Δλ=o`q meridian bilan berilgan nuqta meridiani geografik uzunliklarining ayirmasi.
φ - berilgan nuqtaning geografik kengligi.
Abssissa o`qi - meridianlar Sharq tomondan o`tsa - meridianlar yaqinlashish burchagi Sharqiy bo`ladi, ishorasi (+) bo`ladi.
Abssissa o`qi - meridianning G`arb tomonidan o`tsa - G`arbiy bo`ladi va ishorasi (-) bo`ladi.
24 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES Haqiqiy azimut bilan direksion burchak orasidagi munosabat
Burchak γ - meridianlar yaqinlashish burchagi;
A= α-γ A= α+ γ Magnit millarining og`ish burchagi.
Geografik meridian bilan magnit meridian orasidagi burchak magnit millarining og`ish burchagi deyiladi.
A-OC chizig`ining haqiqiy azimuti
Ma-OC chizig`ining magnit azimuti.
δ-magnit millarining og`ish burchagi bo`ladi.
Magnit meridian geografik meridiandan Sharqqa og`sa - Shaqiy og`ish burchagi deyiladi va ishorasi (+) bo`ladi.
Magnit meridian geografik meridiandan G`arbga og`sa - G`arbiy og`ish burchagi deyiladi va ishorasi (-) bo`ladi.
Sharqqa og`sa: A=Ma + δ. G`arbga og`sa: A=Ma - δ. 25 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES ORIYENTIRLASH BURCHAKLARI ORASIDAGI MUNOSABAT Yo`nalishning direksion burchagi ma`lum bo`lganda rumbini, rumbi ma`lum bo`lganda esa direksion burchagini topish mumkin. Masalan, bu berilgan shaklda direksion burchak bilan rumbning bir-biriga munosabati berilgan, yo`nalishlarning direksion burchaklari ma`lum bo`lganda bu shakldan foydalanib rumbni quyidagi formulalar yordamida aniqlash mumkin:
I chorakda-ShShq: r1=α1 II chorakda-JShq: r2=180 -α2 III chorakda-JG`: r3=α3-180 IV chorakda-ShG`: r4=360 -α4. Yo`nalishlarning rumbi ma`lum bo`lsa, direksion burchakni quyidagi formulalardan aniqlash mumkin:
I chorakda-ShShq: α1=r1 II chorakda-JSh: α2=180 -r2 III chorakda-JG`: α3=180 +r3 IV chorakda-ShG`: α4=360 -r4 Yo`nalishning azimuti ma`lum bo`lganda uning rumbini, rumbi ma`lum bo`lganda esa azimuti shu formulalar yordamida aniqlash mumkin. Bunda formulalardagi direksion burchak (α) o`rniga azimut (A) qo`yiladi xolos.