Institutbilantashkiloto`rtasidagichegara Tashkilot- hukmronlik munosabatlari, ya’ni ishtirokchilarining ayrimlari -
«agentlar» tomonidan o`z harakatlari ustidan nazorat qilish huquqining uning boshqa ishtirokchisi - «prinsipal»ga topshirilishi asosida qurilgan muvofiqlashtirish birligi.
Tashkilotni muvofiqlashtirish birligi sifatida ta’riflash ushbu tushuncha va insonlarning o`zaro hamkorligini belgilab beruvchi «institut» tushunchasini aniq chegaralashni talab qiladi. Ularni quyidagi jadval yordamida taqqoslaymiz:
Institut
Tashkilot
Makroinstitutsional toifa
Mikroinstitutsional toifa
O`zaro hamkorlikning umumiydoiralarini belgilaydi
O`zaro hamkorlik(lar)ning muayyandoiralarini belgilaydi
Sofijtimoiyne’mattavsifiga ega
Klubne’matitavsifiga ega
Depersonifikatsiyalashgan va nolokal transaksiyalarni tartibga soladi
Aniq chegaralangan, demak, personifikatsiyalanganva lokaltransaksiyalarni tartibga soladi
Shaxslar institutlarning o`zgarish jarayoniga ta’sir ko`rsata olishmaydi
Tashkilot shaxslarning ongli ravishdagi tanlovi natijasi sanaladi
Hukmronlik munosabatlari tashkilot faoliyatko`rsatishiningasosidayotadi
Transaksiya xarajatlarining tarkibini va miqdorini belgilaydi
Institutsional doiralar tomonidan belgilangan transaksiya xarajatlarining tejalishiga ko`maklashadi
Transaksiya xarajatlarini tejashga taalluqli bo`lgan so`nggi farq xususida alohida to`xtalib o`tish lozim. Yollash to`g`risidagi shartnomani amalga oshirish o`sha maqsadlar uchun sotish to`g`risidagi shartnomaning institutsional doiralaridan foydalanishdagiga qaraganda ancha kam transaksiya xarajatlari bilan bog`liq. Tejash, birinchidan, shartnomani muntazam qayta tuzish zarurati yo`qolishi munosabati bilan, ikkinchidan esa, shartnomaning implitsit shakli – o`zaro hamkorlikning barcha detallarini aniq tafsirlashdan voz kechish hisobidan paydo bo`ladi.
Transaksiya xarajatlarini tejashning qolgan bizga ma’lum vositalari ichida tashkilotbir qator o`ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Bitimlar tuzishda muzokaralar yuritish xarajatlarini tejash imkonini beruvchi standart (namunaviy) shartnomalardan foydalanish; o`lchash xarajatlarini pasaytiruvchi sifat, o`lchash va tortish standartlarini ishlab chiqish va rivojlantirish; jamiyatda mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish xarajatlarining kamayishiga olib keluvchi konsensus mafkurasini shakllantirish kabi vositalar shular jumlasidandir. Ularni qo`llash intensivligini oshirish bilan yuqorida ko`rsatilgan barcha uchta vositaning samaradorligi pasaymaydi. Aksincha, ushbu vositalardan qanchalik keng foydalanilsa, bir bitim hisobida transaksiya xarajatlarining miqdori shunchalik kam bo`ladi.
Tashkilot doirasida transaksiya xarajatlarini tejash borasidagi ishlar esa boshqacha ko`rinishga ega. Transaksiya xarajatlari miqdorlarining o`sishi, ya’ni tashkiliy doiralarda bitimlar ko`proq amalga oshirilishi bilan ushbu sohada uning samaradorligi kamayadi. Tashkilot ichida bitimlarni amalga oshirish hamon axborotni qidirish xarajatlarini, shuningdek muzokaralar yuritish xarajatlari va shartnoma tuzish xarajatlarini pasaytirish imkonini bersa-da, bunda boshqa xildagi xarajatlarning o`sishi yuz beradi. Tashkilot o`lchamlarining ortishi bilan, birinchi galda, monitoring va opportunizmni oldini olish xarajatlari oshadi. Birinchidan, tashkilot ishtirokchilari sonining o`sishi bilan ular manfaatlarining birligiga, aniqrog`i ular manfaatlarining «prinsipal» manfaatlariga mos kelishiga erishish qiyinlashadi. Shuning uchun «prinsipal» monitoringni va «agentlar» harakatini
nazorat qilish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirishga to`g`ri keladi. Bundan tashqari, tashkilotning o`sishi «prinsipal»ni, «agentlar»ni nazorat qilish bo`yicha vakolatlarining bir qismini o`z vakillariga topshirgan holda, murakkab hukmronlik munosabatlari sxemasiga o`tishga majbur etadi. Ushbu tarkibiy o`zgarishlar nafaqat «agentlar»ni nazorat qilish xarajatlarining ortishi bilan, balki
«prinsipal» manfaatlari vakillarining harakatlarini nazorat qilish zarurati bilan ham bog`liq
R.Kouz tashkilotning o`sishi bilan kamayuvchi samaradorlikni
«menejmentning kamayuvchi marjinal samaradorligi» deb nomladi va hammavaqtinstitutga(bozorga) nisbatan tashkilot(firma) o`sishining chegarasimavjuddegan fikrga keldi. «Firma firma ichidagi bitta qo`shimcha transaksiyani tashkil etish xarajatlari o`sha transaksiyani ochiq bozorda almashish orqali amalga oshirish xarajatlari bilan tenglashgunga qadar kengayib boradi...». Ya’ni, yolg`iz firmadan tashkil topgan iqtisodiyot (buyruqbozlik iqtisodiyotini ana shunday deyish mumkin) bo`lishi mumkin, lekin menejmentning marjinal samaradorligi kamayiishi tufayli u samarasizbo`ladi.
Masalan, A firma bozorda B, V va G firmalardan (sotish to`g`risidagi shartnoma doirasida) sotib olinadigan butlovchi qismlardan kompyuter yig`ish bilan shug`ullanadi, deylik. O`zining transaksiya xarajatlarini optimallashtirgan holda, A firma B firma bilan yagona korxona tuzishga qaror qiladi. U V firma bilan ham masalani huddi shu tariqa hal etadi. G firmani yagona tashkiliy tuzilmaga kiritish firma ichidagi boshqaruv va nazorat xarajatlarining o`sishi tufayli foydasiz bo`lib chiqishi mumkin. Shunday qilib, A firma tomonidan V firmaning qo`shib olinishi chegarabitim hisoblanib, shundan so`ng keyingi kengaytirish samarasiz bo`lib qoladi.
Lekin, institut bilan tashkilot o`rtasidagi chegaraning aniq demarkatsiyasi sotish to`g`risidagi shartnoma (bozor bitimlari)ning ham, yollash to`g`risidagi shartnoma (firma ichidagi bitimlar)ning ham elementlarini o`zida birlashtiruvchi neoklassik shartnomalarning mavjud bo`lishi fakti bilan qiyinlashadi. Masalan, A firma o`z tarkibiga G firmani birlashtirishdan bosh tortishi, lekin ayni paytda u bilan butlovchi qismlarni yetkazib berish uchun shartnoma tuzishi mumkin, bu hukmronlik munosabatlari asosida emas, balki ikki tomonlama kelishuv asosida bozorning «tabiiy» oldindan aytib bo`lmasligidan ko`riladigan zararlarni pasaytirish imkonini beradi.