Geologiya fanlari universiteti


UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES



Yüklə 7,9 Mb.
səhifə9/11
tarix26.11.2023
ölçüsü7,9 Mb.
#134900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2.МАЪРУЗА

26
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
O`LCHASH TURLARI
Geodezik ishlarning asosiy qismi o`lchashlardan iborat. Geodezik o`lchash bevosita (to’g’ri) va bilvosita o`lchashlarga bo`linadi.
Bevosita o`lchashda o`lchov birligi hisoblanuvchi asbob o`lchanayotgan obyektga taqqoslanadi. Masalan: joyda masofani po`lat lenta bilan, burchakni teodolit bilan o`lchash, qog`ozda esa masofani chizg`ich bilan, burchakni transportir bilan o`lchash bevosita o`lchash deyiladi.
27
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
Bilvosita o`lchashda obyekt bevosita o`lchanmasdan, uning kattaligi boshqa o`lchash natijalaridan foydalanib aniqlanadi. Masalan: borib bo`lmaydiga masofani aniqlash uchun uchburchakning bir tomoni va ikkita gorizontal burchaklari o`lchanadi, so`ngra masofa bevosita o`lchash natijalaridan foydalanib sinuslar teoremasiga muvofiq hisoblab chiqariladi.
28
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
Geodezik o`lchashlarni teng aniqlikda yoki teng emas aniqlikda bajarish mumkin. Bir xil malakali ishchilarning bir xil sharoitda, bir xildagi aniq asbob bilan teng marta o`lchashi teng aniqlikda o`lchash bo`ladi. Bu sharoitdan birortasi o`zgarsa, teng emas aniqlikda o`lchash bo`ladi.
GEODEZIK O`LCHASHLAR ANIQLIGI
29
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
O`LCHASH XATOLIKLARI TURLARI
O`lchash natijalaridan foydalanishdan oldin obyektning qanchalik aniq o`lchanganligini bilish kerak. O`lchash aniqligiga baho berish uchun o`lchash paytidagi xatoga nima sabab bo`lishini bilish zarur. Bu masalalar bilan o`lchash xatosi nazariyasi shug`ullanadi. O`lchash xatolari kelib chiqish sabablariga ko`ra qo`pol, sistematik (muntazam) va tasodifiy xatoliklarga bo`linadi.
Qo`pol xato asosan o`lchash yo`lini hisoblash vaqtida yanglishish, bu ishni bajarayotgan kishining parishonxotirligi, charchaganligi hamda ishga beparvolik bilan qarashi natijasida kelib chiqadi. Bir obyekt o`rniga boshqasini o`lchab qo`yish, hisoblash vaqtida yanglishish qo`pol xatoga misol bo`la oladi. Qo`pol xatoga yo`l qo`ymaslik uchun odatda o`lchash va hisoblash ishlari qayta bajariladi.

Yüklə 7,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin