2.2 Y.GAYDNING CHOLGU IJODI.
Gaydnning kamer-cholg'u musiqa merosi torli kvartetlar (saksondan ortiq), o'nlab kamer ansambllari (trio, skripka sonatalari), bir necha o'nlab klavir uchun yozilgan sonatalari va boshqa asarlar (variatsiyalar, rondolar)dan tashkil topgan. Klavir asarlari orasida hozirgi kunda ham katta qiymatga ega bo'lgan va pedagogik hamda konsert repertuarlariga kirgan asl durdona asarlar mavjud. Kompozitorning ilk klavir sonatalarida F.E. Bax sonatalarining ta'siri sezilib turadi. Gaydnning individual uslubi 80—90-yillarda yaratilgan klavir asarlarida namoyon bo'ldi. Gaydnning sonata turkumi uch qismdan iborat: sonata allegrosi, vazmin sur'atli qism va rondo shaklida yozilgan jadal final.
Ko'p sonli Gaydn sonatalari ichida mahobatli mi bemol major (op.66), shodonlik va quvnoqlik ufurib turgan re major (op.30), lirik mi minor sonatalarini ko'rsatib o'tish lozim. Jo'shqin birinchi qismi, raqssimon fmali va fojiaviy tuyg'ularga to'la o'rta qismi bilan re major sonatasi ko'pda Betxoven musiqasining ta'sirchan sahifalarini oldindan tayyorladi, degan fikrlar mavjud.
Sonataning birinchi qismi sonata allegrosi shaklida yozilgan. Bosh partiya bolalar raqsini eslatadi. Oktava quyiga sakrashlar bilan forshlaglar mavzusiga quvnoq xarakter bag'ishlaydi.
“YIL FASLLARI ORATORIYASI”
Gaydnning vokal asarlari orasida oratoriyalar muhim o'rinlardan birini egallaydi. 70-yillarda «Toviyaning qaytishi» oratoriyasi yaratildi. Ushbu janrning eng yorqin va mahobatli asarlari kompozitor ijodining oxirida yozildi. Bular — «Dunyoning yaratilishi» (1798) va «Yil fasllari» (1800) oratoriyalaridir.
Mazkur asarlar asosida-gullab-yashnayotgan tabiat kuchli manzaralari tasvirida inson shodligi va baxti mavzusi yotadi. Ularda janr-turmush unsurlari va ijodkorlik muhim rol o'ynaydi.
«Yil fasllari» oratoriyasi Van Sviten librettosiga yozilgan, bu libretto ingliz yozuvchisi Jeyms Tomson sujetiga asoslangan. Unda qishloq hayoti, daladagi ishlar, go'zal tabiat manzaralari va Luka hamda Gannaning sevgisi ifodalangan. Oratoriya yil fasllariga monand bo'lgan to'rt qismdan iborat: bahor, yoz, kuz, qish. Butun asar falsafiy g'oya bilan yo'g'rilganki, unda inson hayoti davrlari — o'smirlik «Bahor», yoshlik «Yoz», yetuklik «Kuz», keksalik «Qish» navbat bilan almashadi. Oratoriyada dasturli izohli orkestr muqaddimasi muhim o'rin egallaydi. Jumladan, birinchi qism «Bahor» muqaddimasining izohi quyidagicha: «Muqaddima qishdan bahorga o'tishni ifodalaydi». Bu sonata allegrosi shaklida, vivace tezligida, largo tempidagi to'rt taktli ulug'vor kirish qismi bilan boshlanuvchi yorqin simfonik manzaradir.
Bosh partiya sol minor tonalligida yozilgan. U jadal tempda sadolanadi, ko'plab lad-tonal og'ishmalar va kamaytirilgan garmoniyalar orqali bo'ron va to'fonlar bilan qishdan erta bahorga o'tishning davrini ifodalaydi.
XULOSA
Musiqa san’ati inson tafakkurining yuksak na’munalaridan biri hisoblanadi. Musiqa tarixida uning taqdiri muhim va alohida ahamiyatga molik. Janr paydo bo’lishi bilanoq eng yirik, demokratik hamda insonlarni ma’naviy madaniyatiga o’z ta’sirini o’tkaza oladigan san’at turi sifatida rivojlanadi. Sonata - simfoniya klassik davrda o’ziga xos, XVIII asrda esa turli “Qiyofalar”da o’zini namoyon qildi. Musiqa san’atining yirik, monumental janrlaridan biri bo’lgan opera, O’zbekistonga XX asrning boshlarida kirib keldi.
Zero Prezidentimiz I.A.Karimov «Biz bolalarimizga bilim va kasb ko’nikmalarini egallashi uchun qanot bo’lishimiz darkor» deb ta’kidlaganlari bejiz emas. Hozirgi kunda bizning ya’ni, yosh avlodning vazifasi asrlar davomida saqlanib kelinayotgan musiqiy merosimizni xalq durdonalarini, qadriyatlarimizni ko’zga qorachig’imizdek asrab avvaylashdan iboratdir.
Maktab musiqa o’qituvchisining oldida shaxslararo munosabatlarni, ayniqsa yuqori sinf o’quvchilari o’rtasida o’rganib chiqib, har bir sinf jamoasi bo’yicha fikr mulohaza tahlillarini berib sinf rahbarlarida qo’ldan keladigan yordamlarini berishi kerak bo’lgan vazifalar turadi.
Yuqoridagi fikrlarni amalga oshirish niyatida men, o’z bitiruv malakaviy ishimning mavzusini «O’zbekiston kompozitorlarining opera asarlarini o’rganish jarayonida musiqiy idrokni tarbiyalash» deb nomladim.
Idrok so’zi aslida «Tushunib olish, qobiliyati to’g’ri va aniq tafakkurga ega bo’lish» ma’nolaridan iboratdir. Ammo musiqiy idrokni tarbiyalash bu juda keng doirada yosh avlodni musiqy his tuyg’ularini o’stirish, kengaytirish musiqiy badiiy fikrlarni to’g’ri anglash musiqa o’qituvchisidan katta mahoratni talab etadi.
Yozef Gaydn - avstriyalik buyuk kompozitor. Y.Gaydn musiqasi butun jahon ommasining mulkiga aylanib ketdi. Y.Gaydn uzoq hayot kechirdi, u Motsart, Betxoven, yosh Shubert zamondoshi edi. Uning tomonidan ko‘p sonli musiqa asarlari yaratildi: 100 dan ortiq simfoniyalar, 70 dan ziyod torli kvartetlar, fortepiano uchun 52 ta sonata, o'ttizdan ortiq opera va boshqa turli cholg‘ular uchun ko'plab asarlar yozdi. Bu boy meros ichida simfoniyalar, kvartetlar va fortepiano uchun sonatalar uning eng yaxshi asarlari hisoblanadi. Y.Gaydnni simfoniya va kvartetning otasi deb atashgan. Y.Gaydngacha ko'plab sonatalar, simfoniyalar va kvartetlar yaratilgan. Lekin faqat Gaydnning ijodidagina bu janrlar klassik27 janrlarga aylandi. Y.Gaydn o'zining musiqasida xalq kuylaridan keng foydalandi. Uning asarlariga yorqinlik va hayotbaxshlik, shaklning bejirimligi va vazminlik xosdir. Mana shulaming o'zi Y.Gaydn musiqasini klassik deb atashga asos bo'ldi. Y.Gaydnning hayoti Vena shahri yonida va Venaning o'zida o'tganligi sababli, Y.Gaydnni Vena klassigi deb atashadi. Vena klassigi deb atalish huquqini yana Y.Gaydndan yosh bo'lgan uning zamondoshlari: V.Motsart va L.Betxoven qo'lga kiritdilar. Y.Gaydn musiqasida o 'z davrining his-tuyg'ulari, o'yxayollari va kayfiyatini tasvirlab bera oldi. Y.Gaydn musiqasini uning zamondoshlari sevishardi va hayajon bilan olqishlashar edi. Kompozitor odamlarga o'z musiqasi bilan “dam olish va tetiklik” baxsh etishni orzu qilar edi, mana, oradan ikki yuz yildan ko'proq vaqt o'tgandan so'ng ham uning musiqasini sevib tinglashadi.
Har bir qismlarni iljoi boricha tushunarli tilda bayon etishga harakat qildi.
Mening fikrim bo’yicha yuqoridagi harakatlarim maktab o’quvchilarining musiqiy san’atimizning murakkab yo’nalishi bo’lish opera asarlarini oz bo’lsada tushunib
Musiqa madaniyati darslarida Vena klassiklarini qanchalik chuqur o`rganmaylik yangidan yangi ochilmagan qirralari nomoyon bo`layotganligini ko`ramiz.
Sonata simfoniya janri amaliyotda o`quvchilarga tanishtirildi va ularning qalbidan chuqur o`rin oldi.
Bajarilgan ushbu kurs ishida I.Gaydn ijodi bilan tanishtirish yo`llarini o`rganishning ayrim amaliy usullari bayon etildi. Umuman maktab o`quvchilarini SONATA SIMFONIYA turkumi bilan tanishtirish, yoshlarni jahon musiqa san`atiga bo`lgan qiziqishlarini uyg`otish har bir musiqa murabbiyining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Sonata –simfoniya janrini xalq musiqa ijodiyotiga taqqoslab, ilmiy asosda chuqurroq o‘rganish, jahon xalqlari musiqa madaniyati tarixida va musiqa ijodiyotida juda katta ijobiy ahamiyatga egadir.
Shubha yo‘qki, musiqa san`atini chuqur o‘rganib, ulardan ilmiy-ijodiy foydalanish masalasini to‘g‘ri hal etilishi jahon xalqlari musiqa madaniyatini yanada gullab yashnashiga va yuksak badiiy shakldagi, yirik janrlardagi musiqa asarlari yaratilishiga katta yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |