Argumentiash strategiyasi ma’ruza, suhbat, dialog,
bahs-mu-
nozara, yozma argumentiash, o‘zi uchun argumentlashda turli xil
bo‘ladi. Argumentiash strategiyasini belgilab olganda argumentlov-
chi dalillar asosiy va qo‘shimcha turlarga ajratiladi,
asosiy dalillar
yetarli bolmasa qo‘shimchalaridan foydalanish yoki asosiy dalillar
yetarli bo‘lsa, qo‘shimchalarini qo‘llamaslik rejalashtiriladi.
Argumentlashning taktikasi
deb, argumentlarni eng unum-
li qo‘llash usuli; raqibning qarshi
argumentlariga munosabat
shakli; argumentlashning strategik maqsadlariga erishish uchun
qo‘llaniladigan usul va vositalar majmuyiga aytiladi.
Argumentlashning taktikasi turli usullarni o‘z ichiga oladi:
— argumentlarni tanqid qilish (opponentnig yolg‘on tezisini
ishonchli faktlar bilan rad etish);
— dushmanning qurolini o‘ziga qarshi qo‘llash prinsipi (op-
ponentning flkrlarini o‘ziga qarshi ishlatish);
— isbotlash yukini raqibiga ag‘darish (haqiqat
sukut saqlash-
dadir);
— pala-partish so‘zlash;
— hamma narsani rad etib, o‘zini aqlli ko‘rsatish;
— «bema’nilikka olib kelish» usuli (opponentning fikri bema’ni
ekanligini istehzo va kinoya bilan isbotlash);
— «shaxsga murojaat qilish» (tezisni almashtirish);
— bumerang usuli (qarshi tomonning argumentini o‘ziga qay-
tarib qo'llash);
— isbotlash usulini rad etish;
— savollar hujumini uyushtirish va boshqalar.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: