Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə15/33
tarix21.04.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#125733
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
portal.guldu.uz-Stol tennisi (majmua)

Chapdan to‘lqinsimon zarba.
Zarba berilganida sportchi stoldan 40-70 sm. uzoqlikda chap elkasini oldinga chiqarib, yarim burilgan holda turadi. Oyoqlar tizzadan bukiladi (o‘ng oyoq oldinga, chap oyoq orqaga), gavda ozroq chapga buriladi, tana og‘irligi teng ravishda har ikkala oyoqqa tashlanadi. Raketka ushlagan qo‘l chap yonga beldan pastga tushiriladi va to‘rdan orqa tomonga engil buriladi. Bilaklar stol yuzasiga parallel tutiladi.
Shar stoldan yuqoriga ko‘tarila boshlagan paytda bilaklar oldinga- yuqoriga-o‘ngga harakatlanadi. Shar sakrashning yuqori nuqtasiga etganida, raketka shaming o‘rta qismiga to‘qnashadi. Qo‘lning panjalari raketkani yopadi va yuqori yon tomoniga sirpanadi. Zarba yakunlanguncha raketka oldinga-elka darajasida yuqoriga harakatini davom ettiradi. Zarba paytida gavda chapdan o‘ngga buriladi, tana og‘irligi chap oyoqqa tashlanadi. Ro‘parasida aylanib ketayotgan shaming aylanish tezligi qancha kuchli bo‘Isa, raketkani shardan shuncha uzoqroqqa tortish lozim bo‘ladi va raketkning shar bilan to‘qnashish payti uzaytiriladi.
0‘ngdan kesish (podrezka)
Dastlabki holatda o‘yinchi chap oyog‘ini oldinga qo‘yib yuzi bilan stolga qarab turadi, zarbaga tayyorlanayotgan paytda qo‘l yuqori-orqa- o‘ngga silkinadi, chap oyoq va chap elka stolga yaqinroq turadi, oyoqlar tizzalarda engilgina bukilgan bo‘ladi.
Kuchli zarba bilan yuborilgan sharni qabul qilganda sharni ko‘proq ichkariroq o‘tkazish maslahat qilinadi. Buning uchun o‘yinchi o‘ng oyoqda egiladi. Shar va raketka kesishish vaqtida tana engilgina pastga egiladi va o‘ngdan chapga harakatlanadi, qo‘l oldga pastga chapga shar ostiga harakatini davom ettiradi, shar bilan raketka kontakti o‘yinchi ko‘kragi oldida ro‘y beradi.
Shar bilan raketka kesishgan paytda yelka oldi raketkaga tezlik beradi, shuning evaziga sharga pastga aylanish beriladi. Bu paytda og‘irlik markazi asta-soniyani o‘ng oyoqdan chap oyoqqa o‘tkaziladi. Raketkani sharga zarba bergan vaqtdagi egilish burchagi 0 gradusdan 90 gradusgachadir. 0‘yinchi navbatdagi zarba berish holatini egallaydi.
Shar kuchli yuqori aylanish davrida qirqma zarbalar butunlay keskin bo‘lishi, raketkaning yo‘nalishi esa qariyb vertikal bo‘lmog‘i kerak. Kuchli buralgan sharlar polga yaqinlashganda, shaming aylanish tezligi pasayib borayotganida qabul qilinadi.
Chapdan kesish
Bu holat chapdan o‘ynagandagi kabi o‘ng oyoq biroz oldinga gavda chapga burilgan tana og‘irligi oyoqlarga teng ajratilgan. Qo‘l tirsakdan kuchli bukilgan va urish uchun orqa yuqori chapga o‘tkazilgan. Zarba vaqtida chaqqon harakat bilan ko‘krak oldiga, orqa o‘ngga, pastga va albatta qo‘l uchlari bilan. Aynan shu vaqtda raketka shar bilan to‘qnashadi harakatni bajargan vaqtda gavda sal buriladi, og‘irlik markazi o‘ng oyoqqa o‘tkaziladi.
Agar raqib sharni pastga aylanish bilan yuborsa, u holda aylanish qancha kuchliroq bo‘Isa, shunchalik egilish burchaklari kattaroq bo‘lishi kerak. Chapdan kesish texnikasining bajarilishi bu usulni sharni qaytarish uchun to‘g‘ri gavda tomon yunaltirilgan harakatni faqat gavda va qo‘l uchi bilan bajarilgan vaqtda shuni ta’kidlash lozimki, kesish paytida harakatning kuchi shar uchib kelishinig tezligi va o‘yinchi bilan stol orasidagi masofaga bog‘liq tarzda o‘zgaradi.
Chaqmoq
Zarbasini bajarish texnikasi ko‘pchilik sportchilarniki o‘xshash. Bu usulning eng oddiy varianti quyidagi tarzda bajariladi: Sharni raketkaga qo‘l beldan ozgina pastroq vaqtda qabul qilinadi.
Zarba berilganida, raketka yuqoriga-oldinga harakatlanadi va oxirida ozgina yon tomonga olinadi. Raketka shar bilan u ko‘krak balandligiga etguncha birga boradi. Buni tushuntirish oson, chunki sportchiga raketkaning old tomoni bilan qilingan harakatni nazorat qilish qulayroq. Barmoqlar esa keskin oldinga yuqoriga harakatlanadi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin