D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

ALP ER TUNGA 
Alp Er Tunganing miloddan oldingi VII asrda yashab o‘tgan g‘oyat 
jasoratli, g‘ayrat-shijoatli, vatanparvar turk hukmdori bo‘lganligi haqida 
ko‘plab rivoyatlar mavjud. Forslar Alp Er Tungani Afrosiyob deb 
ataganlar. Afrosiyob va Alp Er Tunganing aslida bir kishi ekanligidan 
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu 
lug‘otit turk” asarlari ham guvohlik beradi. Alp Er Tunga haqida xalq 
orasida doston ham yaratilgan bo‘lib, bizgacha to‘liq holda yetib 
kelmagan. Ayrim parchalar “Devonu lug‘otit turk” asarida misol tariqasida 


108 
keltirilgan. Unda tasvirlanishicha, Alp Er Tunga turk beklari orasida nomi 
mashhuri, baxt-saodatlisi, katta bilim, ko‘p hunar egasi bo‘lgan 
hukmdordir.
Alp Er Tunganing ismi va qahramonliklari haqida turli tarixiy 
manbalar, badiiy asarlarda har xil fikrlar yuritilgan. Ammo bu manbalar 
Alp Er Tunganing shaxsi, hukmronlik qilgan davlati, yuritgan siyosati 
to‘g‘risida yetarlicha ma’lumot bera olmaydi.
Samarqandda Afrosiyob nomi bilan bog‘liq shahar xarobalari saqlanib 
qolgan. Bu xarobalar Samarqandning miloddan oldingi VI asrdan melodiy 
XIII asrgacha bo‘lgan hududi hamda o‘sha davr hayotidan darak beradi. 
Afrosiyob xarobalaridan uy-joy qoldiqlari, turli-tuman ro‘zg‘or buyumlari, 
zargarlik bezaklari topilgan. Ayniqsa, Samarqand hukmdori saroyining 
xarobalari, uning devorlariga ishlangan ajoyib suratlar diqqatga sazovordir 
(174 ta so’z). 
 
O‘ZBEKISTONNING HAYVONOT DUNYOSI 
O‘zbekistonning hayvonot dunyosi juda boy va turli-tumandir. 
Amudaryo, Sirdaryo, Orol dengizi, Zarafshon daryosi, qator suv omborlari 
va ko‘llarda oltmishdan ortiq baliq turlari, yuzlab turdagi suv qushlari 
yashaydi. Oqqayroq, tovonbaliq, zog‘orabaliq, laqqa, ilonbosh, olabug‘a, 
cho‘rtan baliqlar ko‘plab ovlanadi. Ondatra, qunduz, suvsar, nutra, tulki 
kabi hayvonlar chiroyli mo‘ynasi uchun ov qilinadi. 
Bepoyon cho‘llarda, ulkan tog‘ tizmalarida, vohalarda 60 turga yaqin 
sudralib yuruvchilar, 90 turdan ortiq sut emizuvchilar, 410 dan ortiq 
turdagi qushlar tarqalgan. 
O‘zbekiston hayvonot dunyosi juda qadimiydir. Hayvonlarning ayrim 
turlari faqat shu yerning o‘zida paydo bo‘lgan. Bunday hayvonlarga orol 
shipi, katta kurakburun baliq, turkiston agamasi, turkiston gekkoni, qum 
bo‘g‘ma iloni, xo‘jasavdogar, qo‘shoyoq, ko‘k sug‘ur, ingichka barmoqli 
yumronqoziq va boshqalar kiradi. Tekisliklarda sirtlon, bo‘ri, chiyabo‘ri, 
tovushqon, asalxo‘r, tulki, jayra, tipratikon, jayron, to‘ng‘iz, bug‘u, qulon, 
toshbaqa, kaltakesak, ilon va echkemarlarni uchratish mumkin. 
Yaqingacha yo‘lbars na’ralarini ham eshitish mumkin bo‘lgan. 
Tog‘lar va uning atroflaridagi o‘rmonlar, chakalakzorlarda ayiq, bo‘ri, 
olmaxon, burgut, kalxat, qarchig‘ay, qumoy, tasqara, boltayutar, miqqiy, 
lochin, itolg‘i, qarg‘a, quzg‘un, kaklik, qirg‘ovullar yashaydi. Ayrim 
qushlar odamlar bilan qishloq va shaharlarda yonma-yon yashashga 
odatlanganlar. Bularga qaldirg‘och, chumchuq, musicha, mayna, kaptar, 
laylak kabilarni kiritish mumkin. 


109 
O‘zbekiston hududida zaharli ilonlarning besh turi uchraydi. Ularning 
zaharidan qimmatli dori-darmonlar tayyorlanadi. Ilon zahri tayyorlashda 
O‘zbekiston dunyoda yuqori o‘rinda turadi (199 ta so’z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin