Geologiya fanlari universiteti


Joydagi biror chiziq yo`nalishini aniqlashda



Yüklə 7,9 Mb.
səhifə7/11
tarix26.11.2023
ölçüsü7,9 Mb.
#134900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2.МАЪРУЗА

Joydagi biror chiziq yo`nalishini aniqlashda boshlang`ich yo`nalish deb geografik meridian qabul qilinsa, ular orasidagi oriyentirlash burchagiga - haqiqiy azimut, magnit meridiani qabul qilinsa - magnit azimut, o`q meridiani yoki unga parallel bo`lgan chiziq qabul qilinsa - direksion burchak deyiladi.
Haqiqiy azimut, magnit azimut va direksion burchak boshlang`ich yo`nalishining Shimol tominidan boshlab soat millari yo`nalishi bo`yicha 0 dan 360 gradusgacha o`lchaniladi.
21
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
HAQIQIY VA MAGNIT AZIMUTI
Ma - OC chizig`ining magnit azimuti.
A - OC chizig`ining haqiqiy azimuti.
α - OC chizig`ining direksion burchagi.
Haqiqiy azimut bilan magnit azimut bir-biridan δ ga farq qiladi. Bu burchak magnit millarining og`ish burchagi deyiladi.
Haqiqiy azimut bilan direksion burchak bir-biridan γ burchakka farq qiladi.
22
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
DIREKSION BURCHAK VA RUMB
Rumb - boshlang`ich yo`nalishning Shimoliy va Janubiy tomoni balan chiziq yo`nalishi orasidagi burchakdir. Rumb 0 dan 90º gacha o`zgaradi.
Rumb burchaklari qiymatining oldiga koordinata choragi nomi yoziladi: ShShq, ShG`, JShq, JG`.
Yer yuzidagi har bir chiziqning to`g`ri va teskari oriyentirlash burchagi bo`ladi.
MN chizig`ining M nuqtadan boshlangan yo`nalishi direksion burchagi - αMN - to`g`ri direksion burchak.
N nuqtadan boshlangan yo`nalishning direksion burchagi - α`NM - teskari direksion burchak.
To`g`ri direksion burchak bilan teskari direksion burchak bir-biridan 180º ga farq qiladi. α`NM=αMN ±180.
23
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
Xuddi shunday rumb burchaklari ham to`g`ri va teskari bo`ladi; r - to`g`ri rumb burchak, r` - teskari rumb burchak; r va r` larning qiymatlari teng, faqat chorak nomlari o`zgaradi - ShShq-JG` bo`ladi. JG`-ShShq -bo`ladi.
Agar A va B nuqtalardan o`q meridianiga parallel chiziqlar o`tkazsak, + γ va – γ burchaklar hosil bo`ladi.
Geografik meridian bilan o`q meridianiga parallel bo`lgan chiziq orasidagi burchakka meridianlar yaqinlashish burchagi deyiladi.

Yüklə 7,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin