Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə68/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

13.4. Chorrahasimon tugunlar

Bunday turdagi tugunlar Rossiyada taxminan 100 yillar ilgari qurilgan. O’zaro kesishuvchi ikki liniyaning har birida alohida bekatlar (birida saralash, ikkinchisida esa uchastka bekatlari) qurilib, ularning har birida o’z lokomotiv xo’jaliklari bulgan. Bekatlarda mazkur yo’nalish poezdlarining bir qismi qayta ishlangan, burchak osti yo’nalish vagonlari esa o’zaro bog’lovchi yo’llar orqali uzatilgan.


Xozirda ushbu turdagi tugunlar nisbatan katta bo’lmagan shaharlar yonida qurilib, poezdlarni tarqatish va qayta tuzish bilan bog’lik bo’lgan ishlar bir asosiy bekatda jamlanadi. Shu bekatda lokomotv xo’jaligi va ekipirovka qurilmalari ham quriladi.
Ish hajimlari katta bo’lmagan tugunlarda (rasm 13.2) asosiy bekatda yo’lovchi va yuk inshootlari, qabul-jo’natish va saralash parklari, lokomotiv xo’jaligi joylashadi. Asosiy bekat harakat miqdori katta bo’lgan A-B liniisida joylashadi va shaharga chiqish aloqalari qulay.



Rasm 13.2. Chorraxasimon tugun chizmasi

Tugunning ikkinchi bekatsida asosan V-G yo’nalishining tranzit poezdlariga va ushbu yo’nalishning yo’lovchi poezdlariga xizmat ko’rsartiladi. Kam harakatli oddiy holatlarda ikkinchi bekat oraliq bekatsi bo’lishi mumkin. Bu bekatdan uning atrofida joylashgan korxonalar va yuk xo’jaliklariga xizmat ko’rsatilishi mumkin.


Burchak osti yo’nalishli yuk va yo’lovchi poezdlarini uzatish uchun bekatlar orasida bog’lovchi yo’llar quriladi. Ammo bunday bog’lovchi yo’llar orqali harakat hamesha ham o’ng tomonlama bo’lavermaydi va shu sababli bosh yo’llar bo’ylab poezdlar harakatining kesishuvlariga olib keladi.
Ikkala yo’nalishlar bo’yicha harakat katta bo’lgan o’ta yuklangan chorrahasimon tugunlarda murakkab ko’prikli kesishuvlar (rasm 13.3) qo’llanishi mumkin. Bunday kesishuvlar chizmalari juda ko’p bo’lib ularni qo’llashda kesishuvlarni soddalashtirish, ko’prikli kesishuvlar sonini va poezdlarning o’tish masofalarini kamaytirishga intilish kerak.

Rasm 13.3. Chorraxasimon tugunlarda yo’llarning kesishuvi

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin