60
o‘tiladigan mashg‘ulotlarda, ilmiy tajriba vaqtlarida va har xil ilmiy tekshirishlarda
amalda ana shu transkripsiyalardan foydalaniladi.
Transkripsiyada unlilar va
undoshlarning har biri alohida belgilar bilan ko‘rsatiladi va izohlab beriladi.
Shuningdek, turli diakritik va shartli belgilari ham kiritiladi. Transkripsiya belgilari
uchun o‘zbek alfavitida mavjud bo‘lgan harflarning hammasi olinadi. Shuningdek,
o,
u, ы, e kabi qo‘shimcha belgilari ham qo‘llaniladi. o‘zbek xalq shevalaridan
Toshkent va Toshkent atrofidagi shevalarda; Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand,
Buxoro, Qarnob kabi shevalarda 6 tadan unli fonema mavjud. Demak, bu shevalarda
unli fonemalar miqdor jihatdan bir-biriga asosan mos keladi.
Bulardan o-til orqali
qattiq lablanmagan fonema sanaladi. Samarqand-Buxoro shevalarida bu fonema
ba’zan
a belgisi bilan beriladi. (Mas., amonot-omanat)
‘ va
u unlilarning talaffuzi
adabiy tildagi kabi qisqa talaffuz qilinadi. Samarqand-Buxoro shevalari bundan
mustasnodir.
Shunday qilib, yuqoridagi fonemalardan ikki fonema (
e, ә), Farg‘ona
shevalarida uchta fonema (
e, ә, a) bilan beriladi. Qipchoq shevalaridagi kabi o‘g‘uz
unlilarda 9-10 tadan unli fonema mavjuddir. Shevalarda birlamchi cho‘ziqlik ham
mavjud (
Adы, qiz, diz kabi) bu o‘g‘uz shevalarida uchraydi. Masalan,
f fonemasi
Samarqand-Buxoro shevasidan tashqari, hamma shevalarda
p undoshiga
x va
h
aralashtiriladi.
Qipchoq shevalarida x fonemasining
q fonemasiga o‘tishi (
qalq,
qatыn singari), ayrimlaridan esa
q fonemasining
k fonemaga o‘tishi (
kəri, kədir kabi)
singari xususiyatlarning mavjudligi ko‘zga tashlanib turadi. Ilmiy yozuv va imlo bir-
birlariga o‘xshasalar ham, ular qo‘llanilishi va asoslari bilan o‘zaro farqlanib turadi.
Bu farqlarni hisobga olish shevashunoslik uchun, ayniqsa, foydalidir.
Tilshunoslikda keng miqyosda qo‘llanadigan lotin alfaviti asosida tuzilgan
transkripsiya xalqaro fonetik alfavit (Mejdunarodnыy foneticheskiy alfavit - MFA)
nomi bilan yuritiladi. Rus grafikasi asosida tuzilgan transkripsiyalar turkshunos va
russhunoslarning ishlarida keng tarqalgandir. Lekin o‘zbek tilining dialekt va
shevalarini o‘rgangan turkolog va o‘zbekshunoslar o‘z
ilmiy ishlarida turlicha
transkripsiya belgilarini qo‘llaganlar. Ba’zilari lotin alfavitidan foydalangan bo‘lsa
(prof. Ye.D.Polivanovning ishlariga qarang), ba’zilari rus grafikasi asosida tuzilgan
transkripsiyalardan foydalangan (prof. Borovkov, prof. V.V.Reshetovlar ishlariga
qarang).
Shevalarda uchraydigan har bir tovushni ifodalash uchun transkripsiyada ayrim
belgi olish talab qilinadi. Ammo shuni aytish kerakki,
mavjud transkripsiya
sistemalari bu talabga to‘liq javob bera olmaydi. Ayrim hollarda bosmaxona
imkoniyatini hisobga olgan holda bir tovush uchun ikki harf ishlatish ham uchraydi.
Masalan,
ng va
dj mustaqil fonemalarining ikki harf bilan berilishi kabi.
V.V.Reshetov va Sh.Shoabdurahmonovlar qo‘llagan transkripsiya sistemasida
kirill alfavitidagi ye
, yo, yu, ya dan tashqari hamma harflar qo‘llangan. Yolashgan
harflar transkripsiyada tovushlar birikmasi orqali quyidagicha beriladi: ye
- ye, ye, yϵ
Dostları ilə paylaş: