Rasm. 2.2. Bir (a) va ikki yo’llik (b) er polotnosi grunt to’kmasining ko’rinishi
Er polotnosi asosiy maydonchasining meyoriy kengligi ishlatilayotgan va yangi qurilayotgan yo’llar uchun keltirilgan. Ikki va ko’p yo’llik uchastkalarda asosiy maydoncha kengligi yo’l o’qlari orasidagi masofa qiymatiga (2 yo’llik uchastkalarda 4,1 m ga, 3 yo’llik uchastkalarda esa 9,1 m ga) kengaytiriladi.
Grunt to’kmasining er ustiga tushadigan qismi er polotnosining asosi deyiladi. Asosiy maydonchaning polotno yon bag’ri bilan kesishish chizig’i er polotnosining qosh chizig’i, asosi bilan kesishish chizig’i esa yon bag’ir tagi (podoshva) deyiladi.
Grunt to’kmasining balandligi uning qosh chizig’i sathidan o’q chizig’i bo’ylab zaminigacha hisoblanadi (rasm 2.2). Yon bag’irning gorizontal tekislikka proektsiyasi uzunligini l bilan belgilab, yon bag’ir balandligi h ning uning asosiga nisbati 1:n yon bag’ir qiyaligini ifodalaydi. Yon bag’ir qiyaligi to’kma balandligi, grunt xususiyatlari, geologik, gidrogeologik va iqlimiy sharoitlarga qarab er polotnosining mustahkamligini ta’minlovchi qiymatlarda belgilanadi. Ko’p hollarda yon bag’ir qiyaligi 1:1,5 nisbatda qo’llaniladi.
To’kma shakldagi na’munaviy ko’ndalang kesim ko’rinishi keltirilgan. Grunt to’kib qurilgan er polotnosining ustki suvlari yo’l yoqalab qurilgan bo’ylama ariqchalar yordamida qochiriladi. Ushbu ariqchalarning balandligi va tubi kengligi kamida 0,6 m bo’lib, er sathi qiyaligi 0,04 gacha bo’lgan joylarda yo’lning ikki tomonidan, katta qiyalik joylarda esa faqat erning ko’tarilish tomonidan quriladi.
O’yma shakldagi namunaviy ko’ndalang kesim ko’rinishi 2.3 rasmda keltirilgan.
Rasm 2.3. O’yma (vo’emka) shaklidagi er polotnosining to’zilishi:
1- ajratma maydon belgisi; 2—tepalik ariqchasi; 3—do’nglik (kavaler); 4— oralik ariqchasi; 5—ko’tarma (banket); 6—temir yo’l cheti (kyuvet) ariiqchasi; 7— ballast qatlami; 8— yo’l cheti; 9-grunt to’kmasi.
Bunda er polotnosining asosiy maydonchasi to’kma shakl bilan bir xil. Asosiy maydonchaning ikki yonidan «kyuvet» deb ataluvchi bo’ylama ariiqchalar qurilib, uning chuqurligi 0,6m, tubining kengligi 0,4m, bo’ylama qiyaligi 0,02 qilib olinadi. Agar erni o’yish vaqtida olingan grunt yaqin atrofda yo’l to’kmasiga ishlatilmasa, u holda tepalik tomondan o’yma tashqarisiga to’g’ri prizma shaklida to’kib, tekislanadi va uning nomi «kavaler» deb ataladi. Yo’l tomonga oqib keladigan suvlarni qochirish uchun kavalerdan oldinroq tepa tomon ariqchasi quriladi. O’yma yon bag’ri chekkasidan (qosh chizig’idan) kavalergacha bo’lgan oraliqda kavaler tomonga qiyalik bilan «banket» deb ataluvchi tuproq uyumi to’kib tekislanadi. Bekatlar hududida ustki suvlar ko’ndalang va bo’ylama suv qochirish qurilmalari yordamida olib ketiladi. Odamlar ishlaydigan, yuradigan joylarda bunday inshootlar yopiq turda quriladi. Katta bekatlardan suvlarni olib ketish uchun kollektorlar va kanalizatsiya quvurlari, seryog’in hududlarda esa jala quduq kanalizatsiyalari quriladi. Er polotnosi tomondan er osti suvlarini qochirish yoki uning sathini pastlash maqsadida maxsus drenaj inshootlarini qurish ko’zda tutiladi. Drenaj qurilmalari ochiq drenaj ariqchalari, lotoklari, yopiq turda kyuvet osti drenajlari yoki drenaj yo’lagi ko’rinishida quriladi.
Rasm 2.4. Kyuvetosti drenaj: 1 – mustahkamlangan qatlam; 2 – shibbalangan qatlam; 3 – ikki g’ovak qatlam; 4 – yirik qum;
5 – shcheben yoki maydatosh; 6 – shcheben yoki yirik tosh; 7 – drenaj quvuri; 8 – yassi yogoch.
Dostları ilə paylaş: |