Muhokama uchun savollar: 1.1. A.Qahhorning avtobiografik xarakterdagi asari qaysi va unda hayot haqiqati qay darajada aks etgan?
1.2. A.Qahhor faoliyatida yosh ijodkorlarga munosabat qanday edi?
Mavzu bo‘yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:
1. A.Qahhor asarlarini hozirgi kun mezonlari asosida o‘rganish
2. «Sarob» ning bugungi kundagi yangicha tahlilini yaratish.
Mavzu: O‘zbek hikoyachiligi taraqqiyotida Abdulla Qahhor asarlarining ahamiyati ma’ruza mavzusining texnologik xaritasi
Dars maqsadi: Talabalarga o‘zbek hikoyachiligi taraqqiyotida Abdulla Qahhor asarlarining ahamiyati haqida ma’lumot berish
Identiv o‘quv maqsadlari:
1. A.Qahhor asarlarining ahamiyatli jihatlarini bilib oladi
2. Adib hikoyalari saviyasini baholaydi va farqlaydi.
3. Adib hikoyalarini boshqa ijodkorlar hikoyalari bilan solishtiradi.
O‘qituvchi
2-bosqich
Asosiy tushunchalar:
Badiiy ijod mashaqqatlari, A.Qahhor hikoyachilik maktabi, publitsistik asarlar, hikoyachilikdagi izlanishlar, ustozlar davomchisi, ustoz tanlay bilish, muvaffaqiyatlar siri.
Dars shakli: ma’ruza.
Metod va usullari: og‘zaki bayon, savol-javob, guruhlar bilan ishlash
Vositalar: kompyuter, proektor, taqdimot, ishlanmalar.
O‘qituvchi
3-bosqich
Guruhda ishlash.
Topshiriqlarning maqsad va vazifalari tushuntiriladi.
Mavzuga oid atama va ifodalar izohlanadi
Talaba
4-bosqich
Mustahkamlash va baholash uchun savollar:
1. A.Qahhordan oldingi hikoyanavislikda ijod qilgan adiblardan kimlarni bilasiz?
2. O‘zbek adabiyotida realistik hikoya janrining paydo bo‘lishida qaysi adiblarning hissalari bor?
3. Bu janrning taraqqiyotida A.Qahhor ijodining o‘rni qanday?
O‘qituvchi-
Talaba
O‘qituvchi-
Talaba
5-bosqich
Umumiy yakuniy xulosalar chiqariladi.
Maqsad va vazifalarning bajarilganligi tahlil qilinadi, zaruriy maslahatlar beriladi, mustaqil ish topshiriqlari tarqatiladi, xulosalar chiqariladi.
O‘qituvchi
Reja: O‘zbek hikoyachiligining taraqqiyot yo‘li haqida qisqacha ma’lumot.
Fitrat, A.Qodiriy, Cho‘lpon kabi yozuvchilarning bu janrning shakllanishidagi xizmatlari.
O‘zbek adabiyotida realistik hikoya janrining paydo bo‘lishi.
Bu janrning taraqqiyotida A.Qahhor ijodining o‘rni.
Tayanch tushunchalar va iboralar:Badiiy ijod mashaqqatlari, A.Qahhor hikoyachilik maktabi, publitsistik asarlar, hikoyachilikdagi izlanishlar, ustozlar davomchisi, ustoz tanlay bilish, muvaffaqiyatlar siri.