D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə96/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   163
Arslonquloq - Leonurus turkestanicus V. I.Krecz. & Kuprian.
(Пустырник туркестанский)
O‘simlik tavsifi: Arslonquloq Lamiaceae oilasiga mansub ko„p yillik o„simlik. Poyasi bir nechta yoki ko„p sonli, tik turuvchi, oddiy yoki yuqori qismi tarvaqaylab shoxlangan, mayda tukli yoki silliq, balandligi 10-150 sm. Barglari keng tuxumsimon-yumaloq, kaftsimon bo„lingan, rombsimon teskari cho„zinchoq, o„tkir yoki o„tkirlashgan, chuqur patsimon-bo„lakli yoki patsimon bo„lingan, odatda bo„laklari cho„zilgan, o„tkir yoki o„tkirlashgan, deyarli silliq yoki birmuncha zich yopishgan kalta tuklar bilan qoplangan, uzun bandli;
gulyonbarglari kichraygan,
yuqoriga qarab tez kichrayib boradi, murakkab bo„linmagan. Gullari o„troq, kam gulli, pastki qismida oralari juda kengaygan, yuqorida esa birmuncha yaqinlashgan halqalarda, gulyonbarglar
qo„ltig„ida joylashgan.
Gulyonbarglari bigizsimon, egilgan, yuqoriga yo„nalgan, mayin tukli, kosachabargdan ancha kaltaroq. Kosachabarglari uzunligi 8-9 mm, kalta tukli, keng uchburchakli, darrov tikanga toraygan, mevalarida to„rsimon tomirlangan, egilgan tishchali, naychaning uzunligiga taxminan teng. Gultojibarglari pushti-binafsha rang, tashqi tomondan tukli, uzunligi 12-13 mm. Yong„oqchalari och jigarrang, o„tkir uch qirrali, yuqori qismi qiyshiq kesilgan va tuklangan, uzunligi taxminan 3 mm. Iyun-iyul oylarida gullaydi; iyul-avgust oylarida mevalaydi.
O‘sish joyi va tarqalishi: U Toshkent, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining o„rta tog„ mintaqalarida toshli va mayin zarrali qiyaliklarda o„sadi. Umumiy tarqalishi. Markaziy Osiyo (Tiyon- Shon, Pomir-Oloy).
Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Arslonquloqning yer usti qismi gullash davrining boshida, odatda, iyul oyining boshlarida qo„lda yoki mexanizatsiyalashgan usulda yig„ib olinadi. Yig„im paytida o„simlikning zich o„sish maydonlarini normal hayotchanligini ta’minlash uchun mavjud generativ poyalarning 2/3 qismidan ko„pini kesib tashlamaslik kerak va shu o„sish maydonidan xom ashyo 3 yillik «dam olish»dan keyin yig„ilishi mumkin. Yig„ilgan o„simlik o„tlari havo yaxshi aylanadigan chordoqlarda yoki ayvon ostida quritilib, qog„oz yoki matoga qalinligi 5-7 sm qatlam qilib yoyilib, vaqti-vaqti bilan aralashtiriladi. Butun o„tlar sof og„irligi 15 kg dan oshmaydigan, maydalanganlari esa - 50 kg dan oshmaydigan qoplar ichiga solinadi. Qadoqlashdan oldin xom ashyoga qo„shimcha ishlov beriladi: maydalanadi va qo„pol poyalari elaklarda olib tashlanadi. Quruq, havo yaxshi aylanadigan joylarda saqlanadi. Yaroqlilik muddati 3 yil. Xom ashyo qisman ezilgan, poyaning bargli va to„pgulli yuqori qismlaridan iborat. Raqamli ko„rsatkichlar: namlik 13% dan; umumiy kul miqdori 12% dan; o„simlikning poya qismlari (asosiy poyasi va yon novdalari) 2% dan; organik aralashmalar (boshqa zaharli bo„lmagan o„simliklarning qismlari) 3% dan; mineral aralashmalar (tuproq, qum, toshchalar) 1% dan ko„p bo„lmasligi kerak. Mog„orlagan va chirigan, zaharli o„simliklar va ularning qismlari, shuningdek, begona o„tirib qolgan hid bo„lmasligi lozim.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin