Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


Er polotnosining deformatsiyalari va ularni bartaraf etish



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə12/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

2.3. Er polotnosining deformatsiyalari va ularni bartaraf etish

Qurilish va foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qilinganda er polotnosining muqim holati yaxshi ta’minlanadi. Qoidalarga rioya etilmaganda, er ustki qismi holati buzilganda yoki tabiiy ofatlar oqibatida er polotnosida deformatsiya o’zgarishlari paydo bo’ladi. Er polotnosi asosiy maydonchasining deformatsiyasi va buzilishlarida yon bag’irning, er polotnosi tarkibining va asosining buzilishlari farqlanadi. Ushbu buzilishlar bo’sh zamin va noqulay tabiat ta’sirida ham paydo bo’lishi mumkin.


Er polotnosi asosiy maydonchasining deformatsiyalari va buzilishi (zararlanishi) asosiy maydonchada chuqurliklar va do’ngliklar ko’tarilganda paydo bo’lishi mumkin. Chuqurlik paydo bo’lishi asosiy maydonchada ballast qatlamining er polotnosiga o’yilib kirishi natijasida sodir bo’ladi. 2.5 rasmda yo’lning qiyshayib ketishi aks etdirilgan.



Rasm. 2.5. Yo’lning qiyshayib ketishi









a) O’pirilish

b) Suv yuvishi








v) Jarlik

g) Qor bosishi

Rasm 2.6. Harakat vaqtidagi yo’lning deformatsiyasi va er polotnosining harakat tarkibiga bo’lgan tasiri


Yon bag’ir buzilishlari gruntni yog’ingarchilik suvlari bilan yuvilishi, grunt ayrim qismlarining umumiy holati buzilmay siljishi natijasida, tuproq ko’chishi natijasida yuzaga keladi. Tog’lik joylarda esa yirik toshlar qo’zg’alishi yoki gruntning toshli massalari surilishi mumkin. Bularning sababi, odatda yon bag’irning etarlicha mustahkamlanmaganligi, qiyaligining kattaligi, grunt zichligining kamligi bo’ladi.


Zamin bo’sh bo’lganda er polotnosida o’pirilish, to’kma joylarda cho’kish, er polotnosi asosida grunt ko’tarilishi holatlari paydo bo’lishi mumkin. Cho’kishlar, o’pirilishlar joyning geologik holatlarini sinchiklab tekshirish, yo’lni ballast bilan ko’tarish va boshqa tadbirlar bilan bartaraf etiladi.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin