlar, ko„llar, boshqa suv havzalarining qirg„oq bo„ylarida, nam o„tloqlarda,
ariqlar va tomorqa hamda sug„oriladigan


yerlarda begona o„t sifatida uchraydi.



Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin