58
Bunda u yoki bu tilda mavjud bo‘lgan alfavitdagi belgilar yetarli bo‘lmaydi.
Shunga ko‘ra, u yoki bu xalq iste’molidagi (lotin, rus, o‘zbek, alfaviti kabi) an’anaviy
alfavitdan o‘rni bilan ma’lum bir tegishli o‘zgarishlar kiritish talab qilinadi. Bu
belgilar odatda mavjud alfavitdagi harflarning ustidan,
yonidan va tagidan shartli
belgilar qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi yoki boshqa alfavitdan shartli ravishda
belgi (harf) qabul qilinadi. Natijada ilmiy yozuvda belgilar soni asos qilib olingan
alfavitdagi belgilar sonidan ko‘p bo‘lishi mumkin.
Transkripsiya tamoyillari o‘ziga xos xususiyatlari bilan orfografiya va uning
tamoyillaridan (fonetik, morfologik, tarixiy-an’anaviy kabi) farq qiladi. Ular
o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagilardan iborat:
1. Transkripsiyaning asosiy tamoyiliga ko‘ra so‘zlar qanday eshitilsa, shunday
yozib olinadi. Orfografiyada, esa adabiy til me’yorlariga,
imlo qoidalariga asosan
yoziladi.
2. Transkripsiya qoidalariga ko‘ra, hamma vaqt bir tovush bir harf (belgi) bilan
berilishi lozim. Orfografiyada esa bir tovush bir harf bilan ifodalansa ham, lekin
ba’zan bir tovush ikki harf (belgi) bilan yoki,
aksincha, ikki tovush bir harf bilan
berilishi mumkin. Masalan, kirill yozuvida imlo ikki tovushni ifoda qiluvchi
yulduz,
yuz, yarim, yosh, yetti, yer kabi so‘zlardagi tovush birikmalari
yu, ya, yo, ye yozuvda
ikki belgi bilan
yu-yu, ya-ya, yo- yə, ye-y’-ye kabi ifoda etiladi. Yoki
sh, ch, ng kabi
lotin yozuvidagi harfiy birikmalar ham bir belgi orqali ifodalanadi. Jumladan,
ng
transkripsiyada bir asosiy belgi orqali, ya’ni
ң tarzida beriladi.Masalan,
shahar va
shahar atrofidagi shevalarga:
Yulduz, Yuz, Yөrim. Qipchoq shevalarida:
Julduz, juz,
jarim, jat kabi.
3. Transkripsiya qoidalariga muvofiq bosh harflar qo‘llanilmaydi. Imloda
buning bo‘lishi shart. Shartli ravishda faqat xat boshida va atoqli otlarda bosh
harfning yozilishi hisobga olinadi.
4. O‘zbek xalq shevalaridagi o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy yozuv bilan
ifodalaganda,
imlo qoidalariga moslab emas, balki so‘zlarning talaffuziga, ularning
aytilishiga qarab yozib olinadi. Masalan, og‘zaki nutq jarayonida so‘zlar
boptы,
opke:
kabi shakllarida ko‘p qo‘llaniladi. Yozuvda esa imlo qoyidalariga muvofiq yoziladi:
«bo‘libdi», «olib kel».
5. Sheva va dialektdagi nutq tovushlarini fonetik transkripsiya uchun tanlangan
alfavit orqali ifoda qilib bo‘lmasa, boshqa tillar alfavitidan harflar olinadi yoki harflar
yoniga, ustiga, ostiga, ichiga diakritik belgilar orttiriladi.
Transkripsiyaning
fonetik transkripsiya, fonematik yoki
fonologik transkripsiya
kabi turlari bor.
Dostları ilə paylaş: