11
Tarmoq.
Elektr zanjiridatugunlar oralig’i tarmoq deb ataladi. Masalan 10-
rasmda
A tugundan R
1
qarshilik orqali D tugungacha bitta tarmoq; A tugundan K
kalit va E manba orqali
D tugungacha ikkinchi tarmoq, va hokazo. 10 - a, b
rasmlardan ko‘rinib turibdiki zanjirda 5 ta tarmoq mavjud. SHuningdek qarmoq
qarshiligi, tarmoq toki, tarmoq uchlaridagi kuchlanish tushunchalari mavjud.
Tarmoq qarshiligi deb shu tarmoqda ketma-ket ulanib turgan iste’molchilarning
umumiy qarshiligiga aytiladi va bu qarshilik ketma-ket ulangan iste’molchilar
qarshiliklari yig’indisiga tkeng. Tarmoq toki
Om qonuniga muvofiq tarmoq
uchlaridagi kuchlanishni tarmoqning umumiy qarshiligiga nisbatiga teng.
Kontur.
Elektr zanjiridagi yopiq xalqa kontur deb ataladi. 9 rasmdagi zanjir
konturlarini ko‘ramiz:
1- kontur: A tugun, R
1
qarshilik, D tugun, E manba va yana A tugun, kontur
yopildi. Konturda bitta manba bitta iste’molchi mavjud.
2- kontur: A tugun, V tugun, R
2
qarshilik, E tugun, D tugun, R
1
qarshilik va
yana A tugun. Konturda manba yo‘q.
Shu tarzda, zanjirdagi barcha konturlarni belgilab chiqishimiz mumkin.
Konturlar uchun Kirxgofning 2-qonuni o‘rinli. YA‘ni Konturdagi elektr
yurituvchi kuchlarning yig’indisi shu kontur elementlaridagi
kuchlanishlar
tushuvining yig’indisiga teng. 1- va 2- konturlar uchun Kirxgofning 2- qonunini
qo‘llasak:
1- kontur uchun E = I
1
• R
1
, yoki E = U
1
2- kontur uchun I
1
• R
1
+ I
2
• R
2
= 0,
yoki U
1
+ U
2
= 0,
chunki 2- konturda tok manbai yo‘q, shuning uchun E = 0.
Murakkab zanjirlarni hisoblashda “kontur toki” tushunchasi kiritiladi.
Masalan 5 – rasmdagi sxemaning 1-va 2- konturlarini alohida tasvirlab qayta
chizamiz,6- rasmga qarang. Zanjirdagi 1- kontur
tokini I
I
, 2- kontur tokini I
II
deb
belgilaymiz.
Dostları ilə paylaş: